Шахснинг ривожланиши, тарбияси ва ижтимоийлашуви


«Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi. Ijodkorlik



Download 0,63 Mb.
bet24/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#466299
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
F S Abdullayeva “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish” modulini

«Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi.
Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi, qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir.
Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali kasbiy kompitensiyali kadrlar tayyorlashga bog’liq. Shunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.
Dizayn (ing . design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. D. faoliyati tarkibiga keng iste’mol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va o‘rov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi. D. 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 30- y.larda maxsus faoliyat turi sifatida G‘arbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 80 -y. 2-yarmidan D.ning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (mas, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, i. ch. jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va b. bilimlarga ega bulishi lozim. D. sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy o‘quv yurtlaridatayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos D. bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Psihologiya-pedagogika fanlarining xulosasidan shu narsa ma’lumki, bolalarda ijodkorlik qobiliyatini yoshlik davridanok rivojlantirish zarur. Pedagoglarning fikricha agarda bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish yerta yoshdan boshlanmasa keyinchalik qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ijodkorlikka juda yerta yoshdan bolalarni yo’llash lozim.
Pedagogik tomonidan ham ijodiy qobiliyatni rivojlantirish yo’llari aniqlangan. Umumiy holda ular uchun bolalarni ijodiy
faoliyatiga jalb qilish kerak.
Barchamizga ma’lumki bolalar mehnatining bosh maqsadi bu uqish. Shuning uchun ham o’quvchilar ijodiy qirralarini tarbiyalash uchun uni ijodiy qilish kerak. Afsuski bizning maktablarda o’quvchilarga berilgan bilimlarni tiklashishlari amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga axborotlarni berishdan iborat. Bunda o’qituvchi tayyor bilimlarni va axborotlarni to’g’ridan-to’g’ri o’quvchilarga passiv qabul qiluvchi qurilmalarga uzatuvchi vazifasini bajaradi. O’quvchi keyingi mashg’ulotlarda tayor holdagi bilimlarnigina yaxshi o’zlashtiradi.
Tayyor holatdagi bilim va ko’nikmalarni yegallash va amaliyotda qo’llashga imkoniyat tug’ilmaydi. Bu jarayon o’quvchilar uchun foydali hisoblanadi, ammo ularning fikrlay olish qobiliyati rivojlanmaydi. Mehnat ta’limi predmetida ham bu narsa o’z-o’zidan boshqa fanlar singari olib boriladi.
Maktab o’quvchi shaxsi ijodiy qobiliyatining qirralarini faqat o’quv faoliyati davomida shakllantirish mumkin desak
xato qilgan bo’lamiz. Balkim faqat o’quv mashg’ulotlari davomida o’quvchilar shaxsining ijodiy qobiliyatini shakllantirish mumkin yemas. Bevosita ijodkorlikning aniq turi bo’yicha amaliy faoliyat lozim, ya’ni texnik, badiiy va boshqalar.
O’quvchilarning bolalar texnik ijodkorligi - o’quvchilarning ijodkorlikga jalb qilishning kenga tarqalgan ommaviy shaklidir. Bolalar texnik ijodkorligiga ikkita ham pedagogik ham psihologik nuqtai nazardan qarash mumkin.
Pedagoglar bolalar texnik ijodkorligini nafaqat o’quvchilarni turli xildagi texnika olami bilan tanishtirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantiruvchi faoliyat sifatida qaraydi, balkim ularni mehnatga tarbiyalash va politexnik ta’lim berishning samarali usullaridan biri sifatida qaraydi.
Psihologlar bolalar texnik ijodkorligida o’quvchilarda ijodkorlik qobiliyatining ma’lum turiga bo’lgan kizikish mayillarini shakllantirishga katta ye’tibor qaratadi. Boshqacha aytganda o’quvchilarning ijodiy faoliyatini boshqarishda psihologlar ijodiy qobiliyatini to’g’ri tashxis uslubidan foydalanadi, ya’ni o’quvchilar qanday faoliyat turida va qanday sharoitda yanada o’zini mahsuldor qilib ko’rsata oladi.

  1. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatining ahamiyati.

Pedagogika institutlarida bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo’lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, o’quv jarayonida texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, o’quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo’lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligi bilan umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o’z ichiga oladi. Shuningdek ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks yettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to’larok javob berishi kerak.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi
natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo’naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo’lgan dastlabki me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi. Bunga misol sifatida «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida», «Axborotlashtirish to’g’risida», «Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida», «Aloqa to’g’risida»gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovasiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarini ochib berish.

  1. O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psihologik xususiyatlari.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olga harakatlantiruvchi asosiy omil bo’lib kelgan.
Shunday yekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o’rgatish, uni uz zamonasining yeng ilgor bilimlari bilan kurollantirish barcha davrlarda hamma hollklar uchun yeng dolzarb vazifa hisoblangan.
Talabalarning texnik ijodkorligini tashkil qilishga ikki uzaro bogli- vazifani ye’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi talabalar ijodkorlik fao liyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilimlarni yegallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi - o’zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatida mustaqil qo’llay olishga o’rgatish bilan begilanadi.
Texnik ijodkorlik talabalar yegallayotgan bilimlarning mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, akliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi.
Bu holat, ayniksa bo’lajak mehnat va kasb ta’lim o’qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishida, keyinchalik bu jarayoniga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb yetadi.
Ijodkorlikka bo’lgan yehtiyoj psixofiziologik jihatdan karalganda, uz rivojlanishida bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - yehtiyojining yeng soda shakli bo’lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchi, nisbatan yukorirok rivojlanish bosqichi bo’lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasi ifodalaydi. Uchinchi, yeng murakkab bosqich bo’lgan kizikish xohish va u bilan boglik bo’lgan tushunchalar aso sida yuzaga keladi. Qizikish hayotdagi tashki ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psihologik omillar - dikkat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb yetadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. O’quvchilarning texnik ijodkorligi tushunchasi va mohiyatini asoslab bering.

  1. Bozor munosabatlari sharoiti deganda nimani tushunasiz va unda ijodiy faoliyatining ahamiyatini yoritib bering.

  2. O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz. va psixologik xususiyatlari.

  3. O’quvchilar texnik ijodkorligining psixologik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz.

Glossariy:
Ijod - sifat jixatidan Yangi va bekiyos originalligi va ijtimoiy-tarixiy jixatdan nodirligi bilan uzgacha narsa yaratish faoliyati.
Dizayn - (ing . design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin.
Texnologik - (grek) - i/ch biror sohasida ishlov berish yoki qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar majmui.
Konstruktorlik - tuzilishga oid.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish