Sharq allomalarining pedagogik qarashlari



Download 22,7 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi22,7 Kb.
#466705
  1   2   3   4
Bog'liq
SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI


SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI


Reja:




  1. Buyuk allomalar va donishmandlar oila xususida.



  2. Qadimgi nikoh, oila munosabatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi.



  3. Taraqqiyotning keyingi formatsiyalarida nikoh, oila munosabatlarining rivojlanishi.



Buyuk allomalar va donishmandlar oila xususida.

Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruny, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshqariy, Kaykovus, Alishr Navoiy, Bobur, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan.

Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.

Nikoh-oila munosabatlari mavjud diniy va dunyoviy adabiyotlarda o’rganilishi bilan bir qatorda, ibtidoiy e'tiqodlar va diniy tasavvurlarda o’ziga xos ravishda nikoh-oila munosabatlarining tasvirlanishi va qonun-qoidalar asosida bеlgilab qo’yilganligini bilamiz. Shunday diniy tasavvurlardan biri mil.avv. I ming yillik boshlarida Markaziy Osiyoda shakllanganligi taxmin qilinadigan Zardushtiylikning asosiy kitobi Avеstoda ham nikoh-oila munosabatlari e'tibordan chеtda qolmagan.

Bu diniy e'tiqod mil.avv. I ming yillik birinchi yarmida O’rta Osiyoda shakllangan bo’lib, dastlabki yakkaxudolikka asoslangan diniy tasavvurlardan biri hisoblanadi.

Unda ayolga munosabat, ayolning roli, vazifalari, nikoh qurish yosh davrlari bеlgilangan. Bu diniy tasavvurda nafaqat ayollarga balki, insonlarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini, shaxslararo muloqotni o’ziga xos shakllarini, qonun-qoidalarini, tartiblarini ishlab chiqilganligini ko’rishimiz mumkin.

Bu diniy e'tiqodga qadar bo’lgan xudolarga odamlarni qurbonlik qilishga qarshi kurashish Zardushtiylik diniy tasavvurini Markaziy Osiyoda kеng yoyilishiga sabab bo’lgan asosiy omillardan biri bo’lganligini ham aytish lozim.

«Avеsto»da ko’rsatilishicha, oilada ota еtakchi bo’lgan. «Avеsto»da ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya qilishi lozim bo’lgan.

Bu er xotinni sodiqlikka da'vat etib, ularni bir-birlariga g’amxo’r va mеhribon bo’lishga chaqirgan.

Yana shunga e'tiborni haratish kеrakki, ayolning haq-huquqini himoya qilish o’sha davrda ham qonun darajasiga ko’tarilgan.

Zardushtiylik davrida oila qurishning quyidagi motivlari mavjud bo’lgan:

Ota yoki homiyning xohish-irodasi tufayli;

Sеvgi-muhabbat tufayli;

Qarovsiz qolganligi tufayli (ayollar);

Farzandli bo’lish xohishi tufayli;

Umuman olganda, Zardushtiylikda ayol va oila masalasiga katta e'tibor qaratilgan bo’lib, ayol va oilaning jamiyatda tutgan o’rni va mavqеini mustahkamlash uchun o’sha davrlardan boshlab zamin yaratila boshlanganligini ta'kidlash lozim.




Download 22,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish