Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet28/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

12-j a d v a l


Baktyeriyalariing suv manbalarida yashash muddatlari

Baktyeriyalar

Vodoprovod suvida

Daryo suvida

Ko’lmak
suvda

Ichak tayoqchasi Ich tyerlama baktyeriyasi Dizentyeriya mikrobi Vabo vibriopi Leptosfyera Tulyaremiya mikrobi Brucellyoz tayoqchasi

2—262 kun 2—93 —«— 15—26—«— 4—28 —«— «
92 kungacha 2—85kun

21—183 kun 4—183—«— 19—92—«— 0,5—92—«— 150kungacha 7—31 kun

15—107kun
1-92—«
7—75—«— 12—60—«— 4—122



Agar sil kasalliklari kasalxonasidan chiqqan oqova suvlar zararsiz holatga keltirilmay suv havzalariga tashlansa, bunday suvdan foydalangan kishilar sil kasalligi bilan og’rishlari mumkin. Biofabrika, jun tozalash va qayta ishlash korxonalarining chiqindi suvlari zararsizlantirilmay suv havzalariga oqizilsa, kuydirgi kasalligi tarqalishi hech gap emas.
Suv havzalarida turli infekciyalarning paydo bo’lishiga ko’pincha odamlarning o’zi sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, to’la-to’kis davolanmagan, mikrob tashib yuruvchi kishilar ham tashqi muhitni doim zararlab yuradilar. Ular suvni, tuproqni, ular orqali esa ekin mahsulotlarini ifloslantiradilar. Mikroorganizmlar esa tashqi muhitda uzoq vaqtgacha yashash qobiliyatini yo’qotmaydi.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan mikroorganizmlarning suvda ancha ko’p yashay olishi ko’rinib turibdi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, ilgarilari suv orqali tarqalgan yuqumli kasalliklardan juda ko’p odamlar qirilib ketgan. YAqin 20—30 yil ichida ham turli epidemiyalar tarqalgani guvohimiz. Masalan, 1972 yilda Meksikada ich tyerlama bilan 10 000 ga yaqin kishi og’ridi, shu davrning o’zida ichburug’ kasalidan 15 000 kishi halok bo’ldi. Qizig’i shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroblar tashqi muhit omillari ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartirmoqda.
O.V. Baroyanning fikricha, patogen mikroblar o’rnini shartli patogen mikroblar, hatto saprofit baktyeriyalar egallab, kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarga aylanmoqda.
Darhaqiqat, suvning ifloslanishidai tarqaladigan kasalliklar juda xavfli. Ayniqsa, ilgari vaqtlarda ichimlik suvlarga yaxshi
e’tibor byerilmaslik oqibatida bunday holatlar tez-tez kuzatilib turilar edi. Jumladan, 1908—1909 yillarda Neva daryosiga shahar kanalizaciya suvi zararsizlantirilmay oqizilishi tufayli vabo kasalidan bir necha ming kishi halok bo’lgan.
1963 yili O’zbekiston va Rossiyaning bir qancha viloyatlarida vaboga o’xshab ketadigan kasallik tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishiga El’tor vibrioni sabab bo’lgan. Bu vibrion ochiq havzalaridam topildi. U tashqi muhit ta’siriga o’ta chidamli epidemiya xavfini tug’diruvchi mikrob hisoblanadi.
Ichburug’, qorin tifi, paratif kabi kasalliklar ham juda ko’p martalab tarqalgan. Suv orqali yana bir qancha kasalliklar tarqalishi mumkin. Masalan, Vasil’ev-Veyl kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz va boshqa kasalliklar suvda kalamush, sichqon va suv hayvonlari ko’payishidan pay do bo’ladi. Bunday suvlarni iste’mol qilishni to’xtatish epidemiyaning oldini oladi.
O’zbekiston respublikasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar analiz qilinganda shunday xulosa kelib chiqadiki, ichak infekciyasi tarqalishiga 70% hollarda hovuz, ariq va kanal suvlarini ichish sabab bo’lar ekan. 8—13% kasallik hodisasi kanal va ariq suvlarida cho’milish oqibatida, kasallikning 5,8—8% i ifloslangan quduq suvini ichish natijasida paydo bo’lar ekan. Bunday holatlar goho vodoprovod suvini ichish natijasida ham paydo bo’lishi mumkin. Bunga vodoprovod trubalarining chirishi, yorilishi, unga chiqindi suvlarning tushishi va boshqalar sabab bo’ladi.
Keyingi vaqtlarda me’da-ichak kasalliklari bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Jumladan, «Izvestiya» gazetasining 1989 yilda chiqqan sonida xabar qilinishicha, Sochi shahar sanepidstanciyasi tomonidan bir hafta ichida 300 ga yahin me’da-ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar ro’yxatga olingan. Bunga sabab qora dengiz suvi tarkibidagi mikroorganizmlar soni normaga nisbatan 15—20 marotaba oshib ketganligidir. Natijada dengizda cho’milishga chek qo’yilgan.
Zarafshon daryosi suvi mikroblar makoniga aylanyapti. Bunga sabab kanalizaciya va oqova suvlar va axlatlarni zararsiz holatga keltirmasdan daryo suviga oqizilishidir. SHunga o’xshash holatlarni Volga, Dnepr va boshqa daryolarda ham kuzatish mumkin.
Horijiy mamlakatlarda, ayniqsa Afrika davlatlari, Hindiston yarim orolidagi aholining ahvoli ancha achinarli. 55 mln aholiga ega bo’lgan Filippin davlatining 47% aholisi 1980 yilgacha toza ichimlik suv bilan ta’minlanmagan, 1984 yilga kelib shahar aholisining 80% i, qishloq aholisining 55,5% i toza suv bilan ta’minlandi. Gaiti davlatida 1984 yilda hammasi bo’lib shahar aholisining 54% i, qishloq aholisining 25% i vodoprovod suvi bilan ta’minlangan. YAman Arab respublikasida qishloq aholisining 22% igana toza suv bilan ta’minlangan. SHu sababli aholining
suvga muhtojligi tobora ortib bormoqda. Suvning ifloslanishi bolalar o’rtasida diareya kasalliganing keng tarqalishiga sabab bo’lgan. 5 yoshgacha bo’lgan bolalarning 30—40 foizi shu kasallikdan nobud bo’ldi. Maktab o’quvchilari orasida shistosomoz kasalligi keng tarqalgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butundunyo tibbiyot uyushmasi aholini toza suv bilan ta’minlash programmasiga asosan muhtoj davlatlarga juda katta mablag’ ajratib, yordam byermoqda. Brrlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qoshida aholini toza suv bilan ta’minlash 10 yillik (1981—1990) programmasi tuzildi. SHu programmaga asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga bu borada moddiy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan.
Suv orqali tulyaremiya kasalligi ham tarqalishi mumkin. Tulyaremiya kasalligani qo’zg’atuvchi mikrob (V.tulyeransis) suv namunalarida ko’p vaqtgacha ajralib turadi. Bu mikrobni ham suvdagi qoramtir kalamush, sichqonlar tarqatadi. Bunday suvda tasodifan cho’milish kasallikka sabab bo’ladi.
Suv orqali polaomielit entyeroviruslari, sariq kasalligi, kok-saki, ESNO va boshqa kasalliklar tarqalishi kuzatilgan. Ba’zi infekciyalar suv havzalarida hatto 200 kungacha yashash qobiliyatini saqlab qoladi. SHuning uchun ham suvni dezinfekciya qilganda viruslar faollish 99% ga tushganda kasallik kelib chiqishining oldini olish mumkin.
Xullas, suv orqali juda ko’p yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Toza ichimlik suvlarini zararli oqova suvlardan, chiqindilardan himoya qilish suv orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini byeradi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish