SHIFOXONALARDA ICHKI INFEKCIY AL ARNIIG OLDIII OLISH CHORALARI
SHifoxonalarda ichki infekciyalarning keyingi vaqtda ko’p tarqalishiga kasalxonalarda sanitariya tartiblarining buzilishi sabab bo’lmoqda. Bemor kasalxona sharoitida yangi kasallikni o’ziga yuqtiradi - ya’ni gospital infekciyasini o’ziga oladi. Bunga sabab bemorning infekciyaga qarshi kurashish kuchining pasayib ketishidir.
Gospital infekciyasi ichki va tashqi infekciyalardan iborat bo’lib, bular kasallar tomonidan medicina muassasalariga tashqaridan keltiriladi. Bunday hollarni paydo bo’lishiga quyidagi omillar sabab bo’ladi: a) bemor organizmining infekciyaga qarshi kurashish kuchi pasayishi; b) palata xonalarida kasal chaqiruvchi mikroblarning yig’ilib qolishi; v) turli mikroblarning xona sha-
roitiga moslashib o’sishi va ko’payishi; g) bemorlarning infekciya bilan zararlanashi.
SHifoxona xodimlari orasida ham goho yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin, jumladan sil, sariq kasalliklari va boshqalar. SHifoxonalarda ichki infekciya kasalliklari epidemik yoki sporadik holatda tarqaladi. Kasalxona ichki infekciyalarining tarqalishi bemorlarning qo’shimcha kasalliklar bilan og’rishiga sabab bo’ladi. Ularni davolash anchagina murakkablashib, kasalxonada uzoq ushlab turishga to’g’ri kelmoqda.
Kasalxona ichki infekciyasini sog’lom kishilar ham tarqatishi mumkin. Hozirgi vaqtda kasalxona ichki infekciyasi tarqalishining oldini olish faqatgina tibbiyot xodimlarining ishi bo’lmasdan, umumdavlat ishi bo’lib qolmoqda. Masalan, Amyerika Qo’shma SHtat-laridan olingan ma’lumotlarga qaraganda surunkali kasalliklar bilan davolanayotgan bemorlarda ichki infekciyaning tarqalishi 11,7%, ga etib, qo’shimcha sarflanadigan mablag’ 350 mln dollarga etmoqda. Kasalxonada ularning davolanishi 3 kunga uzaygan.
Gyermaniya kasalxonalarida ichki tarqalgan infekciyalarning zarari oqibatida yiliga 25000 bemor o’lishi tibbiy adabiyotlarda keltiriladi. Bu infekciyalar asosan yuqori nafas yo’llari, o’pka, ichak, siydik yo’llari kasalliklarini tarqatuvchi infekciyalardir. Bolalarning kasalxona ichki infekciyasi siydik yo’llarini zararlaydi.
Kasalxona ichki infekciyalarining tarqalish sabablari juda ko’p. Jumladan, kasalxonalarda mikroblarga qarshi olib boriladigan chora- tadbirlarning yaxshi bajarilmasligidir.
SHuni aytmoq kerakki, shifoxonalar ichki infekciyasi kasalliklarning turiga, bemor davolanayotgan kasalxonada tarqalgan infekciyaga bog’liq. Jarrohlik bo’limlarida ko’pincha opyeraciyadan so’nggi infekciyalar bemorlarning shifoxonada ko’proq davolanishiga sabab bo’ladi. Bemor tyerisida goho paydo bo’lgan arzimagan jarohat-lar ham infekciya tushishi natijasida yiringli yaraga aylanadi.
Ko’pincha tashhis qo’yish yoki davolash maqsadlarida ishlatila-digan asbob-anjomlar ham organlarga infekciyalar tushishiga yoki kirishiga sabab bo’lmoqda. Jumladan, siydik yo’liga katetyer qo’yish - siydik qopi yallig’lanishini yoki siydik yo’llari yallig’lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Nafas yo’llarining traxeotomiya qilinishi ayrim hollarda kasalning qo’shimcha infekciya bilan zararlanishiga olib keladi.
SHifoxonalarda ichki infekciyalar tarqalishiga kasalxona xodim-larining mikroblarga qarshi kurashga befarq qarashlari sabab bo’lmoqda. Jumladan, qo’lni yaxshi yuvmaslik va dezinfekciya qilmas-lik, aseptika va antiseptika principlarini to’la-to’kis bajarmas-lik, bemorlarning sanitariya qoidalarining bajarmasliklari va boshqalar kasalxona ichki infekciyalarining tarqalishiga olib boradi.
Ayniqsa, mikroblarga qarshi kurashish qoidalarining buzilishi, sog’liqni saqlash muassasalari binolarining eskirganligi, o’z vaqti-da remont ishlari olib borilmasligi, tibbiy xizmatni bajarish
uchun ishlatiladigan asbob-uskunalarning eskirib ketganliga, asboblarning markazlashgan styerilizaciya xonalarida dezinfekciya qilinmasligi yoki styerilizaciya jarayonining to’la-to’kis bajarilmasligi va boshqa sabablar shifoxonalarda ichki infekciyalarning tarqalishiga yo’l ochib byeradi. Havoni xonaga kondicionyerlar yordamida yoki ventilyaciya yo’li bilan berish va boshqa uslublar mikroblar kamayishiga imkon byeradi.
Keyingi 25-30 yil ichida infekciyalar turli antiseptik, dezinfekciya uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarga, hamda antibiotiklarga nisbatan ham chidamligi oshganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Mikroblar hatto dezinfekciya uchun ishlatiladiksh moddalarning o’zida ham rivojlanmoqda. SHuning uchun ham kasalxona sharoitida infekciyalarga qarshi kurashish borgan sari qiyinlashmoqda.
Kasalxonalarda bemorlarii davolash jarayonida bir masalaga befarq qarashlik katta xatolarni keltirib chiqaradi. Jumladan bemor organizmining infekciyaga qarshi kurashish qobiliyati pasayib ketganda unda ko’pincha
hujayra va gumoral himoya qilish holati susayadi.
Masalan, leykoz, diabet, og’ir o’sma kasalliklarida, kuyganda, kamqonlikda, yurak-qon tomir kasalliklarida va boshqaldrda orga-nizmning himoya qilish xususiyati juda susayadi. Buning ustiga keyingi yillarda kasal a’zoning o’rniga sog’lomini qo’yish, nur bilan davolash, uzoq davom etgan opyeraciyalar, organizmda zarurat yuzasidan tibbiy asboblarning uzoq vaqt qolib ketishi va boshqalar organizmga infekciya tushishiga va bemor holatining og’irlashishiga sabab bo’ladi.
Bemorlarning infekciyalar bilan zararlanishining yana sabablardan biri palatalardagi zichlik. Palatada har bir bemor uchun 6-10 m joy ajratilishi kerak. Aksariyat hollarda shuncha maydonga 2-4 va undan ortiq bemor joylashtiriladi. Bu esa infekciyalarni muloqat yo’li bilan tarqalishiga sabab bo’lmoqda.
Kasalxona xodimlarining etishmasligi, ayniqsa kichik va o’rta medicina ma’lumotiga ega bo’lgan hamshiralarning kamligi ularni ko’p bemorlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi. Bu esa gigiena qoida-lariga zid bo’lib kasalxonada infekciyalarning ko’payishiga sabab bo’ladi.
Keyingi yillarda bemorlarni davolashda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa bemorlar organizmiga begona bo’lgan infekciyalarning tushishiga olib bormoqda. Masalan, ko’p marotaba qon olish yoki qonga ko’p dori-darmonlarni yuborish, ayrim a’zolarga naylar (siydik qopiga) qo’yish va boshqalar organizmning ikkilamchi mikroblar bilan zararlanishiga imkon byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |