Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


Xorazm viloyati shaharlari klassifikatsiyasi va funksional tiplari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

Xorazm viloyati shaharlari klassifikatsiyasi va funksional tiplari 
Mamlakatimiz aholi manzilgohlari tarixan sug‗oriladigan voha va vodiylarida 
hamda savdo-sotiqqa qulay karvon yo‗llarida shakllangan. Xorazm viloyati 
shaharlarining boy tarixi va madaniyatida gidrografik omil (Amudaryo deltasi) 
hamda hududni kesib o‗tgan temir yo‗l (Chorjo‗y-Toshhovuz-Beynau) katta rol 
o‗ynagan.
Xorazm viloyati shaharlar to‗ri kam rivojlangan va sust urbanizatsiyalashgan 
mintaqalardan biridir. O‗zbekiston geourbanistikasining 32.5 foizini tashkil etgan 
vohada atigi 3 ta shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 ta shaharcha (Gurlan, 
Qo‗shko‗pir, Chalish, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozor) va 51 ta ―yangi‖ 
shahar manzilgohlari mavjud ( 2-ilovaga qarang).
Xorazm xo‗jaligining bazaviy sohalarida intensiv qishloq xo‗jaligi, engil, 
oziq-ovqat sanoati va turizm etakchi o‗rinda turadi. 
Ta‘kidlanganidek, voha aholi manzilgohlari shakllanishini an‘anaviy ravishda 
irrigatsiya shahobchalari, xususan kanal va ariqlar belgilaydi. Irrigatsiya 
shaxobchalarining hudud bo‗ylab elpig‗ichsimon shaklda tarqalishi iqtisodiyot 
tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatgan. Binobarin, 
hudud aholisi asosan Amudaryo quyi oqimining chap sohilida qadimiy obkor 
dehqonchilik mintaqasida joylashgan.Toshsoqa-Polvon, Shovot, G‗azavot hamda 
Daryoliq-Qilichniyozboyarna kanallari, ulardan suv oladigan ko‗plab ariqlar 
bo‗ylab aholi manzilgohlari shakllangan va rivojangan. Shu bois, viloyat 
shaharlarining ixtisoslashuvi bir-biridan deyarli farq qilmaydi; shahar hosil 
qiluvchi omillarning kam rivojlanganligidan ularning soni ham oz. Mintaqa 


103 
shaharlarining rivojlanishida avtomobil va temir yo‗llari ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
1987 yilda, viloyatda 946 ming aholi yashagan bo‗lsa, shaharlarda 278 ming, 
1995 yilda 1195.9 va 296.2 ming kishiga etdi; 01.01.2000 yil holatiga ko‗ra 
vohaning 1323.9 ming aholisidan 314.7 mingi shaharlarda istiqomat qilgan.
Keyingi yillarda viloyat shahar joylari aholisi sekin o‗smoqda; Aholi sonining 
ko‗payishida migratsiya katta o‗rin tutmoqda. Viloyat markazini Urganchni 
hisobga olmaganda, boshqa shaharlar tabiiy ko‗payishiga ko‗ra qishloq 
joylarinikiga yaqin.
Voha shaharlarining tarkibiy tuzilishi yillar davomida o‗zgarib borgan. 
Masalan, 2006 yilda mazkur mintaqada 3 ta shahar va 7 ta shaharcha mavjud 
bo‗lgan bo‗lsa, bugungi kunga kelib ularning soni yana 61 taga ko‗paydi. 
O‗zbekiston Vazirlar Mahkamasining 13 mart 2009 yil 68-sonli qaroriga binoan 
Xorazm viloyatining 51 ta qishloq aholi punktiga shaharcha maqomi berildi.
Xorazm viloyati shahar manzilgohlari qishloq tumanlari bo‗yicha deyarli bir 
xil taqsimlangan. Masalan, agroshaharchalar Gurlan va Xiva tumanlarida 8 tadan, 
Shovot va Yangiariqda 6, Bog‗ot va Qo‗shko‗pirda 5 tadan va h.k. Shu bilan birga 
Hazorasp tumanining atigi 3 ta, Yangibozor tumanining 2 ta qishloq aholi punkti 
bunday maqomga ega bo‗lgan. (-ilovaga qarang). 
Yangi tashkil etilgan shahar manzilgohlarining demografik mayli, uy-joy 
qurilishi, obodonchiligi, iqtisodiy negizi, ko‗p hollarda, oddiy qishloqlardan katta 
farq qilmaydi. 
Viloyatning ikkinchi pog‗onaga kiruvchi shaharlar aholisi 101.7 ming kishi, u 
jami shahar aholisining 17.9 foizini o‗zida mujassamlantiradi (-jadval). Pitnak 
(Drujba) shahri kichik shaharlar bo‗g‗iniga mansub. Honqa shaharchasining 
―yarim o‗rta‖ shaharlar pog‗onasidan joy olishiga mikrogeografik o‗rnining 
qulayligi, viloyat markazi Urganch shahrining ta‘siri sezilib turadi (-ilova). 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish