Kimki befoyda umrin o’tkazdi,
hech narsa olmasdan oltin ketkazdi.
Sevinma dushmanim olmish deb ajal,
Bir kuni senga ham gal keladi, gal.
Birlashsa chumoli ittifoq bo’lib,
Arslon terieini olajak shilib.
(Sh. Shomuhamedov tarjimalari)
Sa’diyni hayot muallimi deydilar. Chunki shoirning pandu nasihatlari, maqol va hikmatga aylanib ketgan chuqur mazmunli fikrlari, falsafiy xulosalari hayotiy: u dunyo kezib, hayotni har tomonlama o’rganib, inson umrining mohiyati, fe’l-atvorining turfa qirralarini uzoq yillar mobaynida teran nigoh bilan kuzatib, ohorli va chuqur mazmunli badiiy umumlashmalar qiladi — ularning xalq maqollariday, hikmatli so’zlarday jaranglashining sababi shunda:
Do'stlaringiz bilan baham: |