O’z xalqiga jabru zulm ravo ko’rgan podshohning,
O’z do’stlari yov bo’ladi qiyin dam kelgan kuni.
Fuqaroga shafqat qilsang, dushmandan omondasan,
Adolatli shahonshohning xalqi – bu o’z qo’shini.
Muslihiddin Sa’diy adolatli podshohlarning yorqin timsoli sifatida Iskandar Zurlqarnaynni e’tirof etadi. Uning obrazi asosida mamlakatni adolat mezonlari yordamida boshqarishning muhim ahamiyatini ochib berishga harakat qiladi va quyidagi hikoyatni misol tarzida keltiradi: Iskandar Rumiy (Zulqarnayn)dan so’radilar: «G’arbu Sharqdagi mamlakatlarni nima hisobiga zabt etding? Avvalgi podshohlarning xazinasi, yoshi va lashkari kenikidan ortiq bo’lsa-da, bunday fotihlik ularga nasib bo’lmagandi». Iskandar Zulqarnayn shunday javob beradi: «Zabt etgan mamlakatim fuqarolariga ozor bermadim va podshohlarning nomlarini faqat yaxshilik bilan yod etdim:
Do'stlaringiz bilan baham: |