5.Extiyotkorlik.
Hulq-atvorning ijtimoiylashganligi va barqarorlikni o’lchab beradi. Bu shkala ijtimoiy nizolarga barqarorlik, ta’sirchanlik va o’zini nazorat qila olish darajasini aniqlab beradi.
1-3/0-3- extiyotkor, yon beradigan, o’zini yaxshi nazorat qiladi. Ijtimoiy muhitga yo’nalgan, yangi sarguzashtlarga intilmaydi. Shaxsiy qiziqishlari ko’ngik ochar odatlar deyarli yo’q.
4-7/4-7- odatda hatirjam va mulohazakor. Yangiliklarga qiziqadi, lekin uni qiziqishlarga tobe deb bo’lmaydi. Ba’zan qaysar va boysunmas bo’lib qoladi.
8-10/8-10- ta’sirchan, o’zini tuta olmaydi, o’z istaklarini nazorat qilolmaydi yoki nazorat qilishi xohlamaydi. Kuchli emotsional holatlarga qiziqishi yoqqol ko’rinadi. Tavakkalchi, sergap, tadbirlarga doimiy qatnashadi, юz berayotgan hodisalarga juda qiziqadi.
6.Umumiy faollik.
Umumiy faollik, kuchlilik energetiklik kuchi va astenik shaxslarni baholaydi. Shkalalarda boshqa testlar kabi temperamentni aniqlashi mumkin. O’smirlarning liderlik sifatlari, yuqori faollik, jamoaga ta’sir eta olish va majburiyatlarni yaxshi anglashini ko’rsatib beradi. Bu kabi insonlarga ko’pchilik boysunadi, ularning talablarini inobatga olishadi va ularga ergashishadi.
1-2 sten/0-2,ball- passiv, g’ayratsiz va kuchsiz. Sustkasht so’zda, harakatda va kamharakat. O’tirib bajaradigan va bir xil ishni maqul ko’radi. Omad va muvofaqiyatga intilish borasida juda kam tasavvurga ega. Qo’shimcha ma’suliyatli ishlarda qochadi, javobgarlikni va ishni doimo boshqalarning еlkasiga tashlab qo’yadi.
3-7 sten/3-7,ball- faolroq va kirishimli. Еtarlicha ishchan. Hayotdagi va ishdagi o’zgarishlarga yaxshi moslasha oladi. Qobilyatlarini юzaga chiqara oladi.
8-10 sten/8-13,ball- ko’p cheksiz kuchga egaligi, uddaburonligi va qo’yilgan maqsad sari faol intilishi bilan ajralib turadi. Faol shaxs, barcha sohalarda oldinda bo’lishga intiladi. Tashkilotchilik va liderlik qobilyati bilan ajralib turadi.
7. Tortinchoqlik.
Bu shkala tortinchoqlik, uyatchanlik va shaxslararo munosabatdan qochishga moyillikni aniqlashga mo’ljallangan. Shaxslararo munosabatlardagi qarama qarshi o’zgarishlar: qattiyatlilik-passivlik, o’ziga ishonchlilik- ishonmaslik, jaratlilik-juratsizlik kabilarni aniqlab beradi. Bu factor ishni muvofaqiyatli,tartibli,izchil bajarilishiga to’g’ri keladigan yoki ishga tashkilotchilik layoqatini talab etuvchi omillarni teskari holatni aniqlab beradi.
1-3 sten/0-3,ball - dadil, qat’iyatli, tavakkalchi, tez qaror qiladi va uni beldirmasdan amalga oshiradi. Erkin muloqotga kirishadi. Hamma narsaga aralashishni yaxshi ko’radi, diqqat markazida bo’lishni xohlaydi. Do’stlari ko’p va tanishlari undan ham ko’p.
4-6 sten/4-6,ball- dadil va qatiyatli, lekin qaltis ishlarga qo’l urmaydi. Biror ish qilishdan oldin yaxshilab “to’g’ri va noto’g’ri” tomonlarini o’ylab ko’radi. Muloqotda qiyinchilik sezmaydi, notanish insonlar bilan ham muloqot qiladi ba jamoada “oltin o’rtalikni” egallab olgan.
7-10 sten /7-10ball- tortinchoq, qaltis vaziyatlardan qochadi. Kutilmagan holatlarda bezovtalanib qoladi. Muloqotda uyatchan, chegra qo’yadi, qo’shilmaslikga intiladi, soyada qolib ketgan va hech narsaga aralashmaydi. Tor doiradagi do’st va tanishlarni ma’qul ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |