3-rasm. B.Rodomanning «qutblashgan landshaft» modeli
Hududning ekologik qutblashuvi: a) ob‘ektiv jarayon, b) istalgan
yo‗nalishdagi rekonstruksiya ishlari, v) modelni o‗zgartirish g‗oyalari (Rodoman
2
Перцик Е.Н. География городов (Геоурбанистика).М., 1991,152 -б.
7
bo`yicha). 1-aholi manzilgohlari markazlari va transport tugunlari; 2-boshqa aholi
massivlari (seliteb hudud); 3-qishloq xo‗jalik uerlari; 4-foydalanilayotgan tabiiy
landshaft;
5-foydalanilmayotgan
landshaft. Yo‗llar: A – inson
tomonidan yaratilgan, V - tabiiy.
I.Ilk dehqonchilik davrida aholi
manzilgohi atrofida juda katta
maydonlarda
yovvoyi
tabiat
hukmron bo‗lgan. II. Kichik
sayyorada
shahar
va
tabiiy
landshaftni hamma yarim shar
markazida
polosa
tarzida
joylashtirish mumkin. III. Agar
shahar kvartallari va shahar atrofi
landshaftlari o‗zaro almashsa, turar
joy binolari tabiatga kirib boradi,
shahar kvartallari yo‗l bo‗ylab
joylashadi.
IV.
Hozirgi
kunda
shaharlar qo‗shilib ketib, tabiiy
landshaftlar orollar shaklidagina
saqlanib
qolmoqda.
V.Tabiiy
landshaftlarni
yo‗laklar
orqali
parklar bilan bog‗laymiz. VI
.
Shunday holatda ikki transport
yo‗llari-sun‘iy va tabiiy yo‗llar
kesishadi.
B.Rodoman
shaharlarni
joylashtirishda
―qutblashgan
landshaft‖ modelini yaratadi (1970
y.). Unga ko‗ra aholiga zarur
bo‗lgan ikki qarama-qarshi muhit-
shahar
va
tabiat
orasida
o‗zlashtirilish darajasi har xil
bo‗lgan, turli funksional zonalar: aholi massivlari, agrosanoat majmualari, shahar
atrofi bog‗lari, turistik maskanlar va b. almashinib joylashishi lozim. Shunda tabiat
shahardan oraliq zonalar orqali ajralib turadi va unga keskin zarar yetmaydi (3-
rasm).
Olimlar shaharlarning joylashuvi ma‘lum bir qonuniyatlarga asoslanishini
aniqlab, optimal joylashtirish sxemalarini yaratishga harakat qilganlar. Ammo,
bunday sharoitlarni hamma yerda ham topish qiyin va ular ―ideal‖ shahar
ko‗rinishida aks etgan. Aksariyat hollarda esa, shahar va qishloqlar areal, chiziq va
tugunlar shaklida joylashgan (4-rasm).
8
4-rasm. Aholi manzilgohlari joylashuvining arealli (1), chiziqli (2) va
tugunli (3) shakllari.
Hozirgi
kunda
matematik
modellashtirish,
kompyuter
texnikasi
yordamida ko‗plab turli-tuman shaharlar va ularning qismlarini joylashtirish
sxemalari yaratilmoqda.
Sobiq Ittifoq davrida dastlab shaharlarni geografik o‗rganishga
N.Baranskiy asos soldi. U shaharlarning vujudga kelishida iqtisodiy
geografik o‗rin konsepsiyasini yaratdi.
1960-70-yillarda MDH davlatlarida sanoat ishlab chiqarishining
rivojlanishi asosida shaharlashish jarayoni avj oldi. Uni o‗rganishga bo‗lgan
qiziqish borasida ko‗plab olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. Y.Saushkin,
G.Lappo, E.Persik, K.Listengurt, X.Xorev, P.Polyan va boshqalar ushbu
sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‗shdilar
.
O‗zbekistondagi dastlabki geourbanistik tadqiqotlar XX asrning ikkinchi
yarmiga to‗g‗ri keladi. N.Smirnov tomonidan 1962-yilda ―Farg‗ona vodiysi
shaharlari‖ nomli asarning yaratilishi bu boradagi ilk qadam bo‗ldi.
Z.Akramov, T.Raimov, O.Ota-Mirzaev, A.Soliev, E.Ahmedov, A.Qayumov va
boshqalarning O‗rta Osiyo, xususan, O‗zbekiston shaharlarining rivojlanishiga oid
ilmiy asarlari mamlakatimizda o‗ziga xos urbanologlar ilmiy maktabining
shakllanishiga asos bo‗ldi. Hozirgi kunda respublikamizda o‗nlab mutaxassislar
ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
2.Shaharlar boshqa iqtisodiy geografik ob‘yektlarga qaraganda o‗zining
yaxlit, darhol ko‗zga tashlanib turishi bilan farqlanadi. Buning sababi - ularning
ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni hududda, geografik kartada o‗ziga
xos tasvirlashdir.
Ma‘lumki, iqtisodiy kartalarda asosan uch hududiy shakl ko‗rsatiladi:
chiziqlar yo‗llarga mos kelsa, areal yoki maydonlar-qishloq xo‗jalik sohalariga,
nuqta va tugunlar (tugunchalar) esa sanoat markazlari, shaharlarni aks ettiradi.
Binobarin, aytish mumkinki, iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy
tadqiqot ob‘yekti ana shu uchlik, hududiy yoki geografik geometriya
hisoblanadi va ularni tahlil etish bu fanning tub masalasidir.
Shaharlar geografiyasining iqtisodiy va sotsial geografiya
fani
doirasidagi bunday yutug‗ining boisi nima? Avvalambor, ta‘kidlash lozimki,
shaharlar xududiy birlikdir, ikkinchidan, ular murakkab sotsial-iqtisodiy
kategoriya; uchinchidan, shaharlarda atrof - muhit, mazkur hududning ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyati, misli oynada aksini topgandek, yaxlit mujassamlanadi;
to‗rtinchidan, shaharlar har bir davlat, hudud, iqtisodiy va sotsial geografik
tizimning tayanch nuqtalari, «ustunlari» bo‗lib xizmat kiladi. Shaharlar –
bizning o‗tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va istiqbolda rivojlanish quvvati
va imkoniyatimizdir.
Global va mahalliy omillarning o‘zaro aloqasi natijasida turli urbanistik
o‘zgarishlar kelib chiqadi.Shaharlarda 3 xil global o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, ular:
1.
Mahalliy, mintaqaviy, milliy va global miqyosda urbanistic tizimlarning
o‘zgarishi.
2.
Urbanizatsiyaning tarqalishi.
9
3.
Urbanistik hududlarda ijtimoiy-hududiy o‘zgarishlar.
Bulardan har biri bir-biriga bog‘liq jarayonlar va ularning oqibatlari bir-biriga
ta‘sir etadi. Shaharlar geografiyasida ushbu jarayonlarni tadqiq etish uchun
urbanistik tahlillar amalga oshiriladi. Urbanistik tahlil shaharlarni kompleks va
ko‘p qatlamli tarzda tushunishga imkon beradi. U quyidagilar orqali amalga
oshiriladi:
Yerdan foydalanish va zichlikni tasvirlash;
Tahliliy ma‘lumotlarni yig‘ish uslublari;
Geografik ma‘lumot tizimlari;
jurnal-kutubxona manbalari.
Barqaror rivojlanishni amalga oshirishga imkon beruvchi turli jarayonlarni
tahlil qilish orqali konseptua l ishlanmalarni taqdim etadi.Tahlil turlari:
Urbanistik tarkibiy tahlil turlari – urbanistik makon vositalari, qurilish
shakli tipologiyasi, transport va infratuzilma, atrof-muhit vositalari, sotsial-
iqtisodiy va madaniy xususiyatlar:
umumiy tahlil;
hududiy tahlil;
sotsial-hududiy tahlil (M.Pacione, 2009, 32-b.).
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, shaharlar geografiyasi
shaharlar to‗ri va tizimlarining shakllanish, joylashish va rivojlanish qonuniyatlarini
o‗rganadi. Shu bois, shaharlar geografiyasi tarix, matematika, ekologiya, rayon
planirovkasi, shaharsozlik, sotsiologiya, iqtisodiyot, tabiiy geografiya fanlari
bilan
aloqador,
sanoat
geografiyasi,
transport
geografiyasi,
hamda,
geodemografiya, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalari geografiyasi kabi iqtisodiy
geografiyaning tarmoqlari bilan uzviy bog‗liq. Uni o‗rganishda geografik
taqqoslash, kartografiya, tarixiy, statistik, matematik modellashtirish,
balans va boshqa usullardan keng foydalaniladi.
Davlatlar va iqtis odi y rayonlarni o‗ rganis hda, o‗lkashunoslikda bu
hududlarning umumiy ta‘rifidan shaharlarga o‗tiladi, ya‗ni shaharlar
mamlakatlar ichki tuzilishi, xo‗jalik tarkibi va hududiy tafovutlarni bilib
olishda tahlil qilinadi. Demak, bunday an‘anaviy yo‗nalishda shaharlar o‗lka,
hudud iqtisodiy ta‗rifining poyonida, yakuniy bug‗inidan o‗rin olgan. Biroq,
bu masalani aksincha, muqobil ravishda ham hal etish imkoniyati bor:
shaharlarning jamiyat hayoti va uning sotsial - iqtisodiy tuzilmasini aniq va
asosiy hududiy shakli ekanligidan kelib chiqqan holda mamlakat tavsifini,
uning shaharlaridan boshlash mumkin.
Shaharlar geografiyasi shaharlar va shaharchalar joylashuvi, taqsimoti, ular
orasidagi va ichidagi mavjud bo‘lgan ijtimoiy-joylashuv o‘xshashliklari va farqini
tushuntirishga harakat qiladi. Agar barcha shaharlarda muayyan o‘xshashlik
bo‘lmaganda, ularni o‘rganish qiyinchiliklarni keltirib chiqargan bo‗lar edi. Har bir
shahar o‘ziga xos bo‘lib, urbanistik joylashuv va kelib chiqish darajasiga ko‘ra
turli tabiatni namoyish etadi. Barcha shaharlar joylashuv (rezidensial) hudud,
transport yo‗llari, iqtisodiy faollik, xizmat ko‘rsatish infrastrukturasi, tijorat hududi
va ijtimoiy binolaridan tashkil topgan. Dunyoning turli mintaqalarida urbanistik
10
evolyutsiya bir xil yo‘nalishda borgan. Rivojlangan mamlakatlar, sobiq
kommunistik va uchinchi dunyo mamlakatlari shaharlari ichidagi sodir bo‘layotgan
urbanistik hodisalar tabiatiga suburbanizatsiya, jentrifikatsiya
3
, ijtimoiy-hududiy
ajralish kabi jarayonlar ta‘sir etadi. Shaharlar shuningdek, noadekvat joylashuv,
iqtisodiy pasayish, qashshoqlik, sog‘liq va kasallik, ijtimoiy qutbiylik, transport
tiqilinchlari va ekologik ifloslanish kabi turli darajadagi muammolarni aks ettiradi.
Qisqacha qilib aytganda, urbanistic joylashuvda turli xususiyatlar va
munosabatlarni ko‘rsih mumkin. Bu kabi xususiyatlar va munosabatlar shaharlar
geografiyasini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi (M.Pacione, 2009, 3-b.)
Shaharlar geografiyasini o‗rganishda istiqbolda quyidagilarni nazarda tutmoq
lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |