Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad – talabalarda “Shahar muhandislik tarmoqlari” fani nazariy asoslari haqida bilim berish bilan birga shahar muhandislik tarmoqlarini loyihalash va qurish usullari haqida bilim byerish va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga shahar muhandislik tarmoqlarini mavjud me’yoriy xujjatlar asosida loyihalash va qurish, xududni iqlim sharoitini hamda shahar ko‘chalarining planirovkasini e’tiborga olgan holda, yer osti kommunikasiyalarini shahar ko‘chalariga joylashtirish, shahar ko‘chalarida muhandislik tarmoqlarini loyihalashning uziga xos xususiyatlari haqida bilim berish va malakalarini shakillantirishdan iboratdir.
“Shahar muhandislik tarmoqlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- Shahar muhandislik tarmoqlarini loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilishda mamalakat iqtisodiyotini o‘sishidagi ahamiyati, shaharlardagi mavjud muhandislik tarmoqlarining xozirgi kundagi holati va rivojlanishi, yer osti muhandislik tarmoqlarining turlari, shahar ko‘chalarida muhandislik tarmoqlarini loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlarini, iqlim faktorlari va yer osti suvlarining joylashishini, tarmoqlarning umumiy transheyada joylashuvi, kollektorlarni loyihalashni, shahar ko‘chalarida yer osti muhandislik tarmoqlarini qurishni va ularni korroziyadan saqlash haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- Shahar muhandislik tarmoqlarini loyihalashda tabiiy iqlim sharoitlarini o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish, shahar ko‘chalarini ko‘ndalang profilini holatini aniqlash, yer osti muhandislik tarmoqlarini loyihalash me’yoriy talablari, loyiha yechimlari, yer osti muhandislik tarmoqlarini umumiy transheyaga joylashishi, kollektorning qo‘llanilishi, shahar yer osti muhandislik tarmoqlarini qurish, foydalaniladigan mashina va mexanizmlar va shahar muhandislik tarmoqlarini korroziyadan saqlash haqida bilishi va ulardan foydalanishi;
- “Shahar muhandislik tarmoqlari” fanini o‘rganish jarayonida –talabalar shahar yo‘llari va ko‘chalariga muhandislik tarmoqlarini loyihalashni, axoli yashash mavzelari, shahar planirovkasi, shahar ko‘chalarini ko‘ndalang kesimlari va shahar avtomobil transportini qo‘yadigan talabalarini xisobga olib, eng qulay va qurish vaqtida xavfsiz xarakatni ta’minlaydigan loyiha qarorlarini qabul qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga oid malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |