58
Mana bu matnni esa kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga
mo‘ljallangan «Analitik kimyo» darsligidan diqqatingizga havola
etamiz. Yuqoridagi algebra faniga
xos darslik nutqi ixcham va
aniq yozilgani, fikrni asoslashi va, ayni paytda, nisbatan sodda
yozilgani bilan ajralib turadi. Bu galgi matnda esa, jiddiy ilmiy
uslub, ilmni amaliyot bilan bog‘lash va bayon tarzida fikrni
ifodalash sezilib turadi. Ikkala matnning ilmiy tomoni
hozirgi kun
fan taraqqiyoti bosqichidan kelib chiqqan holda soha atamalariga
boy:
«Uchinchi gruppa kationlarining o‘rta turlari: xloridlar,
nitratlar, atsetatlar va fosfatlar suvda erimaydi, lekin
kislotalarda
eriydi. Aluminiy, xrom va temir (III) atsetatlarning eritmalari
qizdirilganda gidrolizlanadi; bunda tuzlarning cho‘kmasi hosil
bo‘ladi.
Uchinchi gruppa kationlarining ko‘pchiligi rangliligi bilan
birinchi va ikkinchi gruppa kationlaridan farq qiladi. Uchinchi
gruppa kationlarini cho‘ktiruvchi gruppa reagenti ammiak eritmasi
ishtirokida ammoniy sulfid (NH4)2Sdir. Bu kationlarning sulfidlari
birinchi va ikkinchi kationlardan farq qilib, suvda erimaydi,
lekin suyultirilgan kuchli kislotalarda eriydi». (M.Mirkomilova.
Analitik kimyo. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun. – T.:
«O‘zbekiston», 2005).
Ko‘rinadiki, ilmiy-nazariy nutq qoidalar, ta’riflar, masalaning
mohiyati, bayoni, jismning belgi-xususiyatlarini
quruq qayd
qilishdan iborat bo‘lib, unda his-tuyg‘ular, obrazlilik ifodalanmaydi.
Bunday nutq mo‘ljallangan auditoriya ham, o‘quvchilar ham ilm
ahli bo‘lgani uchun har qanday ortiqcha tafsilot keraksiz bo‘lib
qoladi.
Ilmiy nutqning boshqa bir ko‘rinishi – ilmiy-ommabop nutq
keng omma uchun mo‘ljallanadi va
shuni nazarda tutib hamma
uchun tushunarli, sodda umumxalq tilida yoziladi va o‘qiladi,
atamalar cheklangan bo‘ladi, tasviriylik, ta’sirchanlikka e’tibor
59
beriladi. Agar ilmiy-nazariy nutq adabiy til me’yorlariga qat’iy
rioya qilsa, ilmiy-ommabop nutqda so‘zlashuvga xos til vositalari
ham qatnashishi mumkin. Masalan:
Madomiki, farzandning irsiyati ota-onanikidan o‘zgacha
bo‘lmas ekan, mijozi ham
ulardan farq qilmaydi, faqat turli
darajada omuxta bo‘ladi: kimgadir otadan,
kimgadir onadan
ko‘proq o‘tadi yoki ikkovidan barobar meros qoladi. Natijada bir
odam ikkita mijozli bo‘lishi mumkin; masalan, yarim xafaqon va
yarim serjahl yoki yarim xafaqon va yarim sovuqqon va hokazo.
Bir necha avloddan so‘ng bir odamda to‘rtala mijozning xislatlari
mujassam bo‘lishi mumkin, baribir qaysidir bir mijoz ustunlik
qilib turadi. Er-u xotin bir xil mijozli bo‘lmagani ma’qul, chunki
mijozning salbiy tomoni farzandda zo‘rayib ketadi: o‘ta xafaqon,
o‘ta serjahl, o‘ta yengiltak, o‘ta beg‘am va tepsa tebranmas
bo‘lishi mumkin. (Qudrat Do‘stmuhammad. Mijoz va taqdir;
ilmiy-ommabop risola).
Do'stlaringiz bilan baham: