Milliy mahsulotning tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Izchil tarmoqlar
|
Xomashyo, yoqilg'i, materiallar
|
Qo'shilgan qiymat
|
Yalpi ichki mahsulot
|
Yalpi ijtimoiy mahsulot
|
Amorti- zatsiya
|
Ish
haqi
|
Soliq
va to'lov- lar
|
Foyda
|
Iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati
(c)
|
Zaruriy mahsulot (v)
|
Qo'shimcha mahsulot (m)
|
Paxta ishlab chiqarish
|
40
|
30
|
30
|
20
|
20
|
100
|
140
|
Paxtani qayta ishlash
|
140
|
40
|
50
|
25
|
30
|
145
|
285
|
To'qimachilik
|
285
|
50
|
60
|
30
|
40
|
180
|
465
|
Tikuvchilik
|
465
|
45
|
50
|
35
|
. 30
|
160
|
625
|
Jami
|
930
|
165
|
190
|
110
|
120
|
585
|
1515
|
c=1095
|
v=190
|
m=230
|
585
|
1515
|
Jadvaldan ko'rinadiki, yalpi ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyo- sida takror hisobga yo'l qo'ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisob- lashda sotib olingan xomashyo, yonilg'i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo'shilgan qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iborat - dir.
Shuni ta'kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud boiganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to'g'ri baho bera olmaydi.
Takroriy hisob - bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha bosqichlardan o'tishi natijasida ba'zi mahsulot (xomashyo, yoqilg'i, material va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan ko'rinadiki, paxtatolasi, yigirilgan ip, gazla- maning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg'i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qaytadan hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Milliy mahsulot qiymatini to'g'ri baholash, unda takroriy hisobga yo'l qo'ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish lozim. Oraliq mahsulot — bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur boigan yoki qayta sotish uchun mo ijallangan tovar va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxtatolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to'qilgan gazlama oraliq mahsulotlar boiib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko'ylak yoki kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov berishga muh- tojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisoblanadi. Demak, pirovard mahsulot — bu ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o'tgan hamda bevosita so'nggi iste'mol uchun moijallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko'rinadiki, jamiyat a'zolarini isMab chiqarishning umumiy natijasi emas, balki ko'proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi boiib takroriy hisobni o'z ichiga olmagan, jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini yo bevosita, yoki bil- vosita, ya'ni ishlab chiqarishni kengaytirish orqali qondirishga moijallangan mahsulotlar hisoblanadi. Shunga ko'ra, ko'pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot (milliy daromad) va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |