Qisqa tutashuvning
- ajralib turadigan sabablariga simlarni va tok
о‘tkazuvchi qismlarni erishi kiradi. Bunday simlarni erishi kо‘p hollarda metall
sharsimon erigan kо‘rinishida bо‘ladi.
Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yо‘nalishda olib borilishi kerak:
birinchidan qisqa tutashuvga hosil bо‘lishiga yо‘l quymaslik kerak, ikkinchidan
xavfli toklar ta’sir vaqtini cheklash kerak. Qisqa tutashuvning oldini olish
amallariga elektr qurilmalarining montaj qilish, ularni tо‘g‘ri tanlab, ekspluatatsiya
qilish kiradi. Taqsimlov shitlari, mashinalar, apparatlar, priborlar, sim va kabellar
atrof muhit, tokning qiymati va turi, kuchlanish, yuklanish quvvatiga mos kelishi
kerak.
Qisqa tutashuvning xavfini kamaytirish, yо‘qotish uchun himoya apparatlari
о‘rnatiladi, ular himoya qatlamini alangalanishini, о‘tkazgichlardagi tok
о‘tkazuvchi tolalarini erishini oldini oladi. Buning uchun tezkor ishlaydigan
avtomatlar (о‘chirish vaqti 0,008-0,005 sek) va eruvchi saqlovchilar ishlatiladi.
Kuchlanishni
kamaytirish
uchun
qisqa
tutashuv
paytida
generatorlar
elektrostansiyalarda kuchlanishni avtomat ravishda meyorlar (ARN) vositasi bilan
jihozlanadi.
Yuklanish
deb - shunday xodisaga aytiladiki, unda elektr tarmog‘ida sim va
kabellarning, mashinalar chulg‘amlarida va apparatlarda ishchi (I
ishchi
) tok ruxsat
etilgan (I
ruxs.et
) tokdan uzoq vaqtga kattadir, ya’ni I
ishchi
> I
ruxs.et
.
Ishchi tokning qiymati I
ishchi
tok qabul qiluvchining quvvati va turiga,
tarmoqdagi kuchlanishga bog‘liq va uni xisoblab topiladi yoki asboblarning
kо‘rsatmasiga asosan topiladi. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokning qiymati
о‘tkazuvchining kesim yuzasiga va materialiga, yotqizish uslubiga,
о‘tkazuvchining konstruksiyasiga va atrof muhitning haroratiga bog‘liq. Uzoq
vaqtli ruxsat etilgan tokli yuklama simlarda va har turdagi kabellarda,
yuqoridagilarga asoslanib, PUE
(Pravila ustroystva elektroustanovok -
Uzgosenergonadzor, Tashkent, 2011 g)
ga asosan sim tolalarining xavfsiz qizish
hisobiga (rezinali, natriy, polixlorvinil himoya qatlami +65
0
C; qog‘oz himoya
323
qobig‘ida +80
0
C; himoya qatlamisiz +70
0
C) asoslanib atrof muhit harorati +25
0
C
bо‘lishi kerak.
Yuklanishning asosiy sabablari bо‘lib: ishchi tokga simlar kesim yuzasining
tо‘g‘ri kelmasligi; sim kesim yuzasini hisobga olmasdan kо‘zda tutilmagan tok
qabul-qiluvchilarni bir tarmoqqa parallel ulash; tarmoqdagi kuchlani shning
meyordan pasayishi; atrof muhit haroratining kо‘tarilishi va boshqalar.
Yuklanishning oldini olish: ruxsat etilgan (I
ruxs
) tokni ishchi (I
ish
) tokdan
doimiy katta bо‘lishini ta’minlash, ya’ni I
ishchi
< I
ruxsat etilgan
; о‘tkazuvchilarni
(simlar) kesim yuzasini qizishga asoslanib tо‘g‘ri tanlash; katta quvvatga
mо‘ljallangan iste’molchilarni bir tarmoqqa parallel ulamaslik; elektr simlarini,
mashina va apparatlarni sovushi uchun kerakli sharoitni yaratish, ya’ni PUEning 1-
bobiga asosan ruxsat etilgandan toklaridan ortmasligini ta’minlash; elektr
qurilmalarini yuklamadan zararlanishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar,
avtomat о‘chirgichlar hamda rele va releli magnit ishga tushiruvchilarni qо‘llash.
324
64-rasm
.
Bir necha yuqori quvvatli (mо‘ljallanmagan) elektr
iste’molchilarini bir tarmoqqa parallel ulash natijasidagi ortiqcha yuklanish
Do'stlaringiz bilan baham: |