Ukraina bilan savdo-sotiq
|
2019
|
2020
|
2021
|
Jami, mln dollar
|
383,8
|
439,4
|
704,0
|
O‘zbekiston eksporti
|
119,4
|
123,9
|
231,6
|
Ukrainadan import
|
264,4
|
315,6
|
472,4
|
Ukraina O‘zbekistonning to‘qqizinchi yirik savdo hamkoridir. Oxirgi ikki yilda tovar ayirboshlash hajmi 1,8 barobar oshib, 704 mln dollarni tashkil etdi. O‘tgan yili eksport hajmi 231,6 mln dollar, import 472,4 mln dollardan iborat bo‘ldi.
2021 yilda O‘zbekiston korxonalari tomonidan Ukrainaga asosan meva-sabzavot mahsulotlari — 31,2 ming tonna (15,2 mln dollar), to‘qimachilik mahsulotlari — 51,6 mln dollar, azotli o‘g‘itlar — 70 mln kilogramm (49,2 mln dollar), kaliyli o‘g‘itlar — 41,8 mln kilogramm (11,6 mln dollar), etilen polimerlari — 18,5 ming tonna (18,4 mln dollar), qayta ishlanmagan rux — 9597 tonna (27,7 mln dollar), avtomobillar — 929 dona (7,4 mln dollar) eksport qilindi.
Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».
O‘z navbatida, Ukraina korxonalari tomonidan 81,3 mln dollarga 4124 tonna dori-darmon, 11,6 mln dollarga 5525 tonna go‘sht, 8 mln dollarga o‘simlik yog‘i, 8,5 mln dollarga 5561,7 tonna qandolat mahsulotlari, 7,3 mln dollarga shokolad va kakaodan oziq-ovqat, 150 ming tonna temir, 124,8 mln dollarlik yarim tayyor mahsulotlar va yassi prokat va boshqa sanoat tovarlari va uskunalari yetkazib berildi.
O‘zbekistonga shakar yetkazib berish 12,6 ming tonnadan 3378 tonnaga (1,8 mln dollar) kamaydi.
«Farmak» farmatsevtika kompaniyasi (Kiyev) 2021 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston farmatsevtika bozorida 2,3 foiz ulush bilan beshinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston kompaniyaning eksport savdolaridagi asosiy davlat hisoblanadi.
Boshqa bir farmatsevtika kompaniyasi «Lekxim» 2023 yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va loyihaning birinchi bosqichiga 40 mln dollargacha sarmoya kiritishni rejalashtirgan edi.
Ukrainadagi urushni inobatga olgan holda, O‘zbekistonga dori-darmon yetkazib berish va loyihalarni amalga oshirish to‘xtatilishi, aylanmani 1 mlrd dollarga yetkazish maqsadi uzoqroq muddatga kechiktirilishi mumkin.
Tadbirkor Zafar Hoshimov yaqinda Rossiya va Ukrainadagi hodisalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqidagi firklarini o‘rtoqlashgan edi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi mojaro natijasida logistika, bank ishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar va rubl kursi qadrsizlanishi O‘zbekiston iqtisodiyoti va mehnat muhojirlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Biroq tadbirkor bu holat O‘zbekistonda turizm va aviatsiyani rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni jalb qilish kabi imkoniyatlarni ham taqdim etishi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq «Gazeta.uz» bilan suhbatlashgan uch iqtisodchi Rossiya moliya tizimiga qo‘llanilgan sanksiyalar va rubl qadrsizlanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi, Rossiyadagi o‘zbek migrantlari hozirgi sharoitda nima qilgani ma’qul ekani va ehtimoliy inqiroz oqibatlariga qarshi kurash uchun qanday choralar ko‘rish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |