94
ishlovchi
oziq-ovqat, paxta tozalash, to‗qimachilik kabi engil sanoat korxonalari
faoliyat ko‗rsatmoqda; hududda yirik ishlab chiqarish markazlari yoki qutblari,
mukammal hududiy majmualar juda kam.
Surxondaryoda 2016 yil ma‘lumotlariga ko‗ra 8 ta shahar va 114 ta
shaharchalar qayd etilgan. Viloyatga bo‗ysunuvchi shaharlar Termiz va Denov.
Tumanga bo‗ysunuvchi shaharlar esa 6 ta (Boysun, Jarqo‗rg‗on, Qumqo‗rg‗on,
Sho‗rchi, Sharg‗un, Sherobod).Ularda 861,1 ming kishi yoki jami aholining 35,7
foizi yashaydi (taqqoslash uchun, 2008 yilda urbanizatsiya darajasi Surxondaryoda
19,1 % bo‗lgan). Bu jihatdan u mamlakatimizda faqat Xorazm viloyatidan oldinda
turadi, xolos. (respublika shahar aholisining atigi 5.3 foizi).
Viloyat shahar manzilgohlarining hududiy tarkibiga e‘tibor bersak, eng ko‗p
shaharlar soni Denov va Qumqo‗rg‗on tumanlariga to‗g‗ri keladi. Mazkur
tumanlarda viloyatdagi shaharlarning qariyb ¼ qismi joylashgan. 2009 yildagi
urbanistik o‗zgarishlardan so‗ng mintaqa shaharchalari soni yana 107 taga
ko‗paydi
(respublika
yangi
shaharchalarining
10,7
%).
Bunday
agroshaharchalarning eng ko‗pi Oltinsoyda (14 ta), Denov va Angorda (11 tadan),
Qumqo‗rg‗on va Muzrabotda (10 tadan) kuzatiladi (2-ilova). Ayni vaqtda ularning
eng kam miqdori Bandixon tumaniga to‗g‗ri kelib, bu yerda birgina tuman markazi
- Bandixon shaharcha maqomini olgan, xolos. Biroq, yirik qishloq aholi
punktlariga shaharcha maqomini berilishi, mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga unchalik
ta‘sir ko‗rsatmadi.
Buning boisi, mazkur shaharchalarning kelgusi taraqqiyotida
ko‗proq aholi soni asos qilib olindi va ularning aksariyati shaharcha mezonlariga
unchalik javob bermaydi.
Shaharlarning ma‘lum hududda vujudga kelishida bevosita shu joyning
geografik o‗rni, tabiiy-iqlimiy sharoiti va albatta, iqtisodiy imkoniyatlariga
(transport, foydali qazilmalar, aholi va mehnat resurslarining to‗planishi, ishlab
chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari va boshqalar) bog‗liq.
Mintaqa shaharlar to‗ri va tarkibining shakllanishida muhim o‗rinni tabiiy
sharoit va resurslar, shuningdek transport kommunikatsiyalari egallaydi.
Surxondaryo shahar aholi manzilgohlarining zichligi, hududiy urbanistik tarkibiga
ko‗ra boshqa mintaqalardan ancha farq qiladi. Hudud aholi manzilgohlari
joylashuvini markazdan shimoli-sharq tomonga yo‗nalgan transport yo‗llari
(Termiz-Denov yo‗nalishi) hamda daryo vodiylari (Surxondaryo, Sheroboddaryo)
belgilab beradi. Mintaqa shaharlar to‗rida yangi o‗zlashtirilgan Surxon-Sherobod
massivi yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Dastlab Surxondaryo hududida bir necha asrlik tarixga ega Termiz,
Chag‗aniyon va Dalvarzintepa shaharlari shakllangan bo‗lsa, keyinchalik (1916 y.)
Kogon-Termiz, sobiq Ittifoq davrida Termiz-Dushanbe, Termiz-Qo‗rg‗ontepa-
Yovon temir yo‗llarining qurilishi natijasida (Denov, Jarqo‗rg‗on, Sho‗rchi)
―yangi‖ sanoat shaharlari paydo bo‗ldi. Resurs shaharlar Sharg‗un, Boysun,
Jarqo‗rg‗on,
Sariosiyo, Kokaydi, Elbayon foydali qazilmalar negizida,
Qumqo‗rg‗on, Sherobod, Sariq, Angor qo‗riq yerlarni o‗zlashtirish asosida bunyod
etilgan.
95
Mintaqa urbanizatsiyasi, demografik nuqtai nazardan qaraganda, asosan
kichik va o‗rta, qishloq tuman markazlari va agrosanoat korxonalariga ega bo‗lgan
shaharlar hisobiga rivojlanib bormoqda.
O‗zbekistonda o‗tkazilgan aholi ro‗yxati-1939 yil ma‘lumotlari bo‗yicha,
shahar aholisi 57.4 ming kishi bo‗lgan holda, 1959 yilga kelib bu ko‗rsatkich 132,3
ming kishiga teng bo‗ldi yoki o‗tgan 20 yil mobaynida shahar aholisi 2.3 barobar
o‗sdi. Yuqoridagi ma‘lumotlarning tahlilidan ko‗rinib turibdiki, dastlabki yillarda
viloyat shahar aholisi ancha sekin o‗sib borgan. Sobiq Ittifoq davrida viloyat
hududidagi turli ma‘dan konlari va yangi yerlarni o‗zlashtirish,
irrigatsiya
shaxobchalarini barpo etilishi natijasida shaharlarning yangi tizimi vujudga keldi.
Xususan, 1970-1979 yillarda esa viloyatda tuman markazlari, agroindustrial
shaharlar paydo bo‗la boshlagan (Qumqo‗rg‗on, Jarqo‗rg‗on, Sherobod. Sharg‗un,
Boysun, Sho‗rchi va h.k.).
1970-79 yillardagi viloyat shahar aholisini o‗sishiga tuman markazlarida
ko‗plab engil sanoat korxonalarning ishga tushirilishi ham sabab bo‗lgan. Ayni
paytda, aksariyat qishloq tumanlari ushbu vazifani bajaradi. Masalan, Jarqo‗rg‗on,
Angor, Qiziriq, Muzrobod va Sherobod tumanlarining har birida paxta tozalash
zavodlari mavjud. Chunonchi, paxta tozalash zavodlari Jarqo‗rg‗onda (1969),
Surxonda (1970), Angorda (1971), Muzrabodda (1971), Sherobodda (1974) va
Qiziriqda (1978) barpo etildi. Ana shu davrda mintaqa shahar aholisi 1.3 baravarga
o‗sgan. Ushbu holatni etmishinchi yillarda mamlakatimizdagi ayrim yirik
qishloqlar va SHTPlarning shaharlarga aylantirilishi, ya‘ni
soxta urbanizatsiya
bilan izohlash mumkin.
Mustaqillik yillarida (1992 y.) viloyat shaharlar geografiyasida katta
o‗zgarishlar yuz berdi. Hudud shaharlar to‗ri birdaniga 5 ta (Angor, Do‗stlik, Sariq,
Hurriyat va Elbayon)ga kengaydi va bu mintaqada zamonaviy transport-stansiya,
raz‘ezd hamda boshqa kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi va yangi
yerlarni o‗zlashtirilishi bilan izohlanadi.
Ta‘kidlanganidek, mintaqa urbanistik tarkibi ham iqtisodiyotning tarmoqlar
va hududiy tarkibiga mos holda rivojlangan. Termizda 137 ming aholi bor,
ikkinchi shahar Denovda 81 mingdan ziyodroq. Tuman markazlari Sherobod,
Boysun, Jarqo‗rg‗on, Sho‗rchining har birida 20-30 ming kishidan aholi yashaydi.
Qolgan yuzdan ortiq shahar joylar kichik va mayda sinflarga mansub (12-jadval).
12-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: