68-rasm. Avtomatik o‘chirgichlarning ko‘rinishi
Issiqlik relelari.
Issiqlikdan himoyani issiqlik relesi ta’minlaydi. Issiqlik
relesi elektr dvigatellarni va boshqa elektr qurilmalarni uzoq vaqt davom etadigan
10-20% li yuqori kuchlanishdan himoyalash uchun xizmat qiladi.
Rele himoyalanuvchi dvigatel yoki boshqa elektr qurilma zanjiri bilan
ketma-ket ulangan qizdirish elementidan iborat. Qizdiruvchi elementining ichiga
bimetall plastinka joylashtirilgan. U chiziqli kengayish koeffitsienti turlicha
bo‘lgan ikkita metall plastinkalardan iborat bo‘lib, ularning bir tomondagi uchlari
o‘zaro kavsharlangan, ikkinchi uchlari esa asosga qo‘zg‘almas qilib
mahkamlangan. Qizdirish elementidan ajralib chiqayotgan issiqlik ta’sirida
bimetall plastinka qiziydi.
Ish tugagandan so‘ng binodagi (tuzilmadagi) barcha elektr qurilmalari
o‘chirilgan
bo‘lishi
kerak,
navbatchi
chiroqlar,
yong‘inga
qarshi
avtomatlashtirilgan moslamalar uchun quvvat manbalari, ogohlantirish va
evakuatsiya nazorati tizimlari, tutunga qarshi himoya tizimlari, shuningdek,
texnologik jarayonning shartlariga muvofiq sutka davomida ishlashi kerak bo‘lgan
elektr qurilmalari bundan mustasno.
329
69-rasm. Issiqlik relelarining umumiy ko‘rinishi shart.
Elektr uskunalari va yashindan himoya talablari quyidagilar
Odamlar ommaviy bo‘ladigan ob’ektlarda mato va kiyimlarni dazmollash
uchun maxsus xonalar jihozlanishi hamda unda elektr va boshqa isitish
anjomlaridan foydalanish bo‘yicha qat’iy rejim o‘rnatilishi lozim.
Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchining foydalanish hujjatlari talablariga
muvofiq bo‘lmagan sharoitlarda ishlatish yoki nosozligi bo‘lgan elektr jihozlaridan
foydalanish;
himoya qobig‘i shikastlangan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan elektr
kabel va simlardan foydalanish;
shikastlangan (nosoz) elektr rozetkalaridan, rubilniklardan, himoya
vositalaridan, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalardan foydalanish;
elektr simlari va kabellarini elimlash va bo‘yash, elektr lampalar va
yoritkichlarni qog‘oz, mato va boshqa yonuvchi materiallar bilan o‘rash,
shuningdek, yonuvchan materiallar saqlanadigan omborxona (yordamchi)
binolaridagi chiroqlardan himoya qalpoqlarini echib olgan holda foydalanish;
yonmaydigan materialdan ishlangan tagliklarisiz (podstavka) dazmol, elektr
plitka, elektr choynak va boshqa elektr isitish anjomlaridan foydalanish;
tarmoqqa ulangan elektr isitish moslamalarini va boshqa maishiy elektr
jihozlarini nazoratsiz qoldirish (ishlab chiqaruvchi korxonaning yo‘riqnomasida
330
kunu tun ishlaydigan va (yoki) ishlashi mumkin bo‘lgan elektr jihozlari bundan
mustasno);
nostandart (qo‘lbola) elektr isitish moslamalaridan, shuningdek, ularda
konstruksiyasida nazarda tutilgan yong‘in kelib chiqish ehtimolini istisno qiluvchi
termoregulyatorlari mavjud bo‘lmaganda yoki ishlamay qolganda foydalanish;
elektr uzatish tarmoqlari va elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa
tutashuvlardan himoya qilish uchun avtomatik saqlagichlar va kalibrlangan
eruvchan himoya o‘rnatmasi o‘rniga qo‘lbola tayyorlangan (sim o‘ramalari,
«qo‘lbola saqlagich» va boshqalarni) vositalarni qo‘llash;
omborxonalar ichidan, shuningdek, yong‘in hamda yong‘in-portlash xavfi
bo‘lgan hududlardan elektr sim va kabellarni tranzit holda hamda havo quvurlari
va quvurlar tarmog‘i orqali olib o‘tish;
yonuvchi materiallar saqlash omborxonalari va bostirmalari, yonuvchan
tomlar ustidan ochiq elektr uzatish liniyalari va tashqi elektr simlarini yotqizish;
arxivlar, muzeylar, galereyalar, kutubxonalar va omborlar binolarida elektr
isitish moslamalaridan foydalanish;
elektr tarmog‘ining yuklamasini ruxsat etilgan meyoridan oshirish;
qurilish-montaj,
ta’mirlash
va
avariyaviy-tiklash
ishlari
amalga
oshirilayotgan joylarni elektr ta’minoti bilan ta’minlash hamda vaqtincha
illyuminatsiya yoritish uchun o‘tkazilgan elektr o‘tkazgichlardan tashqari
vaqtinchalik elektr o‘tkazgichlardan foydalanish va ularni o‘rnatish;
radio va telefon simlaridan elektr tarmoqlari simlari sifatida foydalanish;
taqsimlovchi elektr shchitlari va ishga tushirish boshqaruv jihozlarini ochiq
holatida ishlatish;
turli xil materiallardan (mis va alyuminiydan) tayyorlangan elektr simlari
(kabellari) o‘tkazgichlarni bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash;
bir-birini zahiralovchi elektr zanjirlarini, ishchi va avariya yoritish
zanjirlarini, boshqaruv va ta’minlovchi elektr kabellarini bir lotokda yoki qurilish
331
konstruksiyasining bir yopiq kanalida, bog‘lamida, metall engda, quvurda
o‘tkazish taqiqlanadi.
Ko‘chma elektr yoritkichlar egiluvchan elektr simlardan foydalangan holda
ishlanishi, shisha qalpoqlar bilan jihozlangan hamda saqlovchi himoya setkasi va
osib qo‘yish uchun ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Sofitlarni o‘rnatish vaqtida faqat yonmaydigan materiallar ishlatilishi,
ularning korpuslari ushlab turuvchi trosslardan himoyalangan (izolyasiya qilingan)
bo‘lishi kerak.
Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan
kam bo‘lmagan masofada o‘rnatish lozim.
Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash
moslamalarini soz holatda saqlash kerak.
Momaqaldiroq paytida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
yashin qaytargich vositalarini ta’mirlash;
gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish
mahsulotlarini atmosferaga chiqarish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar
va qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning
quyish-to‘kish ishlarini amalga oshirish.
Temir yo‘llarda quyish-to‘kish ishlari davomida rezervuarlarni, quvurlarni,
estakadalarni va sisternalarni erga ulanmasdan foydalanish taqiqlanadi
Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan
kam bo‘lmagan masofada o‘rnatish lozim.
Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash
moslamalarini soz holatda saqlash kerak.
Momaqaldiroq paytida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
yashin qaytargich vositalarini ta’mirlash;
332
gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish
mahsulotlarini atmosferaga chiqarish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar va
qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning
quyish-to‘kish ishlarini amalga oshirish.
Temir yo‘llarda quyish-to‘kish ishlari davomida rezervuarlarni, quvurlarni,
estakadalarni va sisternalarni erga ulanmasdan foydalanish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |