Sh. Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi



Download 2,72 Mb.
bet68/119
Sana09.03.2023
Hajmi2,72 Mb.
#917315
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
Bog'liq
УМК Миллий doc

Rossiya bilan savdo-sotiq

2019

2020

2021

Jami, mln dollar

6 669,6

5 659,5

7 517,0

O‘zbekiston eksporti

2 531,9

1 485,8

2 058,9

Rossiyadan import

4 137,7

4 173,8

5 458,1

Rossiya 2021 yilda O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘ldi va 2014 yildan beri birinchi marta Xitoydan ushbu maqomni olib qo‘ydi. O‘tgan yil davomida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 7,51 mlrd dollarni tashkil etdi, bu O‘zbekiston va MDH davlatlari o‘rtasidagi umumiy savdo hajmining 47,4 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston eksporti hajmi 38,5 foizga oshib, 2,05 mlrd dollarni, import hajmi esa 30,7 foizga oshib, 5,45 mlrd dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (barcha yetkazib berishlarning 30,5 foizi), Qozog‘iston (20,5 foiz), Qirg‘iziston (12,2 foiz) va Xitoy (11,7 foiz) hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, meva-sabzavot eksportining deyarli uchdan bir qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelsa-da, O‘zbekiston mahsulotlarining Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali qayta eksport qilinishi mumkinligini ham hisobga olsak, bu ko‘rsatkich yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz».
Rossiya korxonalari ham o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariнинг asosiy xaridorlari hisoblanadi. 2021 yilda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 38,9 foizga oshirdi — 910,7 mln dollargacha (barcha yetkazib berishning 31,1 foizi). Ammo bu yerda ham qo‘shni davlatlar orqali amalga oshirilish ehtimoli yuqori mumkin bo‘lgan reyeksport faktini hisobga olish kerak.
O‘zbekiston gaz eksportini ham qayta tikladi: agar 2020 yilda 300 dollarlik 2402 kub metr gaz yetkazib berilgan bo‘lsa, 2021 yilda 76,6 mln dollarlik 627,9 mln kubometr gaz yetkazib berilgan. Jismoniy hajmda polimerlar yetkazib berish 77,9 ming tonnadan 63,3 ming tonnagacha kamaygan, biroq ular qiymat jihatidan 58,8 mln dollardan 85,1 mln dollargacha oshgan. Trikotaj gazlamalarda ham xuddi shunday holat kuzatildi — 50,1 mln dollarlik 13,2 ming tonna mahsulot o‘rniga 60,2 mln dollarlik 11,9 ming tonna yetkazib berilgan.
Qayta ishlanmagan rux eksporti qariyb 2,5 baravarga o‘sdi — 15,2 ming tonnagacha (45,2 mln dollarga). O‘zbekiston korxonalari meva-sabzavot sharbatlarini yetkazib berishni ham sezilarli darajada oshirdi — 6595 tonnadan 10,7 ming tonnagacha (13,2 mln dollar).
O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha Rossiya Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi — 799,2 mln dollar (27,3 foiz). O‘simlik yog‘i importining yarmidan ko‘pi — 207,6 mln dollar (66,2%) va margarin — 86,6 mln dollar (80,8%), shuningdek, sut va sut mahsulotlarining uchdan bir qismi — 17,9 mln dollar (32,2%) Rossiya ishlab chiqaruvchilari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, O‘zbekistonga katta hajmdagi shokolad va tarkibida kakao bo‘lgan boshqa mahsulotlar — 36,7 ming tonna (83,2 mln dollar), non va qandolat mahsulotlari — 16,3 ming tonna (31,5 mln dollar), kir yuvish mashinalari — 76,5 ming dona (20 mln dollar), yengil avtomobillar — 4539 (68,7 mln dollar), prokladkalar, tamponlar, tagliklar — 7378,4 tonna (27,1 mln dollar) import qilinadi.
Bundan tashqari, Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari — 643,3 ming tonna va 59,2 ming litr (443,2 mln dollar), yog‘och — 2,16 mln kub metr (328,3 mln dollar), DSP — 458,5 ming kub metr (115,5 mln dollar), tolali plitalar — 46,4 mln kvadrat metr (121,1 mln dollar), qora materiallardan tayyorlangan quvurlar va trubkalar — 175,5 ming tonna (233 mln dollar), rudalar va mis konsentratlari — 18,9 ming tonna (137,4 mln dollar), yarim tayyor metall buyumlar va temir yoki po‘latdan yassi mahsulotlar — 531,9 ming tonna (499,8 mln dollar), dori vositalari — 5739 tonna (107,1 mln dollar) va boshqa ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport qiladi.
Rubl qadrsizlanishi tufayli o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining eksport mahsulotlari Rossiya bozorida qimmatlashadi va raqobatbardoshligi pasayadi. O‘zbekiston hukumati eksportchilarga yo‘qotish xavfini kamaytirish maqsadida xorijiy valyutaga bog‘langan shartnomalar tuzishni tavsiya qildi.
Importga kelsak, Rossiyadan olib kelingan tovarlar O‘zbekiston bozoriga arzonroq kirishi ehtimoli bor. Shu bilan birga, Rossiya tomoni o‘zining ichki bozorini ta’minlash uchun ayrim tovarlar eksportini cheklashi mumkin.
Moliyalashtirish
O‘zbekiston kompaniyalari so‘nggi yillarda Rossiyadan katta miqdorda kredit resurslarini jalb qildi. Asosan hozirda sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan banklardan:

  • Gazprombank — 2021 yilda bank O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan bir qancha kredit shartnomalarini tuzdi. Masalan, Samarqand kimyo zavodiga ikkita loyiha uchun 750 mln dollar, «O‘ztransgaz»ga esa 300 mln dollar berish niyatida. Bundan tashqari, «Gazprombank» Jizzakh Petroleum`ga Buxoro viloyatida yangi gaz-kimyo majmuasini qurish uchun 800 mln dollar ajratadigan konsorsiumga kirdi. Bungacha bank Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi loyihasini amalga oshirish uchun 120 mln dollar miqdorida kredit ajratgan, shuningdek, Samarqand aeroportini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishda ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

  • VTB bank Navoiy kon-metallurgiya kombinati investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollar ajratishni rejalashtirgan.

  • Rossiyaning VEB.RF davlat korporatsiyasi 2019−2022 yillarda O‘zbekistonga Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash uchun 174 mln yevro ajratishni rejalashtirgan edi. VEB.RF «O‘zbekneftgaz»ga ham 650 mln dollarlik kredit liniyasini ochdi. Shuningdek, korporatsiya OKMK tarkibida misni qayta ishlash zavodini qurish uchun davlat kafolatisiz va kafilligisiz 712 mln yevro miqdorida kredit ajratdi.

Ushbu banklarning yirik iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishi kerakligi hisobga olinsa, O‘zbekiston sanksiyalar tufayli mazkur manbalardan mahrum bo‘lishi ehtimoli bor. Hukumat qo‘shimcha moliyalashtirishga ishonish mumkinligiga oydinlik kiritish uchun rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralar olib borishi kerak.
Shu bilan birga, «Gazeta.uz» suhbatdoshlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar «likvidli va manfaatli» bo‘lgani uchun hukumatni moliyalashtirish tashvishga solmaydi, boshqa davlatlardan resurslarni jalb qilish muammo tug‘dirmaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston uzoq muddatda foyda ko‘rishi mumkin. Kamroq stavkada yevroobligatsiyalar chiqarish orqali g‘arb banklarining kredit mablag‘larini yoki qarz bozorini jalb qilish uchun loyihalarni sinchiklab o‘rganish va korxonalarni o‘zgartirish talab etiladi. Loyihalarni xususiylashtirish varianti ham mavjud.
Mehnat migrantlari

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».
2021 yilda O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 8,1 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2020 va 2019 yillarga (6 mlrd) nisbatan 34 foizga ko‘pdir. Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat tufayli 2022 yilda mehnat muhojirlarining O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kutilgan o‘sish 3 foiz o‘rniga 21 foizga kamayishi mumkin, deb taxmin qilmoqda Jahon banki ekspertlari.
Rublning qadrsizlanishi migrantlarning dollar daromadining kamayishiga olib keladi va bu O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Rossiyaning SWIFT tizimidan uzilishi O‘zbekiston aholisi barcha daromadlarining 15−16 foizini tashkil etuvchi pul o‘tkazmalarini ham qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, kompaniyalarning ommaviy yopilishi va Rossiya aholisining yalpi talabining kamayishi ishsizlikning, shu jumladan migrantlar orasida o‘sishi xavfini oshiradi. Daromad kamayganligi sababli, ular o‘z xarajatlarini kamaytirish uchun patent va boshqa to‘lovlardan voz kechishni boshlashlari mumkin. Bu noqonuniy migrantlar sonini oshiradi.
Bundan tashqari, kompaniyalarning ommaviy yopilishi va Rossiya aholisi yalpi talabining kamayishi shu jumladan migrantlar orasida ishsizlik darajasining o‘sish xavfini oshiradi. Daromad kamayganligi sababli, ular o‘z xarajatlarini kamaytirish uchun patent va boshqa to‘lovlardan voz kechishni boshlashlari mumkin. Bu esa noqonuniy migrantlar sonini oshiradi.
O‘zbekiston hukumati allaqachon yumshatish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, banklar rublni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarni boshladilar. «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manbaning aytishicha, Rossiyadagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar ham ishlab chiqilmoqda.
Ukraina


Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish