Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet205/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Tarmoqlararo balans chizmasi


I SH L A B CHIQ A RISH y
Jami: foydalanish
iste'molchi tarmoqlar n pirovard iste'mol ^ValNl*







M

an

a12

an




3ln

s,

li G,

X,

y,







a?,i

a??.

323




a2n

s2

I2 G2

X2

y2










a3i

a,2

a33




a3n



















1 "




























tt




c3
V c










i







II







<




-g







oraliq
















F-













qiymat
















<







ani

an2

an3 |

3nn

s„

In Gn

X„

y„

<
=2 <
*




Qo'shilgan qiymat

Wi Pi

W2 Pi

m

w„
Pn

IV

«
+







Import

m,

m2







mn

























J "










Jami: xarajatlar bo'yicha YalM

yi

y2




yn




I+III








  1. kvadrantda - S - (shaxsiy iste'mol); I - (investitsiyalar); G - (davlat xaridi); X - (eksport).

  2. kvadrantda - W - ish haqi; P - foyda;

M - import.

V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar — ishlab chiqarish» usu- lida eng awalo e'tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tar­moqlar o'rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsiyentlar (I kvadrant- dagi au, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o'rnatiladi.


Tarmoqlararo balans jadvali to'rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko'rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste'mol, jamg'arish, davlat xarfdi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko'rsatkichlari joylashtirilgan. Uchitichi kvadrantdan qo'shilgan qiymat (ish haqi, foy­da, soliqlar) va import ko'rsatkichlari o'rin olgan. To'rtinchi kvadrant- da sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko'rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo'ylab xarajatlarni, ya'ni har bir tarmoq bo'yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo'yicha esa — milliy iqtisodiyot har bir tarmog'i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o'zgarishlar boshqa barcha o'zaro bog'liq tarmoqlarning miqdoriy ta'sirini kuzatish orqali o'rganiladi. Bu esa qan- daydir tovarga bo'lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologi- yasidagi har qanday o'zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o'zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham o'zgarishiga olib keli- shini anglatadi.
«Xarajatlar — natijalar» tarmoqlararo balansi usuh nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni o'rganishga, balki mam­lakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o'zgarishi va iqtisodiy o'sish sur'atlarini bashoratlashga imkon yaratadi,
Iqtisodiy o'sish modellari to'g'risida so'z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o'sish» konsepsiyasiga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq hisob­lanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o'sish atrof-muhitning iftoslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqari- lishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko'plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bi­lan ko'payib borishi, ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishi nati­jasida ishlab chiqarish, ayniqsa, tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o'sish chegaralarini cheklab qo'yadi. Buning oqi- batida ocharchilik, ekologiyaning buzilishi, resurslarning tugashi ro'y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko'ra, «nol darajadagi iqtisodiy o'sish» kon- sepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o'sishni maqsadga muvofiq ravishda ma'lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o'sish tovar va xizmatlar hajmining ko'payishini ta'minlashini tan olsalarda, bu o'sish bir vaqtning o'zida turmush darajasining yuqori sifatini ta'minlay olmasligini ta'kidlaydilar. O'z navbatida, mazkur konsepsiya muxoliflari iqtisodiy o'sishning yuqori darajasini yoqlab. uning o'zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o'rtasidagi ziddiyatni yum- shatishini, aynan yuqori darajadagi o'sish sharoitida jamiyatning ijti­moiy zaif qatlamlarini qo'llab-quwatlash imkoniyati vujudga kelishini ko'rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o'sish oqibati bo'lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish ti- zimining noto'g'riligidan kelib chiqadi. Shunga ko'ra, mazkur muam- molarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozo­rini shakllantirish lozimligini ta'kidlaydilar.
17.4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar to­monidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy, no­moddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milhy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlar- ga ajratish mumkin:

  1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

  2. Nomoddiy boylik.

  3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilgan- da mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig'indisi sifatida tasav- vur qilish noto'g'ri bo'lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyum­lari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o'rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyum­lashgan boylik sifatida jamg'arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milhy boyhkning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo'lib, tarkibiy tuzilishi bo'yicha qo'yidagilarni o'z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • aylanma kapital (fondlar);

  • tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;

  • moddiy zahiralar va ehtiyojlar;

  • aholi ning uy xo'jaligida jamg'arilgan mol-mulk.

Moddiy-buyumlashgan boylik o'sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  • mehnat unumdorligining o'sishi;

  • ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;

  • milliy daromadda jamg'arish normasining ortishi.

Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va
shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma'nosi shuki, bir tomondan mah­sulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko'payishi ro'y beradi. Boshqa tomon­dan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o'sish sur'ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog'liq bo'ladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarish­ning omili bo'lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliya­tining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mah­suli bo'lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro'y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog'liq bo'ladi. Foydali qazilma boyliklar, o'rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud bo'lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo'lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarki­biga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta'siri oqibatida real boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltirila- di va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum. shakl bjlan bog'hq bo'lmagan alohida turdagi iste'mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalari- ning faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi. Bunday boyliklarga ta'lim, sog'likni saqlash, fan, madaniyat, san'at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy boyliklar kiradi. Uning
ramoma larixiy yuuguimuai, cuaiicaiuui uuiuaian. hujuu auouijm san'at asarlari alohida o'rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyhklarida madaniyat va san'atning rivojla­nish darajasi, jamiyat a'zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellek- tual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog'liqni saqlash, ta'lhn va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi. Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo'hb, o'z tarkibiga jamiyatning no­moddiy tavsifdagi boyliklarini ham oladi.
17.5. O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash omillari va natijalari
O'zbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqah iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o'r­tasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismla- ri qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'min- lanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e'tibor qaratildi:

  • keng ko'lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;

  • xorijiy investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qihsh va yangilash;

  • eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratil­gan, har tomonlama puxta o'ylangan siyosatni amalga oshirish.

Mamlakatimizda YAIMning nafaqat miqdoran o'sib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e'tiborga molik. Bunga uning o'sishiga ta'sir ko'rsatgan omillar tahlili, ya'ni qo'shilgan ulushlarning tarkibi hamda YAIMning o'sishiga qo'shgan hissasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir (17.2-jadval).
Jadvaldan ko'rinadiki, 2008-yildagi YAIMning tarkibida qo'shilgan ulushi jihatidan xizmat ko'rsatish sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat (17,0%), qishloq xo'jaligi (11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o'rin tutmoqda. Shunga ko'ra, ularning YAIM­ning o'sishiga qo'shgan hissasi ham tegishli ravishda 2,7; 1,6; 1,5; 1,1; 0,8 foizni tashkil etgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlab­ki palladanoq Prezidentimiz mamlakatimiz iqtisodiyotini bir tomon-


17.2-jadval

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish