88
chiqarish kuchlarining rivojlanishi va turlanishi,
xususan sanoat, transport va
turizm egallagan. Binobarin, mustaqillik yillarida Buxoro neftni qayta ishlash
zavodi, Gaz uzatish kompressor stansiyasi, ―KNAUF gips-Buxoro‖ qo‗shma
7-rasm.Buxoro viloyati aholisi sonining o„sishi
korxonasi, G‗ijduvon temir-beton va Gazli neft qazib chiqarish kabi
korxonalarni barpo etilishi viloyatning bugungi iqtisodiy geografiyasini aks
ettiradi.
Buxoroi Sharif Zarafshon daryosining quyi oqimida aholi qadimdan (o‗troq
dehqonchilik va ko‗chmanchi chorvachilik oralig‗ida)
zich joylashgan manzilda
atrof joylar uchun markaz sifatida shakllandi (er.IYasr). Shahar hududidan o‗z
davri uchun ahamiyatli bo‗lgan ―Buyuk Ipak yo‗li‖ning o‗tishi ko‗hna madaniyat,
ilm-fan, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga zamin yaratdi.
Buxoroning keyingi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti va sanoatlashuviga XIX asr
oxirlarida Kaspiyorti temir yo‗li, 1907 yilda shahardan Kogonga o‗tkazilgan temir
yo‗l qulaylik yaratdi va uni shahar atrofi bilan bog‗ladi. Uning hissasiga
viloyatdagi jami shaharliklarning 40.3 foizi to‗g‗ri keladi. Zamonaviy Buxoro
ixtisoslashuvi va ishlab chiqarish salohiyatiga ko‗ra ko‗p funksiyali -engil sanoat,
zardo‗zlik, to‗qimachilik, zargarlik va xalqaro turizm shahri sanaladi. Viloyat
markazining og‗ir ―yuki‖ vazifasi -ma‘muriy-boshqaruv funksiyasini ham alohida
ta‘kidlash zarur.
2015 yil yakunlari bo‗yicha, Buxoro shahri mintaqada ishlab chiqarilgan
sanoat mahsulotining 13.4 foizini, iqtisodiy rayon doirasida esa 2.9 foizi,
Kogon
shahri 7.4 foizini etkazib bergan.
Buxoroga juda yaqin joylashgan
Kogon
shahrining viloyat iqtisodiyotidagi
o‗rni, eng avvalo, temir yo‗l darvozasi va sanoat markazi ekanligi bilan
baholanadi. O‗zbekistonni Janubiy va Janubi-g‗arbiy Osiyo mamlakatlari bilan
bog‗lovchi muhim temir yo‗llar mazkur transport tuguni orqali o‗tadi. Mustaqillik
yillarida ishga tushgan Tajan–Seraxs–Mashhad temir yo‗li
shaharning transport
funksiyasini yana bir karra oshirdi. Kogondagi yog‗-moy, paxta tozalash, ohak
89
zavodlari va vagon ta‘mirlash korxonalari hozirda mintaqa sanoat mahsulotining
5.3 foizini ta‘minlaydi.
Buxoro vohasining shimolida qad rostlagan
G„ijduvon
o‗ziga xos markaz
funksiyasini bajaradi.Uning ta‘sir radiusi yondosh Vobkent,
Shofirkon va hatto
Qiziltepa shaharlariga ham sezilib turadi. Sababi, G‗ijduvon bozorining shahar
hosil qiluvchi vazifasi uning chor atrofiga xizmat qiladi.
Buxoro shahrining shimoli-g‗arb tomonida joylashgan Gazli shahrining
shakllanishi (1977 y.) tabiiy gaz zahiralarining topilishi bilan bog‗liq.
Yaqin kelajakda shahar hosil qiluvchi tarmoq
sifatida mintaqaning yoqilg‗i
sanoati xizmat qiladi. Xususan, Buxoroning janubi-g‗arbidagi (Qandim va
Shimoliy Shodi) konlar negizida yiliga 2 milliard 200 million kub metr hajmida
gaz qazib olish va Qandim gazni qayta ishlash majmuasini barpo etish ishlari
boshlangan. 2018 yilda Qumli konida
kompressor stansiyasini qurish, Uchqirda
gazdan propan-butan olish va gazni tozalash asosida oltingugurt ishlab chiqarish
bo‗yicha loyihalar yakuniga etkaziladi. 2019-2021 yillarda sanoatni innovatsion-
industrial asosda rivojlantirish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi
tubdan rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi ko‗zda tutilgan. Buning
natijasida mintaqaning neft-gaz energiya ishlab chiqarish
sikli mukammallashadi,
shaharlarning faolligi va harakatchanligi ortadi, yangi o‗sish qutb va markazlari
shakllanishi kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: