Sharq allomalarining pedagogik qarashlari



Download 22,7 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi22,7 Kb.
#466705
1   2   3   4
Bog'liq
SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI

Endogam (bir urug’ vakillari, ya'ni qarindosh urug’lar o’rtasidagi o’zaro «nikoh-oila» munosabatlari) oilalarni vujudga kеltirgan asosiy omillar biologik instinkt va zoologik individualizm hisoblanadi. Chunki, ibtidoiy odamlar hali aql idrokli odamlar bo’lmasdan, ularning aqliy rivojlanish darajasi «nikoh-oila» munosabatlarini ongli ravishda tushunib еtishlariga imkon bеrmasdi. Bu esa sog’lom avlod qoldirish imkoniyatlarini chеkladi.

Natijada yuqorida ko’rsatilgan endogam oilalarni taqiqlovchi tabularni ishlab chiqilishiga sabab bo’ldi. O’z navbatida tabular, kеyinchalik nikohning ilk turlaridan bo’lgan ekzogam (turli qabila vakillari o’rtasidagi «nikoh-oila» munosabatlari) oilalarni yuzaga kеlishiga sabab bo’lgan omillardan biri bo’lib qoldi.

Bu ikkala nikoh, ya'ni, oila munosabatlarining ilk ko’rinishlari antropogеnеz jarayonida yuzaga kеlgan bo’lib, bu davrda hali odamlarning ongi dеyarli shakllanmaganligi sababli, nikoh-oila munosabatlarini yuzaga kеlishi biologik va ijtimoiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan.

Dеhqonchilik va chorvachilik rivojlanishi bilan urug’ning, qabilaning bir a'zosi mеhnatining mahsuldorligi sеzilarli darajada ortgan va bu ortiqcha istе'mol mahsulotlarining yuzaga kеlishiga olib kеlgan. Urug’ning ayrim a'zolarida ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulkning paydo bo’lishi, oilaning yangi turini shakllanishiga, aniqrog’i individual juft oilalarning yuzaga kеlishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birga erkakni xotin va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli bo’lib bordi. Juft oilaga asosan er, xotin va uning bolalari kirdi.

Endi nikoh, xotinning bolalarini tarbiyalash va boqishni ta'minlashni maqsad qilib qo’ygan erkak va ayolning ittifoqiga aylandi. Juft nikohning yuzaga kеlishi bilan juftlar o’rtasidagi fiziologik va jismoniy munosabatlar nafaqat shunchaki axloqiy mе'yorlar bilan boshqariladigan doiralarga, balki, ijtimoiy – iqtisodiy doiraga kiritildi.



  1. Taraqqiyotning keyingi formatsiyalarida nikoh, oila munosabatlarining rivojlanishi.

Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va mustahkamlanishi bilan sinfiy munosabatlar shakllana brogan, bu esa nikohning hozirgi zamon shakli – monogamiyaning shakllanishiga asos bo’lgan. Monigam oila va monogam nikoh o’zining klassik shaklida faqat sinfiy lik jamiyatning yetilishi bilan tasdiqlana brogan.

Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi bir odam ishlab chiqarish vositalarining to’la yoki boshqaruvchi egasi bo’lib qolishini, boshqa odam esa ulardan butunlay mahrum bo’lishligini yoki xususiy mulk egasi tobe bo’lishligini bildiradi. Agar avvalida ijtimoiy (jamoa) mahsulotini olish uchun faqat shu jamoaning a’zosi bo’lishgina kifoya bo’lsa, keyinchalik buning uchun odamning ijtimoiy (jamoa) mehnatidagi haqiqiy ishtiroki talab qilindi, so’ng esa nafaqat jamoaga a’zolik van a mehnat, balki aynan ishlab chiqarish vositalariga, xususiy mulkka egalik jamiyatda ishlab chiqilgan mahsulotni taqsimlashga asos bo’lib qoldi.

Teng taqsimlash va mehnatiga yarasha taqsimlash o’rniga xususiy mulkka egaligiga qarab taqsimlash yuzaga keldi. Mehnatning o’zi, o’z-o’zicha jamoa tomonidan yaratilgan mahsulotdan ulush olishga huquq berolmay qoldi. Xususiy mulkchilikka, sinfiylik jamiyatiga o’tish bilan, teng taqsimlanishning butunlay yuqolishi bilan bolalarni boqish, tarbiyalash majburiyati butunlay oila zimmasiga yuklatiladi. Bunda er faqat ishlab chiqarish vositalarining egasi, mulkdori bo’lganligi uchungina boquvchi hisoblanadi. Bu o’rinda u mehnatda ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmagan. Ayol esa faqat xususiy mulk egasi bo’lmaganligi uchun boquvchi rolida mavjud bo’lgan. Uning mehnatda ishtirok etishi hech qanday rol o’ynamaydi. Shunday qilib, sinfiylik jamiyatida er-xotin o’rtasidagi aloqalar asosida ularning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabatlari yotadi.

Agar hatto ijtimoiy taqsimot bo’yicha kelayotgan mahsulotning hammasi xotin tomonidan yaratilgan bo’lsa ham, agar hatto er xotinni emas, balki xotin erni ta’minlaydigan bo’lsa ham xususiy mulk egasi bo’lib er hisoblangan, aynan uboquvchi hisoblangan. Shunday qilib, bu davrga kelib xotin qul rolini bajarishga tushib qolgan. Ayollar ko’plab fuqarolik huquqlaridan mahrum etilgan, u qonun oldida ham o’z eri bilan teng bo’lmagan. Quldorlik va feudal jamiyatlarda faqat erkaglargina bevosita ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga kirishgan. Ayollar esa bu tizimlar bilan faqat o’z erlari vositachiligi orqaligina aloqada bo’lgan.

Shu bilan birga oila uchun barcha majburiyat, barcha mas’uliyat yuklatilgan. Er qonuniy tartibda oilani barcha a’zolarining, o’z farzandlarining xo’jayini deb e’lon qilingan. Qondoshlikni onalik chiziqlari bo’yicha hisoblash mumkin bo’lmay qolgan, uning o’rniga qarindosh-urug’chilikni otalik chizig’i, shajarasi bo’yicha hisoblab kelingan. Masalan, Napaleon kodeksida jumladan, otasi kimligidan qat’i nazar “nikohda urug’langan bolaning otasi er hisoblanadi”, - deb ta’kidlangan. Bu erkakni o’zining biologik jihatdan ham otalikning ishonchliligini ta’minlashga o’z xotinini begona erkak bilan aloqaga kirishish ehtimolini bartaraf etishga intilishlarini tug’dirdi. Xotindan vafodorlikni talab qilish ham, kelindan ifatlilikni talab qilish ham shundan kelib chiqqan. Hatto er ko’pincha xiyonat ustida tutib olingan xotinini o’ldirish uchun qonuniy huquqqa ham ega bo’lgan.




Asоsiy tayanch tushunchalar.


Nikoh, nikoh – oila munosabatlari, evolyutsiya, biologic omil, tabu, endogamiya, ijtimoiy me’yor, guruhli nikoh, juft oilalar.
Download 22,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish