Fuqaroning bog’chasidan sulton uzsa bir olma,
Navkarlari qo’poradi daraxtlarning ildizin.
Zo’rlik bilan beshta tuxum ola qolsa podshoh,
Askarlari sixga tortar tovuqlardan besh yuzin».
Alloma podshohlarning adolatli bo’lmog’larini nihoyatda muhim deb hisoblaydi. hukmdorning ushbu sifatga ega bo’lishi mamlakatda tinchlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro ahillik, hamjihatlilikni tarkib topishiga zamin hozirlashini alohida qayd etadi. Adolatli sulton hukmronlik qilayotgan mamlakatda xalq yurtboshidan ibrat oladi, uningdek ish yuritishga harakat qiladi. Mazkur o’rinda Muslihiddin Sa’diy quyidagi misralarni keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |