Shaharsozuk tarixi


m va  fasadlar tomonga 4,5  m



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

m
va 
fasadlar tomonga 4,5 
m
chiqib turadi.
D evor yoqalab saf tortgan uchi yunoncha uslubdagi naqshli 
bezakdor ustunlar, ikki hashamdor sopol manzara (panno) - u markaziy 
sektorga olib kiruvchi eshikni qurshab olgan — qizil granitdan yotiq 
yo‘llar tortilgan travertin sayqalli sifatli pardoz, ayvonchalam ing 
mehrobsimon eshiklari, tabiiy marmar qoplamali poydevorlar, devor 
tagidan yastanib cho‘zilgan maydon va chamanzorlar (loyihada bu 
erda ham faw oralar b o ‘lishi k o ‘zda tutilgandi) butun majmuaga 
manzaradorlik va tantanavor tus berib turadi.
M a’lumki, shaharsozlikning zamonaviy tamoyillari Navoiy shahar 
qurilishida ham o ‘z ifodasini topgan.
Navoiy shahar bosh rejasi. 
1958-yilda qurilishlardan xoli maydonda 
Karmana temir yo‘l stansiyasi va shu nomdagi qishloq o‘rtasida bunyod 
etilgan Navoiy shahri Navoiy viloyatining m a’muriy-xo‘jalik sanoat 
va madaniy markazi hisoblanadi.
116


Navoiy aholisi 2000-yil 1-yanvarida 144 ming nafar odamni tashkil 
etgan, hisob-kitob muddatida 225 mingga etishi kerak. Navoiy shahar 
turar-joy uylari asosan ko‘pqavatli binolardan iborat. Bir qavatli uylar 
14 % ni tashkil etadi, Karmana tumanining shaharga qo‘shib olinganini 
hisobga olinsa, bu raqam 23 % ga etadi.
Shaharda ijtimoiy infratuzilma inshootlari keng quloch yoygan, 
bular: bolalar bog‘chalari, maktablar, liseylar va kollejlar, klublar, 
ikki oliy o'quv yurti va hokazolardir.
Tog‘-kon qayta ishlash, kimyo, elektroenergiya sanoatning yetakchi 
sohalari b o ‘lib, ularda 31,0 ming nafar odam band.
Navoiy shahrining bosh rejasi, ayniqsa uning II bosqichi 0 ‘zbekiston 
Respublikasining ijtim oiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlaridagi tub 
o ‘zgarishlar munosabati bilan ishlab chiqildi.
Bosh rejani ishlab chiqish chog'ida mualliflar (2007-y, « 0 ‘zsha- 
harsozlik», bosh arxitektor B. Abdullaycv) 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimovning shaharlar yodgorlik majmualari bilan 
tanishib chiqish chog‘ida bayon ctgan takliflari asos qilib olindi, 
hususan:
— shaharning Karmana tumanini jadal rivojlantirish;
— arxitektura yodgorliklarini muhofa/a qilish va rivojlantirish;
— Karmana tumanining birinchi navbatdagi qurilishini ko‘chirish;
— asosiy shohroh ko'chalarni Zarafshon daryosi qayiriga olib chiqish;
— Karmana tumanining arxitekturaviy qiyofasini o'zgartirish;
— dam olish shahar zonasi yaratish maqsadida ekologik holatni 
yaxshilash, daryo qayirini obodonlashtirish.
Shahar obodon hududi ikki rejaviy turkumga bolm adi — Navoiy 
reajviy tumani (sanoat zonasi bilan birgalikda) va Karmana rejaviy 
tumani.
Navoiy rejaviy tumani yaxlit hal etilgan, uning rejasiga mikrorayon- 
lashtirish tamoyili asos qilib olingan. Hozirgi vaqtda o ‘n ikkitadan 
ortiq mikrorayon, kasalxona shaharchasi va shahar m a’muriy markazi 
qurilgan. Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i yanada obodonlash- 
tirilmoqda, «Umid» manzilgohi va boshqa mikrorayonlar qurilishi 
davom ettirilmoqda (17, 18 mikrorayonlar).
Shaharda asosan 4 va 5 qavatli seksiya uylar qurilmoqda, uncha 
katta b o ‘lmagan oilalarni joylashtirish uchun 7—9 qavatli galeriya 
tizimidagi uzun uylar ham qad ko‘tarmoqda. Namunaviy turar-joy 
uylari nisbatan kam boMgan har xil qavat va turli uzunlikdagi uylar 
qurilishida fasadlarga pardoz berish, quyoshqaytarg‘ichlar o ‘rnatish
117


va to ‘siq devorlar ko‘tarish ichki yaxlit yagonalikka zaruriy xilma- 
xillik bag‘ishlaydi.
Shahar muhiti o ‘ziga xosUgini shakllantirishda obodonlashtirish, 
ko‘kalamzorlashtirish, landshaft arxitekturasi ham muhim rol o ‘ynaydi. 
Ommaviy turar-joylar qad ko‘targan muhitdagi arxitekturaviy o ‘ziga 
xoslik shahar husnini ochadi, biroq undan berida jam oat markazi 
majmualari «hamohang» bo'lib, shahar kenglik to'qim asiga badiiy 
yaxlithk xususiyatlarini baxsh etadi.
Jam oat markazi shahar asosiy rejaviy tuzilmasiga bo'ysundirilgan 
va shahar bosh kompozision o ‘qi - Xalqlar D o ‘stligi shohroxini 
yuzaga keltirgan arxitekturaviy majmualar va yirik turar-joy mav- 
zelarining cho‘ziq kenglik tizim i sifatida hal etilgan. M arkazda ham, 
turar-joy uylari orasida ham barpo etilgan xiyobonlar, bog‘lar, 
havzalar, faw oralar va madaniyat ham da istirohat markaziy bog‘i- 
dagi 20 ga m aydonga ega su n ’iy k o ‘l m ikroiqlim ni yaxshilash 
maqsadlariga xizmat qiladi.
Sanoat zonasi g‘arbiy va janubiy yo‘nalishda temir yo‘l yoqalab 
rivojlanadi ham da obod hududlardan sanitar-himoya zonasi bilan 
ajratilgan.
Rejalashtirish tariqasi va ijtimoiy sharoitlari bo'yicha Karmana 
tum ani Navoiy tum anidan ancha past, ко‘rsatkichlari bilan farq qiladi. 
Sanoat zonasi tugallanmagan va ajratib qo‘yilniagan: sanoat korxonalari, 
bazalar, omborlar Toshkent ko‘chasi yoqalab turar-joy uylari bilan 
aralash-quralash qilib joylashtirilgan.
Shahar xonadonlari qishloq manzilgohlari bilan qorishib ketgan, 
jam o at m arkazi k o ‘p funksiyalik tuzilm aga ega va uning asosiy 
inshootlari Bobur va Mustaqillik ko‘chalarida guruhlashgan.
1978-yilda Navoiy shahrining ishlab chiqilgan mavjud bosh rejasi 
unda qabul qilingan qoidalaming ko‘pi to ‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi — 
u guruh-guruh qihb joylashtirilgan, shahar hududiy o ‘sishi istiqbolli 
yo‘naUshga ega, qurilishning birinchi navbati arxitekturaviy-kenglikni 
tashkil etishda umumiy tamoyillarga amal qilingan va hokazo qurilish- 
ning birinchi navbati yuqori darajada amalga oshirilganhgi shundan 
guvohlik beradi.
Shu bilan birga mualhflar 0 ‘zbekiston siyosati va iqtisodiyotida 
sodir bo'lgan tub o'zgarishlarni, shuningdek Navoiy va Karmana 
shaharlarining qo‘shilib ketishi haqidagi jiddiy fikrlami hisobga olishlari 
zarur edi.
Mualliflar bu murakkab vazifani hal etishga harakat qilganlar:
118


— qurilishning birinchi navbati loyihada shaharning shimoliy qis- 
mida, yangi Karmana tumanida ko‘rsatilgan, Zarafshon daryosi qayiri 
yoqalab dam olish zonasini tashkil etish va obodonlashtirish bo‘yicha 
dastlabki tadbirlar shunga kiradi;
— Navoiy shahar obod zonasi qurilishining birinchi navbati va ishlab 
chiqarish bazasi tabiiy o ‘sish darajasidagi yanada m o‘'tadil rivojlanish 
pallasiga kirib keladi;
— ilgari ishlab chiqilgan bosh rejadagi hududiy rivojlanish chega- 
ralari saqlab qolinadi, bunda shahar xizmat zonalarining uzluksiz o ‘sish 
imkoniyati ta’minlanadi: sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda — 
obod qismlar, shahar g‘arbiy va janubiy g‘arbiy yo‘nalishlarda — sanoat, 
sharqiy yo‘naIishda umumshahar markazi;
— bosh rejaning rejaviy tuzilishi asosida ikki rejaviy tum an — Navoiy 
(markaziy, uning tarkibiga Navoiy shahrining mavjud qismi va istiqbolli 
sharqiy turar-joy tumanlari kiradi) va Karmana (u shahar Navoiy 
(qishloq) tum ani markazi va unga tutash qishloq manzilgohlaridan 
tashkil topgan) yotadi.
Umumshahar ahamiyatidagi shohroh tizimi rejaviy tumanlami turar- 
joy tumanlariga bo‘lib yuboradi:
— K armana rejaviy tumanida shahar shu qismi aholisining ish 
o ‘rni bilan ta ’minlash uchun jnnubi-sharqiy sanoat tum ani yuzaga 
keltirilgan. Ulgurji bozor va qurilish mollari bozorini joylashtirish 
taklif etiladi;
— rejaviy va turar-joy lum anlarining jam o at m arkazlari u m u ­
m shahar markazi bilan birgalikda yagona nursim on tuzilm a hosil 
qiladi, uni kesib o ‘tadigan maydonlar va k o 'chalar, ko‘kalam zorlar 
ham d a ho v uzlar tizim i yagona k om pozision m ajm ua vujudga 
keltiradi.
— Mualliflar fikricha, bunday hududiy rivojlanish istiqbolda shahar 
aholisi nufusining 350-450 minggacha oshishiga imkon beradi.
Mualliflar yangi shahar markazini taklif qilmoqdalar, unga ko‘ra 
maydonlar, jamoat va turar-joy binolari majmualari vujudga keladi, 
rivojlanishning ochiq tuzilmasiga ega boladi.
Markaz yangi qismi kompozisiyasi asosida endor yo‘nalishda (Amir 
Temur ko‘chasining davomi) va meridial (Torobiy ko'chasi yoqalab) 
yo'nalishida ikki xiyobon bo‘ladi, mazkur ko'chalar kesishgan joyda 
yangi shahar m a’muriy maydoni barpo etilgan. Xiyobonlar yoqalab 

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish