O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
“SHARQ FALSAFASI VA MADANIYATI” KAFEDRASI
G’ARB FALSAFASI TARIXI FANIDAN
KURS ISHI
JON TOLANDNING PANTEISTIK QARASHLARI
Bajardi: 5120800 - “sharq falsafasi va madaniyati” ta’lim yo’nalishi 3-kurs koreys-ingliz guruhi talabasi Narziyev Azizbek
Ilmiy rahbar: “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi o’qituvchisi Jo’rayev Sherali
TOSHKENT – 2020
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………..3
Uyg‘onish davri falsafasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari………………………………………………..8
Yevropada panteistik qarashlarning paydo bo‘lishi va Jon Toland falsafiy ta’limoti………………………………..…11
Jon Toland qarashlarining ahamiyati va uning hozirgi zamon falsafasi bilan aloqadorligi………………………………...21
Xulosa …………………………………………………………….24
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………26
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Har bir inson u qayerda yashashidan qat’iy nazar, zamon bilan hamnafas bo‘lmasa, kerakli bilimlarni egallab o‘z ustida ishlamasa, kundan-kunga rivojlanishdan oraqaga keta boshlaydi. Insonlarning nutqi va harakatlarining negizida bevosita u egallan bilimlar va dunyoqarashi yotadi. Ayniqsa, bu borada yoshlarning ahamiyati nihoyatda salmoqlidir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ham buni o‘z nutqlarida qayta-qayta takrorlar edilar: “…Biz maqsadlarimizga, muddaolarimizga erishishimiz uchun kim mas’uliyatni bo‘yniga oladi, albatta, yoshlar. Ular bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning davomchilaridir”.
Yurtimizda ham so‘nggi yillarda yoshlarning ilm olishi, kelejak avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun iloji boricha yangidan yangi imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘z samarasini bermay qolamaydi. Xususan, tillarni o‘rganish va ularni amaliyotda tadbiq etish ishlarida so‘nggi yillarda sezilarli natijalarga erishildi. Zero, tillarni o‘rganish bizga cheksiz manbalar bilan ishlash imkoniyatini beradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyatini alohida ta’kidlaganlar: “Bugun chet tilini o‘rganmay turib, katta natijalarga erishish qiyin. Shuning uchun ta’lim tizimida kelgusi yilda chet tillarini o‘rganishga katta e’tibor qaratiladi”1. Buning yaqqol misolini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ko‘ra olishimiz mumkin. Hozirda universitetda arab, fors, dariy, koreys, xitoy, yapon, vetnam, indonez, hind kabi o‘nlab tillarda talabalar tahsil olishmoqda. Bu esa bizga nafaqat hozirgi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, balki qadimgi qo‘lyozma asarlardagi nodir g‘oyalarni ham xalq ommasiga yetkazib berish imkonini beradi.
Tillarni o‘rganish manbalar bilan ishlashga imkon yaratsa, ulardagi mazmunni anglash, asosiy g‘oyalarining mazmun-mohiyatini ochib berish uchun bizga falsafa kerak bo‘ladi. Darhaqiqat, qadimda barcha fanlarning falsafadan ajralib chiqqanligi bu fanning har qanday qo‘lyozmalarni sharhlay olishidan dalolat beradi.
Bizga ma’lumki, Sharq va G‘arb mamlakatlari uzoq o‘tmishdan beri bir-birining madaniyatidan oziqlanib rivojlangan. Gohida Sharqda yukalish kuzatilgan bo‘lsa, gohida G‘arb mamlakatlarida madaniyat taraqqiy etgan. Ayniqsa, XVI-XVII asrdagi Yevropa uyg‘onish davri butun dunyo taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Bu davrda ilm-fan ravnaq topdi, san’atda insonlar hayotini aks ettirish, gumanizm kabi g‘oyalar shakllandi. Bu davrning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki endi insonlar atrof-muhitni chuqurroq o‘rgana boshlashdi, natijada tabiatni anglash shu darajaga yetdiki, falsafiy-diniy qarashlarda panteizm atamasi paydo bo‘lib, turli faylasuflar tomonidan bu ta’limotning asoslari ochib berishga harakat qilindi. Bu g‘oya qadimgi yunon, shuningdek, o‘rta osiyo faylasuflari qarashlarida bir necha asrlar oldin keltirib o‘tilgan bo‘lsa-da, endi u alohida ta’limot sifatida shakllangandi. Bularni o‘rganish esa bizga qadimda ajdodlarimiz yozib qoldirgan asarlardagi asl mazmun-mohiyatni yanada aniqroq anglashimizga yordam beradi. Shu jihatdan olib qaraganda bu mavzu hali-hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |