Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Iqtisodiy muvozanat, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari



Download 61,19 Mb.
bet209/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

18.1. Iqtisodiy muvozanat, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari
Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o'rtasida ma'lum muvozanat bo'lishi taqozo etiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o'zaro bogiiqlikda va ta'sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to'g'risida gap borganda, eng awalo yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanishi, uni ta'minlash ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Chunki u xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini o'z ichiga oladi.
Xususiy muvozanat bu iqtisodiyotning ayrim boiaklarida, soha va yo'nalishlarida ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste'mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga talab va taklif o'rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu muvoza­natlar ichida Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif o'rtasida mutanosiblikka erishish, ya'ni chiqaril­gan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog'i o'rtasida to'g'ri nisbatni ta'minlash g'ovat katta rol o'ynaydi»'.
Umumiqtisodiy muvozanat jamiyat a'zolari barcha talablari va milliy ishlab chiqarish hajmining o'zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqti­sodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab va yalpi taklif­ning teng kelishida ko'rinadi. Bu nafaqat iste'rfiol ne'matJariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy fao­liyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlarni taqozo etadi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir. Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo'jahk mexanizmini taqozo qiladi. Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste'molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligi- ni bildiradi. To'rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart- sharoitlari bo'hb bozor muvozanati, ya'ni barcha asosiy bozorlar (to­varlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolarjda talab va taklif muvoza- natga erishishi xizmat qiladi. Iqtisodiy muvozanat erkin raqobat bozo­rida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to'xtovsiz rivojlanish holatida boiadi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor kon'yunkturasi, bo­zor subyektlari daromadlari va talabi tarkibida o'zgarishlar ro'y berib turadi. Bularning hammasi muvozanat holatini turg'un iqtisodiyotda - gi shartli umumiy muvozanat sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi. Shunday qilib, makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat — bu mamlakat butun iqtisodiyotining muvofiqligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning me'yorida rivojlanishini ta'minlaydigan iqti­sodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o'zaro bog'hq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar tizimini o'z ichiga oladi.
lqtisod fanlari doktori O.Hamroev iqtisodiy muvozanatning mazmuni va uning tarkibiy tuzilishini o'rganishga tizimli yondashib, ularni quyidagi chizma ko'rinishida ifodalaydi (18.1-chizma)1.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bogiiq usuldan foydalaniladi:

      1. yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;

      2. jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish