37
kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
majmuasidir. Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni
o’z ichiga oladi:
investitsiyaviy g’oya(fikr)ni shakllantirish;
g’oyaning dastlabki asoslanishi;
loyihada ko’zda tutilgan
texnik qarorning tahlili;
sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
investitsiya loyihasi bo’yicha davlat boshqaruv idoralari bilan
kelishuv yuzaga keltirish;
axborot memorandumini tayyorlash.
Yuqorida ko’rsatilganlarni amalga oshirgandan so’ng loyihani ishlab chiqish
va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish
xatidan to investitsion
mo’ljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi
loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug’iladi.
Quydagi 2.2.1 – Jadvalda Samarqand viloyati bo’yicha investitsiya
loyihalarini joriy etish haqida ma’lumot aks ettirilgan.
2.1.1 – Jadval
Samarqand viloyati bo’yicha 2011-2015 yillarda investitsiya loyihalarini joriy
etish manbalari haqida ma’lumot. (ming doll.)
Yillar Loyihalar
soni
Jami
ming doll.
Moliyalashitirish manbalari
O’z
mablag’lari
hisobidan
Kredit va chet
el
investitsiyalari
hisobidan
Tijorat
banklari
krediti
hisobidan
2011
85
43486
9456
5614
28418
2012
52
21529
4035
5217
12277
2013
28
3396
1674
250
1472
2014
26
4950
2317
1350
1282
2015
17
5113
1443
94
3576
Jami
208
78474
18925
12525
47024
Manba: Samarqand viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
38
Samarqand viloyati tumanlarida 2011-2015 yillarga mo’ljallangan 208 ta
loyiha rejalashtirilgan, jami 78479 min doll. ajratilgan, shundan o’z mablag’lari
hisobidan 18925 ming doll, chet el investitsiyalari hisobidan 12525
ming doll va
tijorat banklari hisobidan 47024 ming AQSh doll ajratilgan. Bu asosan yangi
korxonalarni
tashkil
etish
va
qayta
rekonstruktsiya
qilish
miqdorida
yo’naltirilganligidir.
Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan
korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash haqida ketganda, investitsion
jarayonlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni
zamon va makonda bog’laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy
qismlari mavjud: loyihalashtirishdan avvalgi asoslash, loyihalashtirish,
bevosita
ob’ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi.
Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so’nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan
o’tkazilib, amaldagi va loyiha ko’rsatkichlari baholanadi hamda investitsiya
jarayonining xuddi shu jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan chetga og’ish va
kamchiliklar aniqlanadi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: