Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


SUV MANBAL ARI VA UNING SANITARIYA HOLATI



Download 3,24 Mb.
bet25/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SUV MANBAL ARI VA UNING SANITARIYA HOLATI
Yer kurrasida suvlarning joylashishi turlicha. Yer osti suvlarining o’zi kamida uch xil chuqurlikda joylashgan, ulardan tashqari, yer ustida joylashgan yuza suv havzalari mavjud.
Fan-texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda shahar, qishloq va posyolka aholisi uchun yer osti va yuza suvlardan keng miqyosda foy-
dalanilmoqda. Qanday suv manbai bo’lmasin, suvga bo’lgan gigienik talab quyidagacha: xoh tabiiy suv bo’lsin, xoh turli usullar bilan tozalangan suv bo’lsin, iste’mol qilinganda hech qanday yuqumli kasallik keltirib chiqarmasin. Ular zaharli va radioaktiv moddalar bilan zararlanmagan bo’lishi, mazasi, hidi, rangi o’zgarmasliga kerak. Kimyoviy tarkibi ham o’zgarmagan bo’lishi zarur.
Yer osti suvlari. Yer osti suvlari asosan yer ustki suvlari, yog’ingarchilik oqibatida pay do bo’lgan suvlarning yer ostki qavatiga sizib o’tishidan hosil bo’ladi. U yerning pastki, chuqur, suv o’tma qavatida to’planib, yer osti suv havzalarini paydo qiladi. Yer osti suvining tarkibi tog’ jinslarining tuzilishiga juda bog’liq.
Yer osti tog’ jinslari suv o’tkazuvchi va suv o’tkazmaydgan jinslarga tafovut qilinadi. Suv o’tkazuvchi jinslarga qum, qumsimon jinslar, shag’al, ohaktoshlar va darz ketgan ma’danlar kiradi. Suv o’tkazmaydigan jinslar jipslashgan qattiq granit, qum qavati, ohaktoshlar yoki loy qavatidan iborat. Suv o’tkazuvchi va o’tkazmaydigan jinslar ko’pincha qavat-qavat joylashgan bo’lib, ular orasida suv harakati mavjud. Yer osti suvlari turli chuqurlikda joylashadi. Ular 1,5 metrdan 16 km gacha etishi mumkin. Yer osti suvlari yana bosimli va bosimsiz bo’ladi. Bosimli yer osti suvlari anchagana chuqurlikda joylashadi.
Respublikamizda yer osti suvidan juda keng foydalaniladi. Sobiq SSSR territoriyasida uning hajmi 23,4 million km . Hozir ko’pchilik shahar aholisi yer osti suvlaridan foydalanadi. Masalan, Minsk, Kiev, Tyumen’, Vitebek, Toshkent shaharlari aholisining 50% i yer osti suvlari bilan ta’minlangan. Kelajakda yer osti suvlaridan keng ko’lamda foydalanish ko’zda tutilmoqda. O’lkamiz yer osti suvlariga juda boy, Moskva, Dnepropetrovsk, Doneck, G’arbiy Sibir, Turkmaniston va Qozog’istondagi yer osti suvlari shular jumlasidan.
Horijiy mamlakatlarda ham yer osti suvlaridan keng ko’lamda foydalanadilar. Masalan, YAponiyada yiliga 75,5 mlrd tonna suv kishilar ehtiyoji uchun sarflanadi, undan 13 mlrd tonnaga yaqini yer osti suviga to’g’ri keladi.
O’zbekiston territoriyasidagi yer osti suvlarining ko’pchiligi tarkibi jihatidan GOST talabiga javob byeradi.
Grunt suvlar. Yer ostining eng yuqori, suv o’tkazmas qavatida joylashgan suvlar grunt suvlar deyiladi. Bu asosan fil’trlanish oqibatida paydo bo’ladi, bunday suv havzalarining bosimi bo’lmaydi. Yer relyefi pastqam bo’lgan joylarda yer osti suvlari yer yuziga buloq bo’lib otilib chiqishi mumkin. Buloq va chashmalar tepaliklar, tog’larning yon bag’rida, pastqam yerlarda ko’p uchraydi. Bunday chashmalar yuqoriga ko’tariluvchi chashmalar deyiladi. Ko’tariluvchi chashmalar sanitariya nuqtai nazaridan anchagina xavfli hisoblanadi.


3 - r a s m. Yerosti suvlarining joylashishi.
1 — suv o’tkazuvchi qavat; 2 — suv o’tkazmaydigan qavat; a — yuza yer osti suvi; b — yer osti grunt suvlari.



Grunt suvlar quduqlar yordamida ham olinadi, grunt suvlar miqdori yog’ingarchilik miqdoriga qarab o’zgarib turishi mumkin. Grunt suvlar odatda 1,5—2 metr, goho 3—10 metr chuqurlikda joylashadi. Ularning tarkibida tuz bo’lishi mumkin. Grunt suvlar tarkibi ko’p jihatdan o’sha joyning sanitariya holatiga bog’liq.
YUqorida joylashgan yer osti suvlari. Ba’zan ular grunt suvlar yuqorisida joylashadi. YUqori yer osti suvlari suvga bardosh byeradigan yoki suvni kam o’tkazadigan qavatda joylashadi. Bunday suvlarning to’planishi doimiy bo’lmay, ular asosan yog’ingarchilikka bog’liq. YUqori yer osti suvlari yer yuzasiga yahin bo’lgani uchun ular tez-tez mikroorganizmlar, tuzlar, zaharli ximikatlar, minyeral o’g’itlar bilan ifloslanib turadi. Bunday suvlar ichishga tavsiya qilinmaydi. Faqat zararsiz holatga keltirib, so’ngra ichish mumkin.
Artezian suvlar. XII asrda Franciyaning Artezia viloyatida yer osti suvlaridan foydalanishgan. SHuning uchun ham bunday suvlar shu viloyat nomi bilan ataladi. Artezian suvlar chuqur yer osti qatlamlarida to’planadigan yuqori bosimli suvdir. Artezian suvlar suvga chidamli birinchi, ikkinchi yoki ko’p qavatli jinslarning tagiga joylashgan bo’lib, qatlamlar orasida yotadi.
Suv tashuvchi qavatlar ifloslanishdan znchagina himoyalangan bo’ladi. Artezian suv havzalari juda chuqurlikda joylashadi. Ular fil’trlanib, so’ngra yer yuzasiga chiqadi yoki chiqariladi.
Bosimli suvlar gravitacion kuchlar va atmosfera bosimi ta’sirida suvning elastiklik xususiyati sdbabli harakatga keladi. Suv o’tkazmaydigan jismlar oralig’ida qisilib yotgan suv doimo bosim ostida yotadi, quduq kovlanishi bilan bosimli suv yer yuzasiga otilib chiqadi, ba’zi holatlarda yer tagidan o’zi otilib chiqishi ham mumkin. Ba’zan ular bosim ta’sirida bosimsiz suv qatlamlariga ko’tarilishi ham mumkin. Har bir suv qavatining o’z oziqlanish
zonasi, bosim chegarasi va bo’shashish zonalari bor. Ayniqsa bo’shashish zonalaridagi suvlar yer yuzasiga daryolar yoki ko’llar tagidan yo’l topib chiqadi.
Qatlamlararo joylashgan bosimli yoki bosimsiz suvlar quduqlar kovlash yo’li bilan olinadi. Artezian suvlarning sifati uning qay darajada va qaysi masofada oziqlanishiga bog’liq. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi ko’p jihatdan kimyoviy reakciyalarga, suv sizib o’tadigan jinslarning fizik xususiyatlariga bog’liq.
Hozir yer osti suvlari tarkibida 70 ga yaqin kimyoviy element topilgan. Ftor, mis, rux, temir, fosfor, kal’ciy, magniy, xrom, qo’rg’oshin va boshqalar shular jumlasidan. Ularning suvdagi miqdorlari bir-biriga sira o’xshamaydi, albatta. Ba’zilar mikrogrammlar miqdorida topilsa, ba’zilari bir necha o’n mg lab topiladi.
Aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda suvdagi ftor, temir, kal’ciy, magniy miqdorining etarli bo’lishi katta ahamiyatta egadir.
Qatlamlararo yer osti suvlarining o’ziga xos tomoni shundaki, ularda erigan oksigen bo’lmaydi, ammo mikrobiologik jarayonlar suv tarkibini shakllantirishda katta ahamiyatta ega.
Qatlamlararo yer osti suvlarining oziqlanish maydoni qancha keng va uzoq bo’lsa, u shuncha toza va tarkibi doimii bo’ladi. Suv tarkibining doimiy bo’lishi sanitariya jihatdan katta ahamiyatga ega.
Yer osti suvlariga tabiiy omillardan tashhari, ba’zan sun’iy omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, suv qatlamlaridan noracional foydalanish, suvdan namuna olish, yer osti suv havzasiga boshqa suv manbalaridan suvning sizib o’tishi, yer qavati butunligining buzilishi va boshqalar suv tarkibini o’zgartirib yuborishn mumkin.
Yer osti suvlarining ifloslanishiga sanoat korxonalaridan chiqadigan iflos suvlar ham ta’sir ko’rsatadi. Bulardan tashqari, foydalanilmay yotgan quduqlar, daryo suvlarining sizilishidan ham yer osti suvlari ifloslanishi mumkin.
Suvning ifloslanishi suv tashuvchi qavatdagi jinslarning strukturasiga ham bog’liq. Masalan, suvning harakati juda mayda zarrachali (qum) jinslarda yuz byersa, zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uning tezligi turlicha bo’ladi.
Olimlarning fikriga qaraganda, suvning harakat tezligi sut-kasiga bir necha 10 sm dan 1—3 metrgacha bo’lishi mumkin ekan. Agar tog’ jinslari orasida yoriq bo’lsa, suv harakati bir necha 10 metrga etishi mumkin. Umuman olganda suvning fil’trlanishi suv tarkibidagi zarrachalar, mikroblarning ushlanib qolishiga yordam byeradi.
Darz ketgan jinslarda esa fil’trlanish bo’lmaydi, suv jins yoriqlari, bo’shliqlari orqali oqib o’tadi. SHuning uchun ham darz ketgan jinslardan o’tadigan yer osti suvlarini tozalash zarur. Ko’pincha, qatlamlararo yer osti suvlari ichnmlik suv hisoblanib

  1. ,r a s m. Artezian quduq.

1 — suv o’tkazmaydigan qatlam; 2 — suv tashuvchi qatlam; 3,4,5 — bir-biriga kiydiriladigan naysimon ustunchalar; 6 — naylar orasidagi bo’shliqni byerkitadigan cement qavat; 7 — qattiqlovchi qoplama; 8 — fil’tr usti nayi;9 — fil’trningishchi qismi; 10 — tindirgich; 11 — qopqoq.

  1. rasm. Artezian suv havzalari A—B — atmosfera suvlarining fil’trlanish doirasi;

B—V — suv tashib yuruvchi bosimli qavatning
tarqalish doirasi; V—G — bo’shashish doirasi; S —
o’zi oqib chiqadigan buloqlar. N — o’zi oqib
chiqmaydigan suv havzasi. 1 — yuqori va pastki suv
o’tkazmaydigan qavat (loy qavat). 2 — suv tashuvchi
avat; 3 — chashma; 4 — suv sathi; 5 — suv

manbalari.









ishlanmasdan iste’mol qilinavyeradi. CHunki uning sifati, kimyoviy va baktyeriologik tarkibi doimiy va davlat standarti talabiga javob byeradi. Yer osti suvlarining bir-biridan kamchiligi ularni markazlashgan vodoprovod tarmoqlariga ulab bo’lmasligidadir.
Artezian quduqlardan foydalanish davrida suvni yer yuzasiga ko’tarish uchun o’rnatilgan uskunalar suvni so’rishi natijasida quduq atrofida bosimi kam zona paydo bo’ladi. Bosimning kamayish darajasi suv ko’targich uskunalarning quvvatiga, suvning hajmiga, suv tashuvchi qavatlarning bosim darajasiga va boshqalarga bog’liq. Suv tortuvchi asboblar ishlatilishi natijasida depressiya chuqurligi deb nomlanadigan chuqurlik hosil bo’ladi. Bu chuqurlik maydoni o’sha joydagn gidrogeologik sharoitni o’zgartirib yuboradi. Natijada o’sha joyning sanitariya holati buziladi. CHunki hosil bo’lgan chuqurlikka yuqorida va pastda joylashgan qo’shni yer osti havzalaridan suv oqib kela boshlaydi, goho darz ketgan jinslardan oqadigan suvlarni yuqoriga tortishi mumkin. Oqibatda ishlatilayotgan artezian quduq suvlari baktyeriologik va kimyoviy tarkibi jihatdan o’zgarib, kishilar sog’ligiga putur etkazishi mumkin.
Umuman olganda qatlamlararo yer osti suvlaridan foydalanish daryolar oqadigan vodiylarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Sababi shundaki, daryo sohillariga suv chiqarish quduqlari o’rnatish birmuncha qulay. U yerda suv zapasi ancha doimiy bo’ladi. CHunki daryo suvlari doimo yerga sizilib, suv manbalarini to’ldirib turadi.
Yer osti suvlaridan tobora ko’proq foydalanilayotganligi yer osti suv zapaslarini ko’paytirishni talab qiladi. Buning uchun murakkab bo’lmagan uskunalar yordamida sun’iy suv inshootlari qurilib, yer osti havzalarida suv
to’plashga imkon yaratildi.
Yer osti suv manbalarini sun’iy ravishda to’lg’izish ko’zda tutilsa, u holda yuza suv havzalariga sanitariya-himoya zonasi tashkil qilinadi. So’ngra suv tindiriladi va fil’trlanadi. Aholiga tarqatishdan oldin uni albatta zararsiz holatga keltirish zarur. Infil’traciya (sizish) hovuzlariga tushadigan suv jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Sizish hovuzlaridan loy- qumli suv tashuvchi qatlamlargacha bo’lgan masofa 50 metr, yirik qumli yoki shag’al toshli qatlamlar uchun 100—200 metr bo’lishi kerak.
Ma’lumki, kichik territoriyalarda katta sanoat korxonalarining paydo bo’lishi, odamlar sonining ortib borishi, transport vositalarining ko’payishi, ko’p qavatli binolarning qad ko’tarishi suvga bo’lgan talabni talaygina oshirdi. Ammo yer osti suvlarining miqdori aholining suvga bo’lgan ehtiyojini to’la-to’kis qondirmaydi. Demak, bu ehtiyojni qondirish uchun ochiq suv manbalaridan foydalanishga zarurat tug’ilib qoladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish