Bitiruv ishining maqsadi: “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining nazariy asoslari” modulini o’qitish asosida talabalarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish.
Bitiruv ishining ob’ekti: oliy ta’lim muassasalarida Texnologik ta’limi yo’nalishi talabalarining Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining nazariy asoslari modulini o’qitishda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni.
Bitiruv ishining predmeti: “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining nazariy asoslari” modulini o’qitishning mazmuni, shakli, metodi va vositalari.
Bitiruv ishining vazifalari:
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida talabalarga “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining nazariy asoslari” modulini o’qitishning mazmuni va maqsadini aniqlash.
“Texnik konstruktsiyalash va modellashtirsh fanining nazariy asoslari” modulini o’qitishda talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish va uning mazmunini ishlab chiqish.
Bitiruv ishining metodologik asosi: 2017-2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari
va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari. O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabr “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”gi O’RQ-576-son, O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyulda «Innovatsion faoliyat to’g’risida» gi 0’RQ-630-sonli Qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF5847-son, 2020 yil 29 oktyabr “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-6097- sonli Farmonlari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan shu kabi hujjatlar, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasi, maqsad va vazifalarini uyg’unlashtirish, ijtimoiy hayotda, shaxs manfaatlari va ta’limning ustuvorligini tamin lash haqidagi g’oyalar hamda qarashlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |