Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


MUHIT OMILLARI NORMASINI ISHLAB CHIQISHNING GIGIENIK ASOSLARI



Download 3,24 Mb.
bet112/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

MUHIT OMILLARI NORMASINI ISHLAB CHIQISHNING GIGIENIK ASOSLARI
Har qanday sharoitda ham xonaning ichki muhit omillari insonga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jumladan, xonaning mikro iqlimi, havoning kimyoviy tarkibi, xonaning tabiiy yoritilishi, elektromaganit maydoni, shovqin, tebranish va boshqa omillar inson sog’ligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Demak, uy-joy sharoitida insonga biotik va abiotik muhit omillari ta’sir etadi. Bunday muhit inson uchun ijtimoiy tomondan ma’lum darajada o’zaro bog’liq bo’lgan sharoit yaratadi.
Bu sharoit tashqi va ichki muhit omillarini o’z ichiga olgan murakkab bir butun sistemani tashkil qiladi. Bu sistema tashqi va uy-joy ichki muhiti tarkibiga kiruvchi kimyoviy, fizik omillar bo’lib, quyidagi sxema bo’yicha inson organizmiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Tashqi muhit -> uy-joy binolari - > ichki muhit -> inson.
Kishi organizmi juda ko’p receptorlar bilan ta’minlangani sababli tashqi va ichki muhitning ta’sir etuvchi omillari signallarini qabul qilgan holda turli qaytarish reakciyalari orqali javob byeradi. SHinam qurilgan uy- joylarning omillari kishi organizmiga ijobiy ta’sir qilganda organizm tomonidan reakciya bo’lmasligi mumkin, aks holda kishi organizmining reakciyasi, hatto kasallik alomati bilan namoyon bo’lishi mumkin.
Lekin shuni aytish kerakki, ichki muhit omillari hammaga ham bir xil ta’sir etmaydi, bir kishi uchun normal hisoblangan uy harorati ikkinchi kishiga mutlaqo to’g’ri kelmasligi mumkin.
Demak, uy-joy ichki muhit omillarini ko’pchilik uchun mo’ljallangan gigienik normalarini ishlab chiqish va har bir geografik iqlim sharoitiga qarab o’rganish talab qilinadi.
MIKROIQLIMLI OMILLAR
Uy-joylar qurilishida barcha e’tibor aholi uchun sun’iy ravish-da mikroiqlim yaratishga va kishilarning sog’lig’ini asrashga qaratil-gan. Sutka davomida uy-joyning ichki mikro iqlimi iloji boricha bir xil bo’lib turishi kerak. Masalan xona harorati, xonadagi shamol tezligi, uning namligi va boshqalar inson organizmiga yaxshi ta’sir qilishi maqsadga muvofiqdir. Uy-joy xonalarida yaxshi sharoit yaratish uchun uning mikroiqlim ko’rsatkichlarini me’yorida saqlash kerak bo’ladi. Bu maqsadga erishish uchun shu ko’rsatkichlarning gigienik normalarini ishlab chiqish kerak.
Uy-joy va jamoa binolarida inson organizmiga ta’sir etuvchi salbiy omillar moddalar almashinuvi jarayoniga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Uy-joy va jamoa binolarining ichki muhit omillarining gigienik normalarini ishlab chiqishni asosiy tadbirlari quydagichadir:

  1. uy-joy laming, jamoa binolarining mikroiqlimini ruxsat tiladigan normasini ishlab chiqishda organizmda sutkada va fasllarda kuzatiladigan fiziologik o’zgarishlarni hamda organizmni qlim sharoitiga ko’nikishini nazarda tutiladi;

  2. mikroiqlim ko’rsatkichlarining gigienik normalarini ishlab

chiqishda aholi guruhlarining yoshiga qarab ularni alohida-alohida hisobga olinishi kerak;

  1. mikroiqlim ko’rsatkichlarining gigienik ruxsat etiladigan normalarini belgilashda birinchidan organizmning, ikkinchidan kiyim- kechaklarning issiqlikni saqlash xususiyatini nazarda tutish.

Uy-joy va jamoa binolarining mikroiqlimi havo va atrofdagi narsalarning haroratidan, havo namligidan, uning harakat tezligidan iborat bo’lib, ularning hammasini organizmga ta’siri oqibatida odam o’zini har tomonlama yaxshi sezishidir.
Uy-joyning havo harorati mikroiqlimning eng asosiy omillaridandir.
Ilgari sanitariya normalari va qoidalarida qish vaqtlarida hamma mintaqalarda uy-joyning havo harorati 18°S deb belgilanardi. Aslida bu norma noto’g’ri ekan. Keyingi yillarda barcha geografik mintaqalarda olib borilgan kuzatishlar, har bir mintaqadagi uy-joy larning havo haroratiga alohida-alohida yondoshishni taqozo qiladi. Masalan, juda sovuq bo’ladigan mintaqalarda tana haroratini normal holatga keltirish uchun uy- joylarning havo haroratini ko’tarish talab qilinsa, aksincha issiq iqlimli mintaqalarda uy-joy haroratini pastroq tushirish talab qilinadi. A.N.
Marzeev va V.M. Jabotinskiylar keltirgan jadval fikrimiz isboti bo’la oladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish