Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot ishi kirish, uch bob, olti paragraf, bob bo‘yicha xulosalar, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tashkil topgan. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 91 sahifadan iborat bo‘ladi.
I BOB. XORIJIY TESTLARNING MAHALLIYLASHTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Testlashtirish moslashtirish psixologik muommo sifatida
Psixodiognostik sahosi ekspremental tadqiqodlar o’tkazish, psixologik o’lchov vositalarini ishlab chiqish va qo’llashni o’z ichiga oladi. Psixologik diagnoz—standartlashtirilgan shart-sharoitlarni ta'minlash, eksperiment tuzilishini aniq ishlab chiqish va yuqori sifatli tashxis qo’yilishini taminlaydi. Psixodiognostikada tadqiqodlarni tashkil etish esa “teslashtirish” deb alaladi[10,]. Testlashtirish psixodiognostika sohasi metodlaridan biri sifatida sifat va miqdorga asoslangan holda shaxsdagi turli xil psixologik xususiyatlari va holatlarini aniqlab beradi. Testlashtirishni tashkil etish ishonchlilikga va validlikga ega standartlashgan o’lchov vositalarini talab etadi. Eng asosiy o’lchov vositasi albatta bu testlardir.
Testlar ma’lum psixologik xususiyatlarning taxminiy tashuvchisiga taqdim etiladigan bir xil turdagi qisqa, standartlashtirilgan vositalar seriyasidir.[14] Ushbu testlarning umumiy natijasi shaxsda o'lchangan xususiyatning darajasini baholashga imkon beradi. Testlarga xos bir necha xususiyatlari mavjud. Bular: obektivlik, shaxsga bog’liq bo’lmagan holda tadqiqodni o’tkazilishi va test tahlili, interpretatsiyasi; Ishonchlilik, test takror qo’llanganda ham avvalgi qo’llangani bilan bir xil natija olinishi. Validlik, test natijalarining o’lchash uchun mo’ljallangan xususiyatga muvofiqligi. Samaradorliktashqi validlik, testning ma’lum bir xususiyatni o’rganish uchun qanchalik mosligi.
Reprezintativlik, test turli jinsdagi odamlarni, yoshi, yashash joyi va boshqalardan qattiy nazar faydalanilganda bir xil natija olinishi. Foydalilik, tadqiqot harajatlari olingan ma’lumotlarga samarali, adekvat bo’lishi. Shaffoflik, test va test qo’llanmasining barcha sinaluvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Yani, qo’llanmaga qo’shimcha ma’lumotlar berish kerakmi yoki yo’q. Soxtalashtirish, sinaluvchi test natijani ataylab buza olishi mumkinmi yoki yo’q. Rotsionallik, test o’tkazish vaqti qanchalik to’g’ri tanlanganligi, sinaluvchining jismoniy holati uning boshqa xususiyatlariga ta’sir etmasligi taminlanishi lozim.
Meyorlashtirish, qo’llanilayotgan test natijalarini bir meyorga keltirish, yani turli odamlardan olingan natijalarni bir tartibga olib kelinish. Testlarni obektivligi ishonchlilikni talab etadi, ishonchlilik esa, test validlikni talab etadigan jarayonlardir []. Testlashtirish jarayonini testlarning meyoriy ko’rsatkichlarini xisobga olgan holda amalga oshirilishi keyingi tadqiqotlarni samarali bo’lishini taminlab beradi.
R. S. Nemov testlar uchun asosiy talablarni tavsiflaydi:
1. Ijtimoiy-madaniy moslashuv: sub’ektlar tomonidan olingan vazifalar va baholarning muvofiqligi, ma’lum bir jamiyatda mavjud bo’lgan madaniyatning o’ziga xos xususiyatlari. Shunday qilib, texnika yaratilgan va kelajakda qo’llaniladigan shartlar juda muhimdir. Misol uchun, xorijiy texnikani rus tiliga tarjima qilish har doim ham aniq emas, bu ularning maxsus moslashuvini talab qiladi;
2. Test topshiriqlarining soddaligi va aniqligi odamlar tomonidan turli yo’llar bilan qabul qilingan va tushunilgan daqiqalar bo’lmasligi kerak;
3. Test topshiriqlarini bajarish vaqtini cheklanganligi;
4. Test meyorlarining mavjudligi.[26,27,46-52]
Testlarga psixodiagnostikaning standartlashtirilgan usullari sifatida R.S.Nemov shanday ta’rif beradi, o’rganilayotgan xususiyatlarning rivojlanish darajasining qiyosiy miqdoriy va sifatli ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. U “test” atamasi ikki ma’noga ega: tor va keng; so’zma-so’z tarjima-sinov, sinov. Keng ma’noda, test tegishli psixologik o’lchovlarni olish imkonini beruvchi so’zlar yoki vazifalar tizimini o’z ichiga olgan standartlashtirilgan har qanday texnikani anglatadigan xususiyatlari, shuning uchun, bu holda, testlar ko’p anketalar va proektiv usullarini o’z ichiga oladi. Tor ma’noda, test-bu aqliy yoki amaliy vazifalar tizimini o’z ichiga olgan jarayon [28, 237].
Biroq diognostikada eng muhumi test natijasiga salbiy ta’sir etadigan omillarni bartaraf etishdir. Ko’plab mualiflar quyidagi omillar testga ta’sir etishi mumkin deb keltiradilar:
Tashxis qo'yiladigan xususiyatning beqarorligi.
Dagnostika usullarining nomukammalligi (beparvolik bilan tuzilgan ko'rsatmalar, ularning tabiati bo'yicha vazifalar, test mavzusini taqdim etish bo'yicha aniq ko'rsatmalar va boshqalar.).
Test o’tkazishni o'zgaruvchanligi (testlar o'tkaziladigan kunning turli vaqtlari, xonaning turli yoritilishi, tashqi shovqinlarning mavjudligi yoki yo'qligi va boshqalar).
Eksprementatorning o’zgaruvchan xulq-atvori (tajribasi oshgan sari eksprementatorning instruksiya berishi, stimul o’zgarib boradi,).
Sinaluvchilar holatini o’zgaruvchanligi (birinchi sinovda yaxshi ikkinchi sinovda sinaluvchi o’zini yomon xis qilishi va boshqa)[14,17,32,67].
Psixodiognostik so’rovnomalarini foydalanishda I.A.Baturin rus madaniy muhitida xorij testlarini qo’llashi quyidagi talablarga amal qilish kerakligini aytib o’tadi.
1.AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa xalqlar testlaridan foydalanishda shu testni yaratilish tarixi va qo’llanilishini o’rganish zarur, shu bilan birga psixodiognostik testlashtirish standartlarini, ohirgi yillarda amaliyotda ushbu testlarni qo’llanilishiga oid ma’lumotlarni o’rganish lozim.
2. Yaqin kunlarda ishlab chiqishi kutilayotgan testlarni xorijiy olimlarni psixodiognostik talablari asosida muhokama qilish va ishlab chiqish.
3. Professuanal psixologik tashkilotlarning tahlili va tasdig’idan o’tkazish lozim.
4. Amaliy faoliyatni sertifikatlash Milliy insituti (NISPP) bilan hamkorlikda psixodiognostik metodikani Rossiya hududida rasman qo’llash uchun sertifikati bilan tasdiqlanishi lozim.
5. Standartlashda innovatsion usullarni qo’llash, xorijiy zamonaviy olimlar qo’llagan innovatsiyalarni xususiylashtirish. Bular:
Psixodiognostikadagi va tadqiqotlardagi asosiy amallar usullarni standartlashtirish;
Ma’lumotlarni uzatilishini asosiy mazmunini standartlashtirish;
Metodikani psixometrik tadqiqod natijasi xulosalarini standartlash;
Moslashtirishning asosiy bosqichlarini va statistic tahlil qilish, SPSS yordamida standartlash;
Mualiflar huquqini inobatga olish va asosiy ma’lumotlardan foydalanishni standartlash.
Metodikani dastlapki qo’llash bo’yicha mutahasislar fikrini monitoring qilib borish lozim, sababi bu kelgusida modifikatsiya va korreksiya ishlari uchun qo’llaniladi.[3,4,28,45,]
A.A.Smirnov “chet-el testlari psihologik mohiyati noaniq, deferensiyatsiyalashmagan bo’ladi” deb aytadi. Testlarni o’zbek muhitida qo’llanishi ba’zi holatlarda krimenal xarakterda bo’ladi. Bu testlardan foydalanishning qopol tarzda buzulishi deb baholanadi. [23,24]
Yu.L.Sierda fikriga ko’ra “har qanday xorij testlaridan foydalanaish nafaqat tarjima bilan yakunladi, bunda chuqurlashtirilgan adaptatsiya bosqichlaridan o’tkazish: ishonchlilik, validlilik va standartlashtirish, test normalarini ishlab chiqishni talab etadi” [31,32,33].
L.F.Burlachuk o’z maqolasida “Bugungi mamlakatimizda psixodiagnostikaning rivojlanishi bosqichda, uzoq vaqt moslashish davrini bosib o'tgan xorijiy testlardan amaliy foydalanilmoqda: ular uzoq vaqt davomida validlik va ishonchli deb e'tirof etildi”[15,51].
Bu psixometrik o’lchovlardan eng asosiysi bu ishonchlilikdir. K. M. Gurevich ishonchlilikni murakkab xususiyat sifatida quyidagilarga ajratadi.Testning ishonchliligi, belgilarning (simptom) barqarorligi va natijalarning eksprementator shaxsiga bo’g’liq emasligi. U asosiy ko'rsatkichlarni quyidagicha belgilashni taklif qildi:
— o'lchov vositasini tavsiflovchi ko'rsatkichni ishonchlilik koeffitsienti deb atash taklif etiladi;
— o'lchangan xususiyatning barqarorligini tavsiflovchi ko'rsatkich - barqarorlik koeffitsienti;
— eksperimentator shaxsining ta'sirini baholash ko'rsatkichi - doimiylik koeffitsienti. [30-33].
Barqaror ishonchlilikga ta’sir etadigan bir necha omillar bo’lishi mumkin: sinaluvchilarning ayni test olinayotgan vaqtdagi holati, motivotsiyasi, ergonomik omillar tempermenti, qobiliyati, tashqi shovqinlar va boshqa, xarakteri, bilim darajasi va boshqalar.
Ishonchlilikning turlari ko’p bo’lib, ulardan asosiylari bilan tanishib chiqamiz.
1 Retest ishonchlilik;
2 Parallel ishonchlilik;
3 Test topshiriqlari o’rtasidagi gomogen ishonchlilik;
4 Kuder-Richardson bo'yicha ishonchlilik;
5 Tarjimonning ishonchliligi “baholovchi”;
6 O'lchovlarning standart xatosi; va boshqa [10,26,26,].
Test birinchi va ikki holatda ishonchlilik koeffitsienti topishda birinchi va keyingi o'lchovlar yoki testning parallel shakllari o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsientlarini Spearman-Braun formulasi bo'yicha hisoblanadi.
Retest ishonchliligini tahlil qilish shuningdek, ishonchlilik-izchillik tahlili testning alohida jihatlarini o’rganish bilan bir qatorda, ehtimol, alohida nuqtalarning barqarorligini o’rganish bilan birlashtirilishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan nazariy jihatdan kutilayotgan o’zgarmas xususiyatlarni ma’lum vaqtdan so’ng tashxislash zarur. Mutaxasislar buni har xil muddat qilib belgilaydi. Foydalanilayotgan test xususiyatidan kelib chiqib bir necha haftadan olti oygacha deb muddat belgilanadi. Bu tekshirish testni vaqtga nisbatan xususiyatlarini tashxis uchun juda zarur.
Ishonchlilikdan keyingi test barqarorligini taminlovchi o’lchov bu-validlikdir. Validlik empirik tarzda olingan test natijalarning o’lchash uchun muvofiqligi [12]. Validlik test sifatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Validlik (inglischa validity so’zidan olingan ) haqiqiylik, adekvatlik, o’lchov asosi degan ma’no anglatadi [10,12,36,37,38]. Validlikga ega test shaxsdagi mavjud real psixologik xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi. Psixolog uchun diognostik testlarning validlikga egaligi to’g’ri tashxizlash va korreksiyalashga yordam beradi.
Validlikning test sifatini aniqlashiga ko’ra bir necha turlari mavjud.
Tashqi validlik (inglizcha face vilid.)—sinaluvchi yoki tadqiqodchi uchun testning tashqi belgilariga asoslangan, testning pragmativligi.Tashqi validlik—bu o’rganilayotgan hodisa yoki ob’ektni real tadqiqotga mosligi.[13-36; 39,109-110]
Amerikalik tadqiqotchilar D.Tiffin va E.Makkormiklar test validligini isbotlash uchun qoʻllanilgan tashqi mezonlarni tahlil qilib, ularning toʻrt turini bo'ladilar:
1.Ishlash mezoni bunga ishni bajarish soni, samaradorligi, vaqtdan foydalanish, o'qitishga sarflangan vaqt, malakaning o'sish sur'ati va boshqa.
2.Subektiv mezon ular shaxsning biror narsaga yoki kimgadir munosabatini, uning fikrini, qarashlarini, odatlarini aks ettiruvchi har xil turdagi javoblarni o'z ichiga oladi; odatda bular anketa, savolnoma,intervyu ko’rinishidagi testlarda kuzatiladi.
3. Fiziologik mezon tashqi muhit omillarini inson organizmiga va psixikasiga ta’siri; yurak urish tezligi o'lchanadi. qon bosimi, terining elektr qarshiligi, charchoq belgilari va boshqa.
4. Tasodifiy mezon kutulmagan hodisalar oqibatida yuzaga kelgan holatlar.
Tashqi mezon uchta asosiy talabga javob berishi kerak:
1 Muvofiq bo’lishi kerak.
2 Xatolardan holi.aralashuvsiz.
3 Ishonchlilik.
Mavjud tashqi mezon bo’lmasa, metodikaning ichki validligini tekshirishga murojaat qilish kerak. [39,40,41,44].
Mazmuniy validlik (inglizcha content valid.-) — testning bir butun mazmunini tashkil etib, test o’zkazish usuli, darsliklar, test o’tkazish vaqti va boshq. Qo’llanilayotganda testning aynan qaysi validlikga asos qilib olinganligini ahamiyatga olish kerak. Psixologiyada validlik asosan ikki turga ajratiladi. Tashqi amaliy va ichki nazariy validlik. Konstruktiv validlik—konvirgent, diskriminant, faktorli ichki, xulq-atvor nazariyasiga muvofiq, yosh deferensiyatsiyasiga muvofiq validlik; Kreterial validlik—ma’lum vaqtdagi(diognostik) validlik, bashoratlovchi(prognostik) va o’tmish bilan bog’liq(retrospektiv) validlik turlari mavjud.[10,18,21,44,54]
Mazmunli va mezonli(kreterial) validlik o’rtasidagi farq, bu erishganlik testlari uchun mutaxasis fikri, mezon bo’lsa testlarda standartlashtirishdagi tanlanma guruhi mezoniy validlik bo’lib xizmat qiladi. Muvaffaqiyatga erishganlilik testlari bilan bir qatorda mazmunli validlik mezonlarga yo'naltirilgan testlarni tasdiqlashning eng muhim shakllaridan biri, kasb tanlash, kasbni o'zlashtirish muvaffaqiyatini tahlil qilish uchun mo'ljallangan testlardir. Shaxs so’rovnomalari va intelekt testlarini qo’llanishida mazmuniy validlik natijalari, dastlapki bosqichda testdan foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlab beradi.
Metodika topshiriqlari metodika ishlab chiqilayotganda tuzuladi. Mazmuniy validlikda validlik tashqi talabiga e’tibor berilmaydi, testning elementar tarkibini tahlil qilishga suniy (sintetik) yondashiladi.
Kriterial validlik – tadqiqotchi uchun test natijalari yordamida individ xatti-harakati aspektining hozirgi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarishi masalasini aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun qo’lga kiritilgan natijalar tashqi kriteriylar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Prognostik validlik – tashqi kriteriylar mezon va sinaluvchining xulq-atvori interpretasiyasi aniqlanadi.[39,118]
Nazariy validlik - o'rganilayotgan xususiyatni ma'lum bir psixodiagnostika test yordamida o'lchash imkoniyatini nazariy asoslash.
Emperik (kreterial)validlik - joriy va bashoratli validlikni o'z ichiga oladi.[19,26]
Diskriminativ validlik - o'lchangan xususiyatni va boshqa mulk o'rtasida bog'liqlik yo'qligi bilan isbotlanadi[19,20,23].
Diskriminativlik – tekshirilayotgan test natijalariga nisbatan maksimal yoki minimal farqlash usullari. Metodologiyaga muvofiq muvofaqiyatli ishlab chiqilgan test topshiriqlari “topshiriq diskriminatsiyasi” deyiladi va topshiriqlar bajarilgandan so’ng o’lchangan meyorlar diskriminatsiya koeffitsienti yoki diskriminatsiya indeksi deb ataladi. A. Anastazi: “Testning validligi”— tushunchasi shuni anglatadiki, test o’lchav vositasi hisoblanib va u bu o’lchovni qanchalik yaxshi bajarishini anglatadi.[11,13,28,33].
Validlik o’z yo’nalishiga ko’ra—kompleks jamlanma sifatida birinchidan metodikaning o’lchash uchun yaroqliligini va ikkinchidan bu metodikaning ishonchliligi, samaradorligini va amaliyotda qo’llash uchun foydaliligini ko’rsatadi.Validlikni aniqlashda aniq bir yo’nalish ko’rsatilmaydi. Validlikni turi, turli xil tushunchalari mavjud. Shuning uchun har bir metodikani validlashtirish uchun validlikning ma’lum bir turlaridan foydalaniladi. Metodikani validligini aniqlash validlashtirish deyiladi.
Metodikani ma’lum bir xususiyatini o’lchash uchun mosligi. Bu nazariy validlik deyiladi. Keyingi validlik bu metodikaga oid emas balki, undan foydalanish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bu amaliy (pragmatic) validlik deyladi. Umumiy holda: nazariy validlik- bunda tadqiqodchi o’lchov vositasi bo’lgan metodikaning imkoniyatlarini o'rganadi. Pragmatik validlikda esa, o’lchanayotgan xususiyat emas. Bunda metodikaning amaliyotda foydalanish uchun yaroqliligi aniqlanadi. Nazariy validlik pragmatik validlikdan farq qilib, murakkabroq jarayon hisoblanadi. Pragmatik validlikni aniqlash uchun metodikaga bog’liq bo’lmagan tashqi omilni tanlab olamiz, masalan, faoliyatdagi erishganlik darajasi (bilim,ko’nilma, profesionallik va boshqa) va buni metodikadan olingan natijalar bilan o’zaro taqqoslanadi. Agar bu natijalar o’zaro muvofiq kelsa, metodika amaliyotda qo’llashga mos, samaradarlikga ega, ishonchliligi deb qabul qilinadi. Nazariy validlikni aniqlash murakkabroq bo’lib, metodikaga bog’liq bo’lmagan omillarga bog’liq. Mazmunli va konstruktiv validlik nazariy validlikni tashkil etadi.
Testalogiya tarixida (20-30y.) dastlab metodikaning validligi shunchaki metodika yaratilgan nazariya yaxshi bo’lgani uchun metodika yaroqli deb xulosa berilgan, tadqiqodchilarning fikriga ko’ra sinaluvchilarning xususiyatini metodika aniqlab beradi deb qarashgan va metodikaning qanchalik validlik, ishonchliligi haqida tadqiqodlar o’tkazilmagan. Bu holat uzoq cho’zilmadi. Tadqiqodlar ilmiy isbot talab qildi. Metodikalar esa, emperik o’rganila boshladi. M. Teplov shu davrdagi tadqiqodlar haqida “ko’r namunalar ” deb aytadi. Bu holat o’tgan asrning 50 yillarda qadar AQSh va boshqa davlatlar psixologiyasida davom etdi. Testlarni ishlab chiquvchi va nazariy emperik o’rganuvchi soha vakillari bunday tadqiqotlarni “bo’sh” ochilmagan tadqiqodlar va nazariyaga muvofiq kelmaydi deb takidlab kelishadi. Tadqiqodchilar “nazariyasiz amaliyot ko’r , amaliyotsiz tadqiqotlar esa o’lik “deb takidlashadi. Bugungi kunda fan rivojlanib bu kabi tadqiqodlar samarasiz deb baholanadi. Validlik test haqida ko’plab ma’lumotlar to’plashga yordam beradi.[32,52,53].
Validlashtirishda birinchi bosqichda, o’rganilayotgan xususiyatlar jamlanmasi va shu xuxusiyatlarning turlari,murakkabliklari yoki faoliyati elemantlari o’rganiladi. Ikkinchi bosqichda, test faoliyati ishlab chiqiladi (modellashtiriladi), asosan real mavjud elementlar tanlab olinadi. Ohirgi bosqichda ishlab chiqlilgan test modeli sinovdan o’tkaziladi, tanlangan test elementlari real faoliyatda sinovdan o’tkaziladi. Bunday usulda test tuzish erishganlik darajasini aniqlovchi testlar tuzishda foydalanib, o’quv materiallari, darsliklar va shu soha mutaxasislari konsultatsiyasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda test ishlab chiqish o’quv jarayonida to’plangan bilim, o’rganilgan mavzular, berilgan topshiriqlarga asoslanadi. Testdagi har bir topshiriq shu soha mutaxasislari yordamida tahlil qilinadi, sababi bu mutaxasislar (mantiqiy validlik sifatida) o’z sohasi talablarini yaxshi bilishadi. Mutaxasis fikri testning reprezintativlikga ega yoki egamasligini aniqlab, o’quv faoliyati davomida sinaluvchilarning o’zlashtirganlik va bilim darajasini o’lchashga yordam beradi. Mutaxasis fikridan keng foydalanish, test validliligi yuzasidan mazmuniy validlikni taminlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |