Introversiya. Ushbu shkala shaxsdagi ijtimoiy kontaktlarni aniqlab beradi. R.B.Kettellning va G.Ayzenkning introversiya shaxs modeliga mos keladi. “Umumiy faollik”, “To’belik”, “Muloqadchanlik” shkalalarini o’zaro uyg’unlashganligidan hosiy bo’lgan. Tadqiqatlarda ushbu shkala bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich ball dominantlik qiladi va yuqori, past ko’rsatkichlar esa kamchilikni tashkil etadi.
Introversiya shkalasida yuqori ko’rsatkich olgan shaxslarda odamlar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklar, muloqotdan cheklanish va katta bo’lmagan, kam sonli shaxslar bilangina faoliyat olib borishlarini kuzatish mumkin. Introvert subektlar muloqotga kirishishda adekvat xulq-atvorga tusha olmaydilar, qotib qolgan insonlar bo’lib, arzimas narsaga qattiq asabiylashib, ruhiy muvozanatni yoqotadilar. Odamlar bilan munosabatda masofa saqlaydilar. O’zlarining begonalashuvini affektiv ko’rsatmaydilar, faqatgina buni qorong’ulikda saqlaydilar, hech narsaga aralashmaydilar, o’z fikrlarini singdirishga intilmaydilar. Aldash yoki hiyla-nayrang ularga xos emas, boshqalarni fikrini hurmat qilishadi, bunga har bir shaxs o’z mustaqil fikriga ega deb qarashadi. Ko’p vaqtlarini ishga sarflashadi, profesanallikni va ishdagi uddaburonlikni qadrlashadi, bunga hayot mazmuni deb bilib, yaxshi bajarilgan ishga shaxsiy mukofot deb qarashadi.
Introversiya shkalasida past ball olgan shaxslar ekstrovert bo’lib, faol, еtakchilik, shuhratparast, jamoatchilik e’tirofiga intiluvchan, muloqotga oson kirishadilar, uyalib o’tirmaydi, kontakt o’rnata oldilar, atrofdagilar bilan munosabatlarda asosiy rolni egallaydilar. Jamoada o’z maqsadiga еtishda boshqalardan foydalana oldilar, munosabatlarni to’g’ri baholay oladilar, o’ta faol, ijtimoiy uddaburonlik va nutqga egalar. Ular ijtimoiy muvaffaqiyatga katta ahamiyat berishadi, har tomonlama o’zlarining shaxsiy xizmatlarini jamoatchilik e’tirofiga erishishga intilishadi, bu esa ular bilan muomala qilishlari kerak bo’lgan odamlarning noroziligiga olib kelishi mumkin.
14.Senzitivlik. Bu shkala emotsional ta’sirlanish darajasini aniqlab beradi. Bunda quyi shkaladagi: estetik jozibadorlik va ayollik shkalalari bo’lib. Bu shkala emotsional nigohqarash ta’sirchanlik, ko’ngli noziklik, artistiklik, atrofni badiiy obrozlarda qabul qilish, nazokatli, iltifotli va hushmuomilalikni aniqlab beradi. Qiziqishlar va ruhiy olamning kengligini tahlil qilib beradi. Quyi shkalaning “Estetik ta’sirchanlik” va “Jozibadorlik”shkalalarini uyg’unligidan tshkil topgan. Senzitivlikda o’rta va past ball dominantlik qiladi va yuqori ball kam sonli ekanini ko’rish mumkin. Yuqori ko’rsatkichga ega shaxslarda, boshqalarning nozik ruhiyatini sezish, o’ta sezgirlik va badiiy idrokga egalar. Bu shaxslar qo’pol so’z, qo’pol hulq va qo’pol ishlarga toqat qila olmaydilar. Hayotda o’ta ta’sirchan. Fantaziyaga beriluvchan, юmshoq, ta’sirchan, she’riyat va musiqani yoqtirishadi, “hayvonga” xos ta’lab, xohishlar ularni qiziqtirmaydi. Munosabatlarda muloyim va nozik, boshqalarga noqulaylik keltirmaslikga intiladilar, boshqalarning mehrini suyistemol qilmaydilar, ammo jamoani maqsaddan chetlatib, fikrlardagi qarama-qarshiligini юzaga kelishlari mumkin. Past ball olgan shaxslarda, fantaziyaga berilmaydigan, hissiy jihatdan еtuk, hushyor fikrlash xos realistiklik bo’ladilar. Qiziqishlari tor doirada, subektivlikga va ruhiyatga, san’atga, qiziqmaydilar, san’atni hayotdan tashqarida,abstract deb biladilar. Hulq-atvorda hech qanday qo’shimchasiz real sezgilarga, qadriyatlarga tayanadilar. Muvofaqiyatni fakt, material va ishdagi oddiy faoliyat deb qaraydilar. Noziklik va xushmuomalalik еtishmaydi, odamlardagi qo’pollik va tez javob qaytarishni, ochiqlikni va to’g’rilikni qadrlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |