Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet82/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

ASSENIZACIYA SHUDGORLARI
Assenizaciya shudgorlari uchun quruq tuproqli, havo yaxshi almashinadigan, suvni yaxshi o’tkazadigan, bahavo yerlar tanlanadi. Jumladan, qumli, qum-tuproqli, qora tuproqli xududlarni assenizaciya shudgorlari uchun tanlash yaramaydi. Assenizaciya shudgorlarini issiq iqlimli regionlarda tashkil qilish yaxshi natija byeradi. O’rta Osiyo respublikalarida, Kavkaz, Moldaviya, Ukraina va Qozog’istonning janubiy rayonlarida najas — suyuq axlatlarni zararsizlantirishni keng rivojlantirish mumkin.
Assenizaciya shudgorlari og’ir tuproqli, yer osti suvlari yaqin joilashgan, botqoqlik joylarda tashkil qilinmaydi. Sababi, unday tuproqlarda o’z-o’zini tozalash jarayoni past bo’lib, najasning zararlanishi yaxshi bo’lmaydi. Organik moddaning minyeral tuzlarga





А-А

  1. rasm. Assenizaciya shudgorlari.

1—yozgi kartalar; 2 — qishki kartalar; 3 — vaqtincha o’tish yo’li; 4 — doimiy yo’l; 5 — o’tish ko’prigi; 6 — suv to’planadigan ariq; 7 — suv tashlanadigan zovur; 8 — tuproqdan ko’tarilgan to’siqlar; 9 — xo’jalik maydoni; 10 — assenizaciya mashinalarini yuvish uchun maxsus joy.
YOzgi maydonpar






rasm. Assenizaciya shudgorlariga navbati bilan chiqindi suvlarni bostirish vaaylanishi juda qiyin kechadi. Undan tashqari, sr osti suvlarining ifloslanish xavfi tug’iladi.
Assenizaciya shudgorlari bilan aholi turar joylari orasidagi masofa 1000 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Assenizaciya shudgorlark uchun turar joylarga qarama-qarshi tomonga shamol esadigan yerlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Aks holda shamol bilan noxush hidlar kelib aholi tabiatini buzishi mumkin. Assenizaciya shudgorlark uchun tekis yerlar tanlanadi. Aks holda qiya joylarga tashlangan suyuq chiqindilar pastga oqib ketib ko’p joylarni ifloslantirishi mumkin. Assenizaciya shudgorlarini kelgusida ekin ekish maqsadida uchastkalarga bo’linib, atrofi 20—30 sm balandlikda tuproq bilan shibbalanadi. SHunday qilinganda bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga axlat oqib ketmaydi.
SHunday qilib, shudgorlarda almashlab ekish uchun bir qancha uchastkalar tashkil qilinadi. SHudgorlar ikkita katta uchastkaga bo’linib, yoz va qish fasllarida axlat to’kishga mo’ljallanadi. Bu uchastkalar o’z navbatida paykallarga bo’linib, ularga axlatlar galma-galdan solinadi.
Assenizaciya shudgorlari yaqinida ishchilar uchun yuvinadigan, ovqatlanadigan va asbob-uskunalar saqlanadigan xonalar bo’lishi kerak. SHu bilan birga bu yerga axlat mashinalarini yuvish uchun vodoprovodlar ham o’rnatilishi kerak. Mashinalar axlatdan bo’shagandan so’ng rezina shlankalar yordamida bosim bilan yuviladi.
YOzgi paykallarga axlat solishni tartibli ravishda olib borish talab qilinadi. YA’ni, paykallar oldindan haydalib, shundan so’ng axlat bir tekisda solinishi kerak. Tuproqning turiga qarab har 10 m maydonga 1 m dan 2 m gacha axlat solish tavsiya etiladi. Solingan axlatlar qurishi bilan maydonlar yana haydaladi. SHunday qilib, yoz fasli uchun mo’ljallangan uchastkalarga 2—3 marotaba axlat to’kiladi. Axlat 1—1,5 oy oralati

bsolinadi. Oxirgi solingan axlat qurigandan so’ng yer yana haydalib keyingi bahor fasligacha qoldiriladi.
2
Qishga mo’ljallangan uchastkalarga bir marta, har 10 m maydonga 1

  • 2 m axlat solinadi va qishi bilan qoldirilib erta bahorda yana qaytadan haydaladi.

Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, har gektar yerga solinadigan axlat normasi yil davomida 1000 m dan oshmasligi kerak.
Agar tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni yaxshi bo’lmasa, bunda
3
solinadigan axlat normasini 500 m ga kamaytirish, aksi bo’lsa 1000 dan 2000 m ga ko’paytirish mumkin. Endi almashlab ekish masalasiga kelsak, buning uchun eng qisqa vaqt uch yil bo’lib, har uch yilda yer maydoniga bir marta axlat solinadi va haydalib, kelasi bahorgacha qoldiriladi. Bahor kelgach, bu yerga xomligicha iste’mol qilinadigan ekinlar ekilmaydi.
Sanitariya talabiga javob byeradigan 4 yillik almashlab ekish quyidagicha amalga oshiriladi. Birinchi yil maydonga suyuq axlat quyiladi, ikkinchi yili yer haydalib, hayvonlar uchun ozuqa bo’ladigan ekinlar ekiladi. Masalan, o’tlar, donli o’simliklar va
boshqalar, uchinchi yili mollar uchun ozuqabop lavlagi, shuningdek qizil lavlagi ekish mumkin, to’rtinchi yili kartoshka ekilsa bo’ladi. Bizning sharoitda texnika ekinlarining, ya’ni kanop va paxtani ikkinchi-uchinchi yillarda eksa bo’lavyeradi.
Bunday maydonlarga ekilgan ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. Assenizaciya maydonlarining har 1000 kishiga mo’ljallab ishlab chiqilgan normasiga ko’ra yil davomida kishi boshiga yig’iladigan suyuq axlat
33
miqdori o’rtacha 0,5 m bo’lsa, 1000 kishiga 500 m yig’iladi, agar shudgorga o’rtacha axlat quyish normasi gektariga 1000 m teng bo’lsa, 1000 kishiga 0,5 gektar maydon etarli bo’lar ekan.
Uch paykalli almashlab ekish maydoni tashkil qilinmoqchi bo’lsa, unda 0,5x3-1,5 gektar maydon ajratilib, yo’llar, novlar uchun atrofi 20—25 sm li balandlikda shibbalangan tuproq bilan to’siladi. Buning uchun yer maydonining 20% i yoki 0,3 gektar qo’shimcha yer kerak bo’ladi. Hamma maydoning umumiy hajmi 1,5+0,3-1,8 ga teng bo’ladi. 1000 kishilik aholiga 4 paykallik almashlab ekishni tashkil qilish uchun 2,4 gektar maydon kerak bo’ladi.
Haydash shudgorlari. Bunday shudgorlarda najas-suyuq axlatlar faqat zararsizlantiriladi. Ammo haydash shudgorlariga bo’ladigan sanitariya talabi assenizaciya shudgorlarinikidan aytarli farq qilmaydi. Bunda maydonlar ikkita bo’ladi. Yilda navbatma-navbat yer maydonlari najas bilan to’ldiriladi. Yer maydonining biri suyuq axlat bilan band bo’lganda ikkinchisiga dam byeriladi, chunki birinchi axlat bilan to’ldirilgan maydonda organik moddalar minyerallashib noorganik moddalarga aylanadi. Tuproq asta-sekin organik moddalardan, mikroblardan tozalana boradi. Haydash shudgorlariga ekin ekilmasligini hisobga olib, bir gektar maydonga quyiladigan najas miqdori normasini 2000 tonnaga etkazish mumkin, bunda 1000 aholi uchun 0,6 gektar yer maydoni etarli bo’ladi. Jamoa hojat-xonalarining tozaligini va ko’chalarda axlat yig’ilib qolmasligini nazorat qilish kommunal xo’jalik xodimlari zimmasiga yuklanadi. YAna ular kanalizaciya tarmoqlari o’tmagan yerlarda axlatlarni zararsizlantirishni ham to’g’ri uyushtirishlari kerak.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish