Parlament diplomatiyaning yo‘lga qo‘yilishi yangi yo‘nalish
2016 yildan boshlab O‘zbekistonning tashqi siyosatida parlament diplomatiyasi shakllanib tobora rivojlanib borishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda bu jarayonlar ortga qaytmas bo‘lib doimiy rivojlanib boruvchi tendensiyaga aylanmoqda. Bu borada Rossiya Federasiyasi federal majlisi, Davlat Dumasi bilan hamkorlik O‘zbekiston respublikasi Senati hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur jarayonda barcha darajada, xususan parlamentlar rahbarlarining o‘zaro tashrif va uchrashuvlarini tashkillashtirish muhim omil bo‘lmoqda. Buning natijasida Ikki davlat o‘rtasidagi munosobatlarning yangi yo‘nalishi parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarning shaklanishi va uning tendensiyaga aylanishi kuzatilmoqda. Mustaqilning birinchi bosqichida bu sohada aloqalar deyarli yo‘q edi. 2016 yildan keyin ahvol butunlay o‘zgardi. Parlamentlarning aloqalarning yangi bosqichga chiqishi ular tomonidan ko‘tarilgan va hal etib borilayotgan masalalarning turli yo‘nalishlari, keng qamrovligi o‘zaro aloqalarning yangi bosqichga chiqishiga yangi impuls berdi. Jumladan, 2019 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasining Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva Rossiya Federasiyasi Federal majlisi Federasiya kengashi Raisi V.Matviyenko bilan hamda Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi va o‘zaro muloqatlar olib bordi
Ushbu uchrashuvlarda Birinchidan parlamentlararo munosabatlarning muhim jihatlari, o‘zaro aloqalarning bugungi holati va ularni rivojlantirish masalalari har tomonlama muhokama etish yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchidan ikki tomonlama munosobatlarda savdo - iqtisodiy, ilm - fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu borada ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumini o‘tkazishning ahamiyatiga alo muhimligiga urg‘u berildi. Uchunchidan, gender tenglikni ta’minlash masalalari, «Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari bilan muloqot» platformasi faoliyati ko‘rib chiqildi. To‘rtinchidan, Bag‘rikenglik masalasida O‘zbekistonning boy tajribasini inobatga olgan holda Rossiya tomoni 2022 yil may oyida o‘tkaziladigan Dinlararo va millatlararo muloqot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda faol ishtirok etishga taklif qildi. Beshinchidan, yoshlar parlamentlari orqali hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlarni davom ettirish hamda Rossiyadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashuv davomida ko‘tarilgan ijtimoiy masalalarni Oliy Majlis Senati va Federal Majlis Federasiya kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya faoliyati doirasida hal etish muhokama etildi.Oltinchidan, Terrorizm, narkotrafik va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, xavfsizlikni mustahkamlash va raqamli suverenitetni ta’minlovchi qonunchilikni shakllantirish bo‘yicha qonunlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal majlisi Federasiya kengashi o‘rtasida mehnat migrasiyasi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Tomonlar parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdan, parlament diplomatiyasini faol targ‘ib qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Qonunchilik palatasidagi Konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning kengayishi, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikasiya, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish borasida ham fikr almashildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |