Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………………………………………………………….. 45
Glossariy……………………………………………………………………………………………………………………… 47
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………………………………………………… 49
KIRISH
Jamiyat va madaniyatning rivojlanishi bugungi kunda ta’lim va tarbiya ishlarining qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga bog’liq. Bu esa davlat ahamiyatiga ega ijtimoiy qonuniyatdir. Davlatning buyuk kelajagi , albatta , biz yoshlarni chuqur bilimli bo’lib yetishishimiz bilan bog’liqligini unutmagan holda mahoratli pedagoglarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilab olishimiz zarur. Hozirda respublikamizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy kamoloti, intellektual salohiyati va kasbiy fazilatlariga bog’liq. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda o’zining tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z malakasini doimiy va mustaqil ravishda oshirib boradigan, har qanday masalaga ijodiy yondashib, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan bir so’z bilan aytganda kasbiy kompitensiya egasi bo’lish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yilgan
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy - axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini bosqichma - bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish, jumladan o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta’limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o’tish; oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo’shadigan, mehnat bozorida o’z o’rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash malakali kadrlar tayyorlashda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi 1. Shunga ko’ra o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlash uchun ularda davlat ta’lim standartlari talablariga mos bilim, ko’nikma, malaka, ijodiy qobiliyat va shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirish zarur. Bunday vazifalarning maqbul yechimini topishda bo’lajak pedagog kadrlarni kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishni ko’zda tutuvchi ta’lim texnologiyalarini qo’llashga ehtiyoj sezilmoqda. Bu o’z navbatida yosh pedagog kadrlarning kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan davlat ta’lim standartlari, o’quv reja va dasturlarini takomillashtirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |