Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


II.BOB V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “psixologik testi” so’rovnomasining moslashtirishni emperik natijalari



Download 192,34 Kb.
bet2/33
Sana20.07.2022
Hajmi192,34 Kb.
#826022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Тураев Р. диссертация

II.BOB V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “psixologik testi” so’rovnomasining moslashtirishni emperik natijalari................................... 34
2.1 So’rovnomani mahalliy muhitga mos varyantini shakllantirish.................................................................................................. 34
2.2 So’rovnomani moslashtirilgan varyanti bo’yicha psixologik mezonlarni tekshirish........................................................................................................ 48
2.3 So’rovnomani moslashtirilgan shaklini amaliyotga qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar.................................................................................................... 55
Bob bo’yicha xulosa....................................................................................... 58
Umumiy xulosalar......................................................................................... 59
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati......................................................................61

KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlanishning yangi bosqichida davom etmoqda desak yanglishmagan bo’lamiz. Har bir sohadi yangilanayotgan O’zbekistonda ilm-fan sohasining barcha yo’nalishlarida yangiliklar, bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yangi bosqichga olib chiqildi.
Yosh avlodni dunyoqarashi keng, intiluvchan, yuksak marralarni zabt etadigan va ilg’or fikrlaydigan, yetuk shaxlar qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, o’quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “…Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur…” [4, 20] degan fikrlari xususan psixodiognostika sohasida ham rivojlanish bosqichiga o’tishni talab etadi. Rivojlanayotgan boshqa fanlar qatorida psixologiya fani alohida fan sifatida jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Yosh avlodga ta’lim tarbiya berish masalasi, kasb tanlash masalasi, insonning ijtimoiy muhitga moslashish masalasi, boshqaruvda shaxs imkoniyatlari, inson intellekti va uning psixologik o‘ziga xosliklari, xulq-atvor o‘zgarishlari va uni bartaraf etishning psixologik chora-tadbirlari kabi masalalar bugun psixologiya fanining amaliy ahamiyatini yanada oshirmoqda. Shu qatorda psixodiognostik tadqiqotlarni tashkil etishda xorij tajribasini o’rganish, xorij testlaridan keng foydalanishga katta e’htiyoj oshib bormoqda. Shu bilan birga zamonaviy psixodiagnostika shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashda standartlashtirilgan xorij testlardan foydalanishni talab etadi.
Bizningcha, har qanday xorij testlari standart normalarga javob beradigan bo’lishi hamda, mahalliy muhit talablari darajasida ishlab chiqilgan bo‘lishi lozimdir. Bu borada yurtimizda ba’zi tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsada, hali –hanuz ushbu masalalarning amaliy yechimlari ko‘proq e’tibordan chetda qolmoqda. Shunday ekan, psixodiagnostika fanida hozirgi kungacha amalda bo‘lgan shaxs so‘rovnomalari va testlarini mahalliy muhitga moslashtirish, so‘rovnomalarni qo‘llash holatlari mezonlarini yanada ilmiy tekshirish, mahalliy muhit va xorij shart-sharoitlarini solishtirish, so‘rovnomalarda aks etgan psixodiagnostik o‘ziga xosliklarni aniqlashtirish kabi masalalar o‘rganilish jihatdan o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mazkur muammoni o‘rganish uchun bizda zaruriy ilmiy amaly asos mavjud. O’zbek psixologiyasi sohasida foydalanilayotgan aksariyati testlar horij olimlari tomonidan yaratilgan. Ularni bir muhitdan boshqa muhitiga moslashtirish, standartlash esa psixologiya fani rivojiga samarali ulush hisoblanadi. Aynan bugungi kunda psixologiya sohasining dolzarb muammolardan biri ham, test so’rovnomalarini standartlashtirish masalasi hisoblanadi.
Xorij psixologiyasi amaliyotda sinovdan o’tgan va psixometrik mezonlari bo’yicha yuqori ishonchlilik, validlik ko’rsatkichga ega bo’lgan so’rovnomalarning mahalliy muhitga moslashtirish masalasi bir necha bosqichli bo’lib mutaxasislardan yetarlicha malaka talab etadi. Bunda psixologdan testlarning tabiiyati, turlari, o’ziga xos o’lchov usullari haqidagi nafaqat psixologik, shuningdek matematik, statistik bilimlar ham talab etiladi. Sababi, ishlab chiqilayotgan testlarni ko’p qismi o’z muhiti psixologik holatidan kelib chiqib yaratilib, testlarni yangi muhit uchun yangi psixometrik o’lchovlar ishlab chiqishni talab etadi.
Shaxs psixodiagnostikasi metodikalarining mahalliy muhitga moslashtirish mezonlarini aniqlash alohida tadqiqot muammosi sanaladi. So’rovnomalari moslashtirishda mutaxassislar jahon psixologiyasida ko’p yillardan buyon foydalanib kelinayotgan, psixometrik talablarga ega, hamda o’zbek psixologiya sohasida ehtiyojga ega so’rovnomalardan foydalanish talab etiladi. Jahon psixologiyasida shaxsga tashxiz qo’yishda aynishu talablarga ega so’rovnomalardan keng foydalaniladi. Ulardan MMPI, MMPI-2, Kettell 16F, 13F, Ayzenk EPQ, NEO-PI-R, va boshqalar [27,132].
Mazkur tadqiqot ishimizni shaxsni o’rganishda metodikalardan biri V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “psixologik testi” so’rovnomasining moslashtirish yuzasidan bu metodikani imkoniyatlari, qulayliklari, o’ziga xos jihatlarini ochib berishga qaratdi. Shu bilan birga bu shaxs borasidagi bilimlarni o’rganishga hamda maqsadli tizimlashtirishga olib keladi. Bu esa tanlagan mavzuimizning hozirgi kun uchun naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatib beradi.
Magistrlik dissertatsiyasining yakuniy bosqichida V.M.Melnikov va L.T.Yampolskiylarning “Psixodiagnostik testi”ning o’zbek mahalliy muhitida qo’llaniladigan shakli amaliyotga taqdim qilinadi.

Download 192,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish