XULOSA……………………………………………………….. 79-82
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR
RO’YXATI……………………………………………………...
83-89
3
KIRISH
Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu – faoliyatdir.
B.Shou
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston davlat
mustaqilligini qo’lga kiritgandan boshlab jamiyat hayotining barcha sohalarida tub
o’zgarishlar ko’zga tashlana boshladi. Milliy tarix masalalarini ilmiy o’rganish
sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi, shuningdek, uning turli varaqlarini
partiyaviy bosim va mafkuraviy qoliplarsiz ob’yektiv o’rganish uchun
imkoniyatlar ochildi. Tarix fani oldiga muhim vazifalar – o’zbek xalqining tarixiy
xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo’yildi.
Bu yo’nalishda o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganish, uni xolisona
tahlil etish muhim omillardan biri hisoblanadi. Xalqimizning qadim tarixiga xolis
va haqqoniy baho berish tarixchilarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga
aylandi. Zero, Birinchi Prezidentimizning «Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan
ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni
tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz
zarur»
1
,– degan fikrlari tarixchilar zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Ushbu
vazifa davlat boshlig`ining 1998- yil 26- iyunda bir guruh tarixchi va jurnalistlar
bilan bo’lgan uchrashuvi va mazkur uchrashuv natijasida O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998- yil 27- iyulda «O’zR FA Tarix institutining
faoliyatini takomillashtirish to’g`risida»gi
2
Qaroridan so’ng ancha faollashdi.
Shuningdek, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan
yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch
va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix
bo’ladi
3
.
Yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilda g’arbiy Rim
imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “ Ўзбекистон”, 1998. – Б. 13.
2
ЎзР ФА Тарих институтининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида // Халқ сўзи. 1998, 29 июль.
3
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. : “Маънавият”, 2008. – Б. 97
4
keltiradi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o’rganiladi.
Qadimgi yunon, rim va xitoy tarixchilari va geograflarining asarlari ham bunda
katta ahamiyat kasb etadi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va
Rim saroy amaldorlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd
etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalarida (tarjimayi hol) aks ettirilgan.
Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi,
hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi.
Olimlar o’qigan qadimgi matnlar, masalan, “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar
kitobi” misrliklar tarixi haqida, “Bibliya” – yahudiylar, “Rigveda” – hindlar,
“Avesto” esa O’rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Bunday manbalar esa
juda ko’pdir. Olimlar tomonidan yozilgan yuzlab kitoblarda ko’plab mamlakatlar
tarixi ochib beriladi. Nil vodiysidagi Misr piramidalari majmuyi, Dajla va Frot
oralig’idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol shaharlari,
Yunoniston, Rim va O’rta Osiyoning ko’plab shaharlari qazishmalari butun
jahonga mashhurdir. Ushbu ma’lumotlar ichida shubhasiz yozma manbalar alohida
ahamiyatga ega. Yozma manbalarni biz qal’alar devorlarida turli ashyolarda
uchratishimiz mumkin. Lekin jahon davlatchiligining ilk bosqichidanoq davlat
hukumdorlari va amaldorlar tomonidan ushbu yozma manbalarni saqlashga
mo’ljallangan ilk arxiv-kutubxonalar yuzga keldi. Masalan, mil. avv III ming
yillikdayoq qadimgi Misrda ilk arxivlar yuzaga kelgan. Ushbu arxivlar faoliyati va
unda saqlangan hujatlar mazmunini tadqiq qilish shubhasiz,kishilik tarixining
qadimgi davrini o’rganishda juda muhim hisoblanadi. Bu esa o’raganilayotgan
mavzuni dolzarbligini ko’rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining davriy chegarasi. O’rganilayotgan
mavzuning davriy chegarasi qilib kishilik tarixining qadimgi davri bosqichi asos
qilib olingan bo’lib bu davr sifatida insoniyat tomonidan dunyoning ilk
sivilizatsiyalariga asos solinishidan to o’rta arslar tarixi boshlanguncha bo’lgan
davrni qamrab oladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Bugungi
kungacha o’rganilayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusiga doir ayrim
5
ma’lumotlar uchrasada, aniq yo’naltirilagan tadqiqotlar olib, borilmagan.
Umuman olganda mavzu haqiqiy ma’noda yangi tadqiqot deyish mumkin.
Mavzuga doir ma’lumotlar asosan chet el manbalariga asoslanib yoritib berilgan.
4
Bitiruv malakaiy ishi mavzusining maqsad va vazifasi. Bitiruv malakaviy
ishining maqsadi kishilik tarixidagi ilk arxiv-kutubxonalar – Oshshurbanipal,
Xattusa, Aleksandriya, Antioxiya, Pergamon, Tell el-Amarna saroy kutubxonalari,
shu bilan birga, ayrim zodagonlar tomonidan tashkil etilgan uy kutubxonalari –
Papirus villasi, Selsus kutubxonalarining tashkil etilishi, faoliyati, hujjatlari,
saqlanish jarayonlari, va aksar kutubxonalarning vayronaga aylangunicha bo’lgan
voqea-hodisotlar haqida taassurotlarga ega bo’lishi bo’lsa, bitiruv malakaviy
ishining vazifasi antik davr kutubxonalari, ya’ni yuqoridagi arxivlarning ilk
namunalari hisoblangan kutubxonalarning zamonaviy kutubxona arxivlarimizning
faoliyatiga qanchalik ta’sir etganligini solishtirish, o’quvchilarni o’sha zamondagi
arxiv-kutubxonalarning ishlash jarayonlariga qiziqtirish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining obyek’ti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining
obyek’ti kishilik tarixidagi ilk arxivlar va ular faoliyatini chuqur tadqiq qilish
bo’lsa, bitiruv malakaviy ishining predmeti o’rganilayotgan mavzu yuzasidan
yangi bilimlar xosil qilishni ko’zda tutadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-metodologik asosi: Tadqiqotning nazariy-
metodologiki asosini avvalo O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti va
amaldagi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevlarning asar va nutqlari, ularda tarixni
mahalliy manbalar asosida ob'yektiv ochib berishga qaratilgan fikrlari tashkil etdi.
Ishni yozishda milliy istiqlol mafkurasi tamoyillaridan kelib chiqib ish ko‘rildi.
Tadqiqotlaor olib borishning tarixiylik, xolisonalik, qiyosiy tahlil, analiz va sintez
usullaridan foydalanildi.
4
Фридрих И. История писма. –Москва: “Молодая гвардия” 1979. –С. 105; Fincke, Jeanette. The British
Museum’s Ashurbanipal Library Project. –Iraq: “World” 2004. –P.66; Menant, Joachim. La bibliothèque du palais
de Ninive. –Paris “E’Leroux”, 1880. –P. 33; Johnson, Elmer D. History of Libraries in the Western World. New
Jersy: ”The Scarecrow Press”, 1970. –P. 36; wikipedia.org; Wiegand, Wayne A. and Donald G. Encyclopedia of
Library History. New York: ”Garland Publishing”, 1994. –P. 10; Roaf M. Cultural Atlas of Mesopotamia and the
Ancient Near East. –London “History”, 2004. –P.191; Frahm. The British Museum’s Ashurbanipal Library.
–
Oxford: “Oxford University Press”, 2004
. –
P. 292; Fincke JC. The Babylonian Texts of Nineveh: Report on the
British Museum’s Ashurbanipal Library. –Oxford: “Oxford University Press”, 2003. –P. 2–3; Olmstead A. T. The
History of Assyria. –New York:–’’Charles Scribner’s Sons”, 1923. –P. 22
6
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati
Birinchidan, bitiruv malakaviy ishida kishilik tarixidagi ilk hujjatgohlar va
kutubxonalarning shakllanish jarayoni tadqiq qilindi;
Ikkinchidan, ushbu bitiruv malakaviy ishida eng qadimgi arxiv sifatida
ma’lum bo’lgan Al-Amarna arxivi haqida xorijiy manbalardan foydalangan holda
ma’lumotlar berilgan;
Uchinchidan, bitiruv malakakaviy ishida qadimgi arxiv-kutubxonlarning
davlat hayotida o’tgan o’rni ko’rsatib berilgan;
To’rtinchidan, bitiruv malakaviy ishida o’sha davrdagi arxiv-kutubxonlar
faoliyati bo’yicha yangi ma’lumotlar berilgan;
Beshinchidan, ushbu bitiruv malakaviy ishida Sharq va G’arbdagi arxiv-
kutubxonalar faoliyati va ma’lumotlar bazasi o’zaro qiyoslanadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibiy tuzulishi. Bitiruv malakaviy ishi
kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, manbalar ro’yxatidan iborat.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |