O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SH.SH.SHODMONOV, U.V.G'OFUROV
IQTISODIYOT NAZARIYASI
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent «IQTISOD-MOLIYA»
201
0Taqrizchilar: iqtisod fanlari doktori, professor A.V. Vaxobov; iqtisod fanlari doktori X.P. Abulqosimov
Sh.Sh. Shodmoaov SH74 Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik; O'zbekiston Respub- likasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. — T.: IQTISOD- MOLIYA, 2010, - 648 bet. U.V. G'ofurov.
Iqtisod fanlari doktori, professor B.YU. XODIYEV tahriri ostida
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslik 2005- yilda chop etilgan darslikning qayta ishlangan nashri hisoblanadi. Ushbu dars- likni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy das- turi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yatigi davlat andozasi talablari hisobga olingan. Undagi mavzular mazmu- nini yoritishda Respublika Prezidenti I.Karimov asarlari, xususan, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asaridan, mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan, Keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda, ayniqsa, Rossiyada nashr etilgan qator daiislik va o'quv qo'llanmalarning qisqacha tahlili berilgan, ulardagi ijobiy tomonlardan foydalanilgan va ba'zi bir munozarali jihatlar esa tanqidiy ravishda o'rganilib, mualliflarning shaxsiy yon- dashuvlari bayon etilgan.
Darslik bir-biri bilan mantiqan bog'langan to'rt bo'limdan iborat bo'lib, ularda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo'jaligiga oid mavzular o'rin olgan. Ayniqsa, hozirgi*zamon rivojlan- gan bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizimining roliga katta e'tibor berilgan.
Darslik barcha yo'nalishdagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan.
; BBK 66.0ya73
ISBN 978-9943-13-141-5 © <© Sh.Sh. Shodmonov, U.V. G'ofurov, 201
0KIRISH
Mamlakatimizda mustaqiUik yillarida olib borilgan oqilonava izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o'tgan davr mobaytiida milliy xo'jaligimiz iqtisodiy jihat- dan mustahkamlanib, ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo'lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyot- ning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy bar- qarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mu- tanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma'naviy jab- hada ham tub o'zgarishlar qilinib, jamiyat a'zolari ongida milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi shakUantirildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «Bugungi kunda mamlakatimizni, awalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qi- lish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o'yiangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to'siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi»1.
Jamiyatda ro'y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amaJ qilishiga ongli munosabatda bo'lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyat- ini tushunish uchun zarur bo'lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot na- zariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyod- korlik g'oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengay- tirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Ayni paytda Prezidentimizning ma'ruzava asarlaridan, xususan, «Ja- hon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asaridan bizga shu narsa ma'lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o'z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo'lgan vazi- falar ham mavjiid. Mamlakatimiz ba'zi viloyatlari va qishloq tumanlari budjetlarining haligacha dotatsiyada qolib ketayotgani, ularda zamonaviy korxonalar, lcichik biznes sohasi, savdo tarmoqlarini, bozor infratu- zilmasini rivojlantirishga yetarli e'tibor berilmayotgani, to'g'ridan- to'g'ri xorijiy investitsiyalami jalb etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tadbirlarining sustligi, ba'zi yangi mulkdorlarning xusu- siylashtirilgan raulkdan oqilona foydalanmasligi, oqibatda ularning bankrotlikka yuz tutishi, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopol- lashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani, qishloq xo'jaligidagi sug'oriladigan yerlar anchagina qismining meliorativ holati qoniqarsizligi tufayli foydalanishga yaroqsizligi va boshqalar shular jumlasidandir1.
Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko'p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlari- ni, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayot- gan iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkin- lashtirish, tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya- lashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo'jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo'jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo'lib, unumli mehnat qilish yo'llarini va shakllarini o'rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning tur- mush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog'liqligini, shu yurtda melinat qilayotgan kishilaming ijodiy mehnati bilan vujudga kel- gan milliy mahsulotning ko'payishi, uning to'g'ri taqsimlanishi va foy- dalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog'liqligini ham o'rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllaryshiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhimrol o'ynaydi.
Har qanday jamiyatning bazisi, ya'ni «poydevori»ni iqtisodiy mu- nosabatlar taslildl etadi. Ushbu «poydevor» shu davrdagi ishlab cliiqaruv- chi kuchlaming rivojlanish darajasiga qanchalik to'g'ri va mos shakllan- tirilgan bo'lsa, u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun shu qadar keng imkon va rag'bat yaratadi.
Iqtisodiy munosabatlarning mazmun-tnohiyati, ularning amal qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur va har tomonlama o'rganishda eng awalo «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. U mazkur vazifani o'zining yuksak ma'naviyatii shaxsda iqtisodiy bilim va madaniyatni shakllantirish, nazariy bilim va qoidalarni amaliyotga joriy etish, g'oya- viy-tarbiyaviy, metodologik funksiyalari orqali amalga oshiradi.
Inson ma'naviyati uning ehtiyojlari va manfaatlarini belgilaydigan va anglab yetadigan, ularni himoya qilish yoki qondirish yo'lida amalga oshiradigan faohyatining mazmun-mohiyatini namoyon etuvchi eng asosiy mezondir. Aynan shu sababh barkamol shaxsni shakllantirishda uning ma'naviyati, ehtiyojlari va manfaatlari o'rtasidagi muhim mu- tanosiblikni to'g'ri baholay olish hamda shaxsning moddiy ehtiyojlari va matifaatlarini yuksak ma'naviyat me'yorlari orqali mushohada etish nihoyatda zarurdir. Bu jarayonni Prezidentimiz quyidagicha ifodalaydi- lar: «Tnsonga xos orzu-intilishlarni ro'yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur boigan moddiy va ma'naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak... o'rinli boiadi»'.
Biz orzu qilgan yuksak ma'naviyatii shaxsning belgi va jihatlari tarki- bida uning iqtisodiy bilim va madaniyatini belgilovchi fazilatlar alohida o'rin tutadi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, undagi jamiyat a'zolarining farovonligi va turmush darajasi, turli iqtisodiy manfaat- larning o'zaro mushtarakligi eng awalo iqtisodiy munosabatlar va qo- nunlarni bilish hamda ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo'lishga bevosita bog'liq. Shunga ko'ra, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy tizimga oid tushunchalarni, uning qonun-qoidalarini o'rgatish orqali shaxsning iqtisodiy jihatdan bilimdon, mushohadali va ongli bo'lishini ta'minlaydi. Doimiy o'zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit va uning insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta'sirini kuzatib, amalga osliirilishi zarur bo'lgan xatti-hara- katlar va iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezisli va ko'ra bilish, qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy ziyraklik — yuksak ma'naviyatii shaxs fazilatlaridan biri bo'lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko'nikmalarsiz tasawur etish mumkin emas. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani kishilarning jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etish. unda faol ishtirok etish va yanada rivojlantirish borasida jamiyat va davlat oldidagi javob- garliklari, ya'ni iqtisodiy mas'uliyatlarini tarbiyalashda yetakchi o'rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodi- yotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatiga barcha jamiyat a'zolarida iqtisodiy madaniyatlilikni shakllantirish orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoidalar to'g'risidagi bilim va ko'tfikmalarga egalik, o'zlashtirilgan bilimlar asosida mehnat va ishlab chlqarish faoliyatlarini tashkil eta olish xusiisiyatini namoyon etib, uni faqat mazkur fan xizmatlari orqali ta'minlash mumkin.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani faqat bilish bilan cheklanmay, balki iqtisodiy bilim va ko'uikmalarning turli darajadagi amaliy tatbiqi bilan ham shug'ullanadi. U davlatning iqtisodiy siyosatini shakllantirish, iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan na- zariy qoida va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda bunyodkorlik g'oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyo- qarashini kengaytirish, Vatan va el-yurt ravnaqi yo'lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o'z fikri bilan qarshi tura olish qobiliyatini tarbiyalash kabi muhim vazifalarni bajarish orqali tobora oshib bormoqda. Mazkur fan bu borada Prezidentimiz tomonidan ta'kidlab o'tilganidek «har bir fuqaro o'zining, oilasining taqdiri va ertangi kuni uchun rivojlanish yo'limizda g'ov bo'lib turgan to'siqlarga qarshi qat'iy kurash olib borishi»da «odamlarning ko'zini ochib berish, ularning qalbi va ongida mustaqil fikr uyg'otish» yo'lida ham faol xiz- mat qilishi lozim. «Chunki hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to'qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o'z fikri, o'z hayotiy pozitsiyasiga ega bo'lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o'z kelajagini o'z qo'li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo'ladi»K
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ahamiyati uning metodologik vazi- fasi orqali ham namoyon bo'lib, fanning o'zi, tahlili va tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi. «Iqti- sodiyot nazariyasi* fanini-chuqur o'rganish, uning qoida vatushuncha- larini bilish boshqa iqtisodiy fanlarni o'zlashtirish va yanada rivojlanti- rishning garovi hisoblanadi.
Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo'lib turadigan inqirozlar sabab- larini sinchiklab o'rganishga intilayotgan o'quvchi va talabalarimiz, iqti- sodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgaa rah- bar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qizi- qayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o'zbek tilidagi adabiyotlar, qo'llanmalar, ayniqsa, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darsliklar yetarli emas. Yurtboshimiz aytganlaridek: «birinchi galda, taraqqiyotimizning har bir yo'nalishi jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qoilanmalar, ommabop adabiyotlar yaratish zanir»'. Darsliklar va o'quv qo'llanmalari yetishmashgi bo'yicha oliy o'quv yurtlari va kollejiardagi ahvol, shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Prezidentimiz I.A.Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savol- lariga bergan javoblarida qo'yilgan muhim vazifalar hisobga olinib, iqti- sodiyot nazariyasi fani bo'yicha mazkur darslik qayta tayyorlandi.
Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo'yilgan vazifaning murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi hech bir mamlakat iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg'unlash- tirislming bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdaniga o'tgan emas. Bu uzoq davrni talab qiladigan jarayon bo'Jib, alohida o'tish davrini taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo'lgan o'lchami va nusxa- lari ham yo'q.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini va umuman hozirgi zamon xo'jahk tizimini faqat g'arbda mavjud bo'lgan, ko'plari eskirib ketgan va miinozarali bo'lib bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo'lgan nazariyalar bilan izohlab, iqtisodiyotning rivojlanish yo'lini yoritib bo'lmaydi. Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron bo'lgan, iqtisodiy hodisalarni asosan sinfiy nuqtayi na- zardan va sinfiy kurash jihatlaridan olib qaragaa, iqtisodiy taraqqiyot- ning umuminsoniy tomonlarini keyingi o'ringa surgan eski marksistik yo'nalishdagi aqida va qoidalariga asoslanib ham bozor xo'jaligi hamda hozirgi zamon iqtisodiyotidagibir qator hodisalarni tushuntirib bo'lmaydi.
Mazkur darslikni tayyorlashda klassik va hozirgi zamon iqtisodiy naz- ariyalarning asosiy g'oyalarini tanqidiy o'rganib, ularning foydali rat- sional mag'zini olishga harakat qilingan. Shu bilan birga, jahonga mash- hur alloma, davlat arbobi sifatida tanilgan o'tmishdagi vatandoshlarimiz tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy g'oya va fikrlar, qoidalarning asosiy mazmuni darshkka kiritilgan. Bunda u yoki bu guruhning yoki sinfning manfaati emas, birinchi navbatda, umuminsoniy, umumdavlat man- faatlari va qadriyatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji manfaati asos qilib olin- gan va unga bir qadar ustuvorlik berilgan. Zero, «biz bu bebaho meros- damxalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko'p bahramand et- sak, milliy ma'naviyathnizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu in- soniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma'rifiy qurol- ga ega bo'lamiz»'.
Darslikda mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning bozor iqtisodiyo- tiga o'tayotganhgini, bu sharoitda yashashimiz, faoliyat ko'rsatisliimiz, iqtisodiy munosabatda bo'lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini, uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushun- chalarini, ularning qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganhgini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Unda iqtisodiy jarayonlarning faqat yuzaki, ko'rinib turgan tomonlarigagina emas, shu bilan birga ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog'lanishlariga, iqtisodiy jarayonlarning sabab va oqibatlariga alohida e'tibor berilgan. Mazkur darslikda O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, ayniqsa, Prezidentimiz kitoblari- da, ma'ruza va nutqlarida, qabul qilingan qonun va qarorlarda bayon etilgan tamoyillar, xususiyatlar ham qamrab ohngan hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining ko'pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita O'zbekiston hayoti misolida yoritilgan.
Darslikni tayyorlashda dialektik, ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, tarixiylik va mantiqiylikning birligi Va boshqa qator ilmiy usullardan foydalanilgan. Bunda ayniqsa, har bir iqtisodiy voqea, hodisa, jarayon va tushunchalar bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki tomon birligidan iborat deb qaralib, ikki tomonlama tahlil usuli kengroq qo'llanilgan va shu yo'l bilan yoritilayotgan masalaning asl mohiyatini tushunish oson- lashtirilgan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan.
Ushbu darslik. yangi davlat standard talablari bo'yicha tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi dastur asosida yozilgan. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olin- gan, ko'pgina materiallar imkon darajasida qisqartirib berilgan. Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jiliatlar ham bo'lishi mumkin.
Darslikni tayyorlashda o'qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir bobdan keyin xulosalar, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek, takrorlash va munozara uchun savollar ham berilgan.
Mazkur darslikning asosiy mazmuni 2000-yilda muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» ma'ruzalar mat- ni, 2002-yilda nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» o'quv qo'llanmasi, 2005-yilda nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» dars- ligida bayon etilgan bo'lib, ko'pchilikning muhokamasi va mulohaza- sidan o'tgan. Ushbu darslikda yuqoridagi kitoblarning asosiy mazmuni saqlanib qolingan holda, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiy hayo- tida sodir bo'lgan o'zgarishlar, ya'ni qabul qilingan qonunlar va qaror- lar, Prezidentimizning yangi asarlari va ma'ruzalarida ilgari surilgan g'oyalar, shuningdek, Rossiya Va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda mamlakatimizda chop etilgan iqtisodiy adabiyotlardagi muhim deb hisoblangan g'oyalar kiritilgan.
Ushbu darslikda iqtisodiy jarayonlar, voqea-hodisalar obyektiv tahlil qilinib, yetarli ilmiy-uslubiy asosda yoritishga harakat qilingan. Kitob talaba va o'quvchilami nazariy va uslubiy bilim bilan qurollantirib, iqtisodiy jarayonlarni bilishga, tafakkur qilishga va mustaqil ravishda tahlil qilishga o'rgatadi degan umiddamiz.
Iqtisodiyot nazariyasi bo'yicha mazkur darslik asosan oliy o'quv yurtlari talabalari va magistrantlari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
Mualliflar darslikning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi va uslubi bo'yicha bildirilgan har qanday taklif- mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qijadilar va keyingi o'quv qo'llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |