Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


XO’JALIK SUYUQ CHIQINDI-AXLATLAR KANALIZACIYASI



Download 3,24 Mb.
bet86/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

XO’JALIK SUYUQ CHIQINDI-AXLATLAR KANALIZACIYASI
Uy-joylardan xo’jalik suyuq chiqindi-axlatlarni olib chiqib ketish, ularni tozalash inshootlariga oqizish — turli inshootlarni, qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bu esa o’z navbatida talay muammolarni hal qilish imkonini byeradi.

  1. Kanalizaciya shohobchalari bilan ta’minlangan uy-joylarning sanitariya holati tubdan o’zgaradi.

  2. CHiqindi suyuq axlatlar turar joylarni bulg’atmay, hech qanday qiyinchiliksiz trubalar yordamida tozalash inshootlariga uzatiladi.

  3. Bunday chiqindi suvlar ochiq suv havzalariga oqizilishidan oldin turli usullar bilan tozalanadi va zararsizlantiriladi. Oqibatda suv havzalarining sanitariya holati anchagina yaxshilanadi.

Kanalizaciya inshootlari tarkibiga: a) xonadonlarda, jamoa idoralarida
chiqindi suvlarni quyish uchun mo’ljallangan kanalizaciya asbob- uskunalari, chig’anoq (rakovina), unitaz va boshqalar hamda kanalizaciya tarmoqlari; b) ko’cha kanalizaciya tarmoqlari; v) kollektorlar; g) kanalizaciya tarmoqlariga o’rnatilgan uskunalar; d) chiqindi suvni haydash uchun mo’ljallangan nasosli stanciyalar; e) chiqindi iflos suvlarni zararsizlantirish inshootlari; yo) tozalangan, zararsizlantirilgan chiqindi suvlarni suv havzalariga oqizish moslamalari kiradi.
Ba’zi hollarda yuqorida zikr qilingan inshootlarning ayrimlari bo’lmasligi ham mumkin, jumladan yer relyefi qiya bo’lsa, nasos stanciyalarini hojati yo’q (yoki tozalash inshootlarining tarkibi, qurilishi turlicha bo’lishi mumkin va hokazo. Ammo, kanalizaciya inshootlari qaysi turda qurilmasin talab bitta), ya’ni chiqindi suvlar tozalanmog’i va zararsizlantirilmog’i kerak.
Hozirda loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan turar joy binolaridan suyuq va qattiq chiqindi axlatlarni olib chiqib ketish uchun yangi moslamalar, asbob-uskunalar o’rnatilayotgani uy xonalarining chiroyini yanada ochmoqda. Odatda, xonaning asbob-uskunalari haqida gap borganda, unitaz, yuvinish uchun o’rnatilgan barcha uskunalar, oshxonaga o’rnatilgan (rakovina) idishlarni yuvishga mo’ljallangan chig’anoq va cho’milish uchun o’rnatilgan vanna ko’zda tutiladi. Jamoat hojatxonalarida pissuarlar ham o’rnatiladi. Bular chiqindilarni oqizish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu asbob-uskunalar sanitariya fayanslaridan tayyorlanadi. Bunday fayanslar mustahkam, yuzasi yaltiroq va silliq bo’ladi. Oshxona va vannalarga o’rnatiladigan asbob-uskunalar oq rangdagi emal’ bilan qoplangan metallardan tayyorlanadi. Keyingi yillar da bu maqsadlarda plastmassalardan ham foydalanilmoqda.
Uy xonalariga o’rnatiladigan asbob-uskunalarning pastki qismida suv to’xtalib o’tadigan tambalari bo’lib, ular ishlatilishi bilan suv almashinishi ta’minlanadi.
Bunday tambalar kanalizaciya shohobchalarida hosil bo’ladigan qo’lansa hidlarning xonalarga tarqalishidan asraydi.
Jamoat hojatxonalarida pissuar va unitazlarning avtomatik holda toza yuvilishi gigiena talablariga javob byeradi. Hojatxonaga o’rnatilgan unitazlarni yuvish uchun suv baklari o’rnatiladi. Keyingi yillarda suv baklari unitazning ustki qismiga pastroq qilib o’rnatilmoqda. Bu baklarning hajmi anchagina katta bo’lib, yuvish
quvuri ham kengroq ishlangan. CHig’anoqni yuvish trubasi to’g’ridan- to’g’ri vodoprovod sistemasiga ulanadi. Bunda ham o’tirish chig’anoqlari toza yuviladi, baklar uchun sarflanadigan xarajatlar iqtisod qilinadi. Bunday moslamalarni ishlatish ancha qulay.
CHiqindi suvlarni oqizib ketadigan trubalarga teshiklar qilinib, ularga qopqoq buraladi, suv oqizish naylariga biror narsa tiqilib qolgudek bo’lsa, ularni tozalash shu buralgan qopqoqlar orqali amalga oshiriladi.
Kanalizaciya tarmoqlari. Bu tarmoqlar barcha turar joy binolariga,
jamoat muassasalariga va shuningdek ko’chalarga o’rnashtirilgan trubalardan iboratdir. Bu trubalar yordamida chiqindi iflos suvlar tozalash inshootlariga oqiziladi. Kanalizaciya tarmoqlariga bo’lgan umumiy sanitariya talabi shuki, ularni bir-birlariga qattiqroq biriktirish, butunligini saqlash, tuproq va turar joylarni ifloslanishdan yoki kanalizaciya trubalariga biror narsa tiqilib qolishidan asrash va boshqalar. Kanalizaciya trubalarida suyuq chiqindi axlatlargana harakatlanadi, shuning uchun ham ba’zan kanalizaciyaga paxta, latta, qog’oz, po’choq kabi narsalarning tiqilib qolishi suv o’tmay qolishiga sabab bo’ladi. SHu sababli, kanalizaciya trubalarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish uchun 30—50— 100 metr masofada yerning relyefiga qarab nazorat qilib turish quduqlari o’rnatiladi. Bu quduqlar yordamida trubalar yuqorida aytganmmizdek vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladi. Kanalizaciya trubalarining bir-biridan farqi ularning qanday matyerialdan tayyorlanganida va ularning tuzilishida bo’ladi.
Xonadonlardan yig’ilgan chiqindi suvlar trubasi umumiy suvlarni yig’ish trubasiga, so’ngra uylarning qavatlarini bog’lovchi yo’g’on tik trubalarga ulanadi. Uyning eng pastki qavatining tagiga o’rnatilgan kattaroq diametrli trubalar yordamida chiqindi suvlar nazorat qilinuvchi quduqqa tushiriladi. Qavatlararo o’rnatilgan tik trubaning uchki qismi tomning yuqori qismiga, tashqarisiga chiqariladi. Bu truba kanalizaciya trubalarida hosil bo’ladigan qo’lansa hidlarni tashqariga olib chiqib ketadi. Agar uy binolari ko’chaning qizil chizig’i deb ataluvchi chiziqqa yaqin bo’lsa, chiqindi suvlar to’g’ridan-to’g’ri nazorat qudug’iga oqizilavyeradi. Nazorat qudug’i orqali bu chiqindi suvlar shoh ko’chalar kanalizaciya shoxobchalariga qo’shiladi. SHox ko’chalarga o’rnatilgan kanalizaciya shoxobchalari yo’l o’qi bo’yicha joylashtirilib, ular o’z navbatida kollektorlarga ulanadi. Nohiya kanalizaciya kollektorlari shahar bosh kollektorlariga birlashib, oxir pirovardida chiqindi suvlarni kollektorlar yordamida tozalash inshootlariga oqiziladi. Xullas chiqindi suvlar shunday usul bilan shahar chekkasiga chiqaziladi.
Xonadonlardagi chiqindi suvlar uchun cho’yan trubalar ishlati-ladi. Kanalizaciya trubalarini qulay o’rnatish kerak bo’ladi, shunday qilinganda ularni kerak bo’lganda nazorat qilish, ishdan chiqsa tuzatish mumkin bo’ladi. SHuning uchun ularni devor tashqarisiga o’rnatiladi. Bu maqsadda ko’pincha ichki tomoni silliqlangan, kyera-
mikadan tayyorlangan trubalar ishlatiladi. Kanalizaciya trubalari qiya qilib o’rnatiladi. Unda chiqindi suvlarning oqish tezligi sekundiga 70 sm ga teng bo’ladi. Trubalarda chiqindi suvlarning oqishi shu tezlikda bo’lsa trubalar o’z-o’zidan tozalanadi, ularning devorlarida quyqumlar hosil bo’lishi oldi olinadi. Kanalizaciya trubalarida hech qachon suyuqlik to’lib oqmaydi. Trubalarda suyuq chiqindilarning to’lib oqmasligi tarmoqlarda kuchli bosim bo’lishining oldini oladi va qo’shimcha chiqindi suvlarni vaqt- bevaqt qabul qilish imkonini yaratadi hamda trubalarda havo oqimining bemalol bo’lishini ta’minlaydi.
Nazorat quduqlari har 50—100 metr masofada binolardan chiqadigan kanalizaciya trubalari ulangan joylarda o’rnatiladi. Quduqning tag tomoniga yarimoysimon tarnov o’rnatiladi, bu tarnov orqali quduq tubidan chiqindi suvlar oqib o’tadi. SHuning uchun ham chiqindi suvlarni oqizib keladigan trubaning og’zi va suyuqlikni olib chiqib ketadigan trubaning teshigi tarnovga to’g’ri kelishi kerak. Tarnovni yuqori joylashtirish mumkin emas, aks holda suv yig’ilib, cho’kma hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Xo’jalik chiqindi suvlarining harorati yuqoriroq bo’lgani uchun kanalizaciya tarmoqlari sovuq iqlimli nohiyalarda 1,5—1,7 metr chuqurlikda yotqiziladi. O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli territoriyalarda 550 mm li quvurlar eng kamida 50 sm chuqurlikda yotqiziladi, kichik diametrli trubalar — 30 sm chuqurlikda, ya’ni yerning muzlash qavatidan pastroqda, eng uzog’i bilan yer yuzasidan 70 sm chuqurlikda yotqiziladi.
Sanitariya nuqtai nazaridan kanalizaciya tarmoqlari vodoprovod trubalaridan pastda yotqizilishi kerak. SHunday qilinganda kanalizaciya trubalari tasodifan yorilib ketganda vodoprovod suvlari zararlanishining oldi olinadi. Kanalizaciya trubalari vodoprovod trubalari bilan 1,5—3 metr oraliq masofada joylashtiriladi.
Kanalizaciya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini loyiha-lashda yer yuzasi relyefini hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda chiqindi suvlarning o’z holicha oqishini ta’minlaydigan qiya relyef bo’lsa kanalizaciya trubalari yer yuzasiga tozalash inshootlari oldi-dan chiqariladi, boshqa vaqtda chiqindi suvlarni haydash uchun maxsus nasoslar qurilishi kerak bo’ladi. Nasoslar yordamida chiqindi suvlar o’zi oqib ketishi mumkin bo’lgan joygacha oqiziladi. Ammo chiqindi suvlar nasos yordamida oqizilganda trubalarda ma’lum darajada bosim hosil bo’ladi. SHuning uchun kanalizaciya trubalarining bir-biriga ulangan joyi mustahkam bo’lishi, chiqindi suvlar sizib o’tmaydigan qilib o’rnatilishi kerak. Nasos stanciya­lari qurishda nasos oldiga qo’pol chiqindilarni ushlab qolish uchun simli to’r taroqlar o’rnatiladi. Nasos stanciyalari odatda aholiga halal byermasligi uchun turar joy binolaridan uzoqroqda quriladi. Nasos stanciyalari oldiga chiqindi suvlarni qabul qilish uchun temir-beton moslama — suv yig’iladigan hovuz quriladi. Nasos stanciyalari qurilgan joylar obodonlashtirilib, daraxtzorlarga aylantiriladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish