86
Viloyat orografiyasining o‗ziga xosligi, cho‗l va voha shaharlarining
shakllanishida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shu bois, Qizilqum cho‗llaridan iborat
tekislik
qismida shaharlar siyrak, shimoli-sharq va sharqidagi balandlik va
tog‗liklardan iborat Buxoro-Qorako‗l vohasida aglomeratsiya va uning ―yo‗ldosh‖
shaharlari shakllanmoqda. G‗ijduvon-Olot yo‗nalishidagi hududning ―tarixiy
geografik o‗qi‖da rayon iqtisodiyotining negizi Olot, Qorako‗l, Jondor, Buxoro,
Galaosiyo, Vobkent, G‗ijduvon shaharlari mujassamlangan. Kogon, Vobkent,
Jondor, Qorovulbozor, Galaosiyo va boshqa ko‗plab shaharchalar shakllanayotgan
Buxoro aglomeratsiyasining yo‗ldoshlari sanaladi.
Viloyat shaharlar geografiyasining o‗ziga xos jihati mayda shaharlarning
ko‗pligi, kichik-kichik holda tarqoq joylashuvi va ―resurs‖
markazlarning
mavjudligi bilan belgilanadi. Ayni holat tabiiy va ijtimoiy omillar, shahar hosil
qiluvchi tarmoqlarning kam rivojlanganligi bilan izohlanadi.
Shaharshunos olim A.Mavlonov mintaqa shaharlari shakllanishini uch
bosqichga, ya‘ni
Chor Rossiyasi, sho‗rolar va mustaqillik davriga bo‗lib
o‗rgangan. Viloyat shaharlarining ayrimlari juda qadimiy bo‗lsa (Buxoro, Kogon,
Galaosiyo), ba‘zilari mustaqillik yillarida shakllangan (Shofirkon). 1865-1917
yillarda hudud shaharlari soni unchalik ko‗p bo‗lmagan. Sobiq sho‗rolar davrida
Olot, G‗ijduvon, Vobkent, Qorako‗l, Qorovulbozor, Gazli, Romitan aholi punktlari
shahar maqomini olgan (-karta).
Viloyat shaharlari vujudga kelish tarixi, katta-kichikligi va bajaradigan
funksiyasiga ko‗ra o‗ziga xos xususiyatga ega. 1959 yilgi aholi ro‗yxatida atigi 5 ta
shahar manzilgohi (3 ta shahar 2 ta shahar posyolkasi) ro‗yxatga olingan bo‗lsa,
1970 yilda 12 ta (3 va 9 ta) qayd etildi. 2009 yildagi urbanistik o‗zgarishlar tufayli
bu yerda 60 ta qishloqlar shaharcha maqomini oldi, natijada, umumiy urbanizatsiya
darajasi 29.2 foizdan 38,8 foizga ortdi.
Ammo shunga qaramasdan hudud, past
urbanizatsiyalashgan viloyatlardan biri bo‗lib qolmoqda.
―Resurs‖ shaharlar-Gazli, Zafarobod va Qorovulbozor tor ixtisoslashuv
xususiyatiga ega. Mazkur shaharlar viloyatning uch burchagida tarqoq tarzda tabiiy
boyliklar xususan yoqilg‗i-energetika zahiralari negizida paydo bo‗lgan. Gazli va
Qorovulbozorning shakllanishida yoqilg‗i xom ashyosi ahamiyatli bo‗lsa,
Zafarobod taraqqiyotiga rangli metal konlarini o‗zlashtirish asos bo‗lgan.
Binobarin, Qorovulbozor shahrining qulay geografik o‗rni va mavjud infratuzilma
tizimi hamda tog‗-kon va arzon xom ashyo manbalariga yaqinligi o‗sish qutbini
tashkil etish uchun asos bo‗ldi (Soliev A., YAnchuk S., 2005).
87
Tuman markazlari yoki agroindustrial ixtisoslashuv
viloyat shaharlari
funksional tipologiyasida ustunlik qiladi. Qolgan shaharchalarning aksariyati
―agroshaharcha‖ funksiyasini bajaradi. Ma‘lumotlar tahliliga ko‗ra yangi
shaharchalarning eng ko‗pi Qorako‗l (Bandboshi, Yangiqal‘a, Solur, Sayyod va b.)
va G‗ijduvon (Abadi, Yuqori Rostgo‗y, Quli Jabbor, Jovgari va b.) ya‘ni
vohalarda, sug‗orma
dehqonchilik rivojlangan, aholisi zich hududlarda tashkil
topgan (-rasm). Romiton va Peshkuda 3 tadan, Vobkentda esa 2 tadan shaharcha
shakllangan. Bunday o‗zgarishlar viloyat shaharlar piramidasini yanada
Do'stlaringiz bilan baham: