49-j a d v a l
SHifoxonalarning ba’zi bir xonalari uchun sanitariya normasi va qoidasida
aniqlaigan harorat va ^ havo almashnsh hajmi
Xonalar
|
Harorat, °S
|
1 soatda havo almashinishi
|
|
da
|
|
|
|
|
havoning
kelishi
|
havoning
chiqarilishi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Katta yoshdaga bemorlar palatasi, bolalar
|
20
|
80 m3
|
1 marta
|
bo’limidagi onalar xonasi, sil kasalligi
|
|
|
|
bilan og’rigan bemorlar palatasi
|
24
15
|
|
|
Gipotireoz kasalligi palatalari Tireotoksikoz kasalligi palatalari
|
80 m 80 m3
|
|
1
|
2
|
3 4
|
Kasallarga dori-darmon byeradigan xona yosh bolalar hojatxonasi Opyeraciyadan so’nggi reanimaciya va
|
25
|
1.5 marta 2 marta
|
jadal davolash xonasi, tug’ruqxona,
|
22
|
eng kamida 10 marotaba al
|
bokslar, jarrohlar xonasi, narkoz byeradigan xona, 1-2 karavotli kuygan
|
|
mashinishi kerak
|
bemorlar uchun palata
|
22
|
80 m3 1 o’rin uchun
|
Ayollar tuqqandan keyin yotadigan palatalar
|
25
|
80 m 1 o’ringa
|
Ko’krak yoshidagi, chala tug’ilgan va ja-
|
22
|
80 m 1 o’ringa
|
rohatlangan bolalar uchun
|
18
|
xonada shug’ullanuvchi har
|
3-4 karavotli kuygan bolalar uchun palata
|
22
|
bir kishi uchun 50 m3 havo
|
Davolash, fizkul’tura xonasi
|
22
22
|
byeriladi.
10 marta 5 marta 2.5 marta 2.5 marta
|
Kichik jarrohlik xonasi Boks va yarim boks xonalari Tug’ish oldi xonalari, fil’trlar
|
|
1.5 marta 2 marta
|
50-j a d v a l
SHifoxonalarning ba’zi bir xonalari havosida mikroorganizmlarning ruxsat
etiladigan miqdori
Havo olinadigan joy
|
Ish sharoiti
|
3
1m havoda mikroblar soni
|
250 litrhavodagi mikroblar soni
|
Jarrohlik xonasi
Tug’ruqxonalar va kuzatish xonalari
|
Ishdan oldin Ish vaqtida Ishdan oldin
|
500 dan ortiq emas,
1000 dan ortiq 500 dan ortiq emas
|
bo’lmasligi kerak bo’lmasligi kerak ---//--- ---//---
|
|
|
1000 dan ortiq emas
|
|
Opyeraciyadan keyingi reanimaciya bo’limi; jadal davolash xonasi, bolalar bo’limi palatasi, chala tug’ilgan va
|
Ishdan oldin
|
750 dan ortiq emas
|
---//---
|
jarohatlanib tug’ilgan bolalar palatasi
|
|
|
|
SHifoxona hududlarida yuqumli kasalliklar bo’limiga va boshqa bo’limlarga borish uchun alohida-alohida obodonlashtirilgan yo’lkalar loyihada ko’zda tutiladi.
XONALARDA VENTILYACIYA VA SUN’IY IQLIM YARATISH CHORA- TADBIRLARI
Dorixonalarning, davolash muassasalarining yuqumli kasalliklar bo’limidan boshqa barcha bo’limlarning havosini yangilab turish chora- tadbirlari mexanik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
SHifoxona palatalarida doimo toza havoning bo’lishi bemorlarning tezroq sog’ayishiga va ichki infekciyalar tarqalishining oldini olishga yordam byeradi. YUqumli kasalliklar kasalxonalarida toza havo mexanizmlar yordamida palata va yo’laklarga byeriladi, eskirgan havo esa bokslar va palatalardan alohida-alohida tabiiy ventilyaciyalar yordamida, tortish yo’liga deflektorlar o’rnatilib chiqarilib yuboriladi.
Opyeradiya xonasiga, opyeraciyadan keyingi xonaga, reanimaciya xonalariga kuygan, qattiq jarohatlanganlar xonasiga yangi va chala tug’ilgan chaqaloqlar xonasiga byeriladigan havo baktyeriologik fil’trlar yordamida tozalanib byerilishi kerak.
SHifoxona palatalarini isitish maqsadida cho’yan isitgichlardan
(radiatorlar) foydalaniladi, ular yuzasining tekis bo’lishi o’z vaqtida tozalab artib turish imkonini byeradi. Havosi juda toza bo’lishi talab qilinadigan xonalar ya’ni opyeraciya, tug’ruq, reanimaciya va boshqa xonalar betonli isitish panellari yordamida isitiladi.
Isitish, ventilyaciya va kondicion havoni berish maqsadida foy- dalaniladigan trubalar devorlardan o’tkazilayotganda ular ustiga gil’za kiydirishni unutmaslik kerak.
SHIFOXONALARNING SANITARIYA VA TEXNIKA ANJOMLARI
Har qanday shifoxonalar jamoa joyi bo’lib, ularni obodonlashtirish
talab qilinadi. YA’ni, shifoxonalarni kanalizaciya, vodoprovod, issiq suv bilan ta’minlash sanitariya tartib-intizomini amalga oshirish imkonini byeradi.
SHuning uchun, shifoxonalarni shahar vodoprovod, kanalizaciya, issiqlik tarqatuvchi shohobchalarga ulash qulay bo’lgan joylarga qurish kerak. Bularning hammasi ishlab chiqilgan loyihalarda ko’rsatiladi. Har bir bemorga sutkasiga 300-400 litr suv etkazib byerilishi kerak. SHifoxonalarning chiqindi suvlarini yaxshilab tozalaydigan inshootlarga yuboriladi. Unda chiqindi suvlarni zararsizlantirish uchun zamonaviy usullardan, ya’ni biologik, qayta tozalash va zararsizlantirish usullaridan foydalaniladi.
Bu ishlar yuqori malakali injenyer-texniklar yordamida amalga oshiriladi. YUqumli kasalliklar shifoxonalarining chiqindi suvlarini zararsizlantirish uchun vaqtinchalik ishlab chiqilgan tavsiyanomadan foydalanish kerak (tavsiyanoma 1978 yili Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 8 avgustda tasdiqlangan). Bunday chiqindi suvlar tarkibida juda ko’p miqdorda patogen mikroorga-nizmlar mavjud bo’lib, ular aholiga juda katta xavf tug’diradi.
Bu chiqindi suvlar tarkibida vabo kasalligini, qorin tifini, ichburug’ni chaqiruvchi mikroblar, brucellyoz, sal’monellyoz, kuydirgi, sil va boshqa og’ir yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikroblar, turli gijja tuxumlari, sarig’ kasalligini tarqatuvchi viruslar, entyeroviruslar va boshqalar bo’ladi.
YUqumli kasalliklar shifoxonasining chiqindi suvlarini tozalash, zararsizlantirish inshootlari shifoxona hududiga sanitariya himoya chegaralarini hisobga olib quriladi. Ular chiqindi suvlar miqdoriga bog’liq. Jumladan, bir sutkalik chiqindi suv miqdori 200 m ga etganda sanitariya himoya chegarasi boshqa binolarga nisbatan 100 metr, 500 m ga etsa 150 metr bo’ladi. Tozalash inshootlarining atrofi 1,6 metr balandlikda devor bilan o’ralib, ko’kalamzorlashtiriladi. Yo’llar yoritilib asfalt yotqiziladi, yo’llarning eni 3,5 metr bo’ladi.
Tozalangan va mikroorganizmlardan, gel’mintlardan zararsizlantirilgan chiqindi suvlar ochiq suv havzalariga oqiziladi. CHiqindi suvlarni zararsizlantirish natijasini nazorat qilish maqsadida bir sutkada eng kamida 3-4 marotaba chiqindi suv namunasi qoldiq xlorga va ichak tayoqchalariga tekshiriladi. Qoldiq xlor miqdori bir litr suvda 1,5 mg dan kam bo’lmasligi kerak, chiqindi suv biologik tozalashdan so’ng va xlorlangandan keyin uning koli indeksi uzog’i bilan 1000 bo’lishi kerak. Bu ishlarni bajarish uchun tozalash inshotolarida kontaktli katta rezyervuar (idish), xlorator asbobi, cho’kmani olish uchun moslama va boshqa laboratoriya anjomlari bo’lishi talab qilinadi.
SHifoxona binolarining issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi bemorlar uchun qulay sharoit tug’diradi. Bu esa o’z navbatida bemorlarning shaxsiy gigiena talablarini bajarishga yordam byeradi. SHifoxonalarning elektr enyergiya sistemasi shahar yoki nohiya elektr enyergiyasi setiga ulangan bo’lishi kerak. Ba’zi bir hollarda elektr enyergiyasi bo’lmay qolganda, kasalxona og’ir holatga tushib qolmasligi uchun uning o’zini elektr enyergiya ishlab chiqadigan uskanalari, ya’ni kichik elektrodvigatellari bo’lishi kerak.
Palata va xonalarni yoritish uchun sut rangiga ega bo’lgan yoritgichlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Lyuminescent lampalar ham ishlatilishi mumkin. Umuman olganda xuddi kunduzgidek yorug’lik tarqatuvchi lampalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bulardan tashqari har bir karavot boshiga kichik joyni yoritish maqsadida stol usti yoritish lampalari o’rnatiladi. SHifoxonalarni yoritishda sanitariya normasi va qoidasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |