K I R ISH.
Ishning umumiy tavsifi
Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ydi. Bugun dunyodagi eng rivojlangan,
tobora tarakqiy etib borayotgan qudratli davlatlar bosib o‘tgan yo‘lga, ular
yashayotgan jamiyat negiziga nazar tashlar ekanmiz, qo’lga kiritilgan yutuklarning
barchasi ilm-fan, aql-zakovat va ma’rifat hisobidan bo‘layotganini his etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bilim va
tafakkurni,
ma’rifatni mamlakatimiz tinchligi, taraqqiyoti, farovonligini
ta’minlovchi beqiyos kuch deb bilayotgani ham ana shunday ijobiy tajribalar, olis
va yaqin tariximizdagi murakkab saboqlar natijasidir. Bugun bu yuldagi
islohotlarning ilk nishonalari yurtimiz tanlagan yulning nechog‘li to‘g‘riligini
ko‘rsatib turibdi.
Goho yuksak taraqqiyotni ko‘zlab o‘tkazilayotgan islohotlar davrida bir
qarashda uncha ko‘zga tashlanmay tutgan nuqta zamirida ham juda katta ma’no va
xulosalar jam bo‘ladiki, ularni ilg‘ash, bilish uchun yuksak maqsad yo‘lida bosib
o‘tgan yillarga, harakatlar moxiyatiga nazar tashlash lozim. Ta’bir joiz bo‘lsa,
bunday natijalar xuddi bahor kelayotganidan darak berib, qor bag‘rini yorib
chiqqan
boychechak
kabi,
sizga
juda
katta
quvonch
baxsh
etadi.
Albatta, Milliy dasturning jamiyatimiz rivojiga rostmana ulkan ta’sirini
yaqin kelajak ko‘rsatadi. Negaki, bugun bog‘chada, maktabda, akademik litsey,
kasb-hunar kollejlarida, institut va universitetlarda yangi dastur va reja asosida
tarbiyalanayotgan, tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘layotgan
yoshlarimiz jamiyatimizning barcha bo‘g‘in va tarmoqlariga kirib keladilar.
Ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ancha tadbirlar
amalga oshirildi. Yurtboshimiz O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul
qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida
shunday deydi:
2013-yilda mamlakatimizda 756 ta ta’lim maskani, musiqa va sa’nat
maktablari, bolalar sporti obyektlari qurildi, rekornstruksiya qilindi va kapital
6
ta’mirlandi. Zamononaviy kompyuter sinflari, o‘quv labaratoriyalari, ustaxonalari
tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Ma’lumki, shu yildan e’tiboran mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitish
tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida umumta’lim maktablarining 1-
sinfidan boshlab xorijiy tillarni chuqur o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa albatta,
farzandlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini egallashi, etuk va
malakali kadrlar bo‘lib etishishi uchun yangi imkoniyatlar ochib berishi bilan,
ayniqsa muhimdir.
SHuningdek, Prezidentimiz mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi
ma’ruzasida ta’lim – tarbiya sohasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Yurtboshimiz
quyidagilarga alohida e’tibor qaratdi: O‘tgan yili 28 ta yangi kasb – hunar
qurildi.381 ta umumta’lim maktabi, oliy o‘quv yurtlari tizimidagi 45 ta obyekt,
131 ta kasb – hunar kolleji va litseylar rekonstruksiya qilindi va kapital
ta’mirlandi. Jumladan, 19 fevralda “ Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi
to‘g‘ritsitda” gi qarorida ham ta’lim – tarbiyaga alohida urg‘u berdilar.
Agar insonda ertangi kunga qat’iy ishonch bo‘lmasa, ertangi kunning
rivojini ta’minlab beradigan ilmiy asosdagi rejalar, istiqbolli orzular bo‘lmasa,
uzokni ko‘zlash, manzilga olib boradigan iroda va kuch-salohiyat bo‘lmasa, u biror
ishga chin dildan kirisha olmaydi. SHu ishning, shu ezgu maqsadning ro‘yobga
chiqishi uchun o‘z umri va hayotini, butun borlig‘ini bag‘ishlay olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
«O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» degan g‘oyani o‘rtaga tashladi. Bu har
tomonlama puxta o‘ylangan reja asosida mamlakatni taraqqiy etgan davlatlar
darajasiga olib chiqishga bel bog‘lagan YUrtboshimizning qat’iy so‘zi, anik
maqsadi edi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ana shu buyuk maqsad yulidagi
yana bir ulkan qadam bo‘ldi.
Ushbu dastur yaratilib, amalga oshirila boshlanganiga 6 yil bo‘lmoqda. Olti
yil tarix uchun juda oz muddat, ammo shu yillar ichida yurtimizda ta’limga bo‘lgan
7
munosabat tubdan o‘zgardi. Barchamizning farzand tarbiyasiga bo‘lgan
qarashlarimiz, hayotdagi maqsad-intilishlarimiz ham o‘zgardi. Eng muhimi, bu
boradagi barcha say’-harakatlarimizning natijasi sifatida bolalarimiz sog‘lom va
barkamol bo‘lib voyaga eta boshladi.
Ayniqsa, yangicha ta’lim mezonlari bo‘yicha o‘qigan bitiruvchilarning
kamolini, ularning hayotda o‘z o‘rnini topayotgani, o‘z ishi va hayotidan mamnun
bo‘lib yashayotganini ko‘rib quvonamiz. SHaxar va qishloqlardagi akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining iste’dodi, bilim darajasi ham
hammamizni xursand qiladi.
Ezgu ish hamisha e’tibor topadi. Ezgu g‘oyalar sohibi, hamisha e’zozlanadi.
«Zar qadrini zargar biladi» deydilar. Bugun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
ning ahamiyatini o‘z mamlakati, jamiyati rivojini faqat ta’lim, ilm-fan bilan
ta’minlagan, baxtli, farovon jamiyatga shu yo‘l bilan erishgan qator xorijiy
davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar
rahbarlari ham e’tirof etmoqda.
O‘zbekistonning, uning Prezidenti Islom Karimovning ta’lim - tarbiyaga
ustuvor masala sifatida qarab, yurtimiz yoshlarini, butun jamiyatni doimo o‘qib-
o‘rganish, barcha sohalarni yuksak texnika va texnologiyalar asosida
takomillashtirish, o‘sib kelayotgan avlodni uzluksiz ta’lim tizimi orqali komil
insonlar qilib tarbiyalash, har bir o‘g‘il-qizni zamonaviy akademik litsey va kasb-
hunar kollejlariga to‘la qamrab olish, shu asosda ulardagi intellektual salohiyatni
uyg‘otish borasidagi orzu-maksadlarining yaxlit majmuasi bo‘lgan Kadrlar
tayyorlash milliy modeliga bo‘lgan qiziqish jahon miqyosida yildan-yilga
ortmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, uni yaratish, amalga oshirish
tashabbuskori bo‘lgan Islom Karimovning yurtimizda zamonaviy talablarga tuliq,
javob beradigan yangi ta’lim modelini ishlab chiqishdagi xizmatlarini ham butun
dunyo e’tirof etmoqda.
Mustaqillik xalqimizning har tomonlama bilimli, sog‘lom va barkamol
avlodni voyaga etkazish borasidagi orzularining ruyobga chiqishi uchun imkon
8
yaratdi. Xalqimiz uchun iste’dodsiz bolaning o‘zi yo‘q. Ajdodlari dunyo ilm-faniga
ulkan xissa kushgan bu xalq farzandlarining har biri qaysidir ma’noda iste’dod
sohibi. Tomirimizda buyuk bobolarimiz qoni oqayotgan ekan, ularga xos bo‘lgan
yuksak salohiyat va iste’dod ham ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat orqali, albatta,
yuzaga chiqadi.
Bu g‘oya va qarashlar Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo‘lib, bugungi
kunda bosqichma-bosqich hayotga joriy etib borilyapti. Ishonchimiz komilki,
O‘zbekistonning buyuk kelajagi asoslaridan biri bo‘lgan zamonaviy ta’lim modeli
mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, yurtimizda hech
kimdan kam bo‘lmagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom va barkamol avlodni -
Vatanimiz kelajagining haqiqiy egalarini tarbiyalab voyaga etkazishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |