Yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish ob’eklari bo‘yicha hamkorlik
O‘zaro hamkorlikda iqtisodiy munosobatlar asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu sohasadagi xarakatlar izchil rivojlanib kelmoqda. Rossiya O‘zbekistonning asoiy iqtisodiy, investisiyalar olib kirish bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi davlat bo‘lib qolmoqda. 2016 yildan keyin ushbu yo‘nalishda xozirgi kun talablari va istiqbol nuqtai nazaridan oldingilardan katta farq qiladigan yangi o‘zgarish kuzutilmoqda. Ya’ni iqtisodiy sherikchilikda innovasion mazmunga, yuqori texnologiyalarga asoslangan o‘zaro hamkorlik dagi ishlab chiqarish korxonalarini, ob’ektlarini ishga tushurish salmoqmog‘i oshib bormoqda. Bu jarayon oldingi bosqichdagi rivojlanishdan keskin farq qiladi. Bular quyidagilarda kuzatilmoqda.
Birinchidan, Fikrimizning yaqqol misoli sifatida 2020 yilning dekabr oyida ishga tushgan mutloqa yangi eng zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlaydigan Toshkent metallurgiya zavodir. Bu ob’ekt to‘liq loyihaga chiqqanda ichki bozorning ehtiyojlari to‘liq yopish bilan bir qatorda yiliga 90 million AQSh dollariga teng mahsulotni xorijga eksport qiladi. Bundan tashqari korxonanin ishga tushurilishi qurulish va turdosh sohalarni rivojlanishiga turtki berdi. Ijtimoiy jihatdan boshqa turdosh korxonalar bilan hisoblaganda qo‘shimcha besh ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Ikkinchidan, Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan Rossiyaning «LUKOYL» O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan eng yirik investorlardan biri bo‘lib qolmoqda, Qandim gazni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda. Hauzak va Shodi konlari, Janubi-G‘arbiy Hissordagi konlar o‘zlashtirilmoqda. “Gazprom” kompaniyasi “Shoxpaxta” gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish davom ettirilyapti.Telekommunikasiya sohasida “VimpelKom” kompaniyasining “Yunitel” MCHJ shu’ba kompaniyasi ning umumiy investisiyalari hajmi 1,15 milliard dollardan ziyod. Rossiyaning “Evrosement” xoldingi tarkibidagi “Ohangaronsement” OAJ tomonidan Toshkent viloyatida “quruq usul” bilan sement ishlab chiqariladigan yangi zavodni barpo etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ bazasida “Rostselmash” zavodi ishtirokida kombaynlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Gidroenergetika sohasida RF Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy ko‘magida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mini GES (Darg‘om kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va To‘palang GESlarning modernizasiyasi shular jumlasidan.
Uchunchidan, Rossiyaning “Rosatom” davlat korxonasi bilan Markaziy Osiyoda birinchi marta atom elektrostansiyasi qurulishi boshlab yuborildi. Bunday yuqori darajadagi texnologik xususiyatga, xalqaro miqyosdagi iqtisodiy kompleksga O‘zbekistnonning asosiy partner sifatida tanlanishi avvolom bor katta ishonchi ko‘rsatadi ikkinchi tomondan yuqori texnologiyalarni iqtisodiyotga qo‘llash orqali ishga tushurilishi mamlakatning hozirgi zamon talablari asosida rivojlanayotganligini tasdiqlaydi. Gap shundaki, atom enegetikasi mamlakatimizning keyingi o‘n yilliklarda energoxavfsizligini oldindan ta’minlashga ega bo‘ladi. Bunday yuqori texnologik Atom elektro stansiyasida elektr energegiya ishlab chiqarishda turli zaxarli gazlar ajralib chiqmaydi, atrof muhitga salbiy ta’sir etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari ushbu loyiha bo‘yicha sarflanadigan har bir dollor mahalliy ta’minlovchilarga 1.9 dollor foyda keltiradi 4.3 dollar mamlakat yalpi ichki ishlab chiqarishga va 1.4 dollor turli soliq tushumlari sifatida kiradi. Shuningdek tizim tashkil etuvchi sifatida ijtimoiy iqtisodiy hayotning qishloq xo‘jaligi, medisina, qurulish,ta’lim va fan kabi sohalarini zamonaviy rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham ahamiyatli. Masalan AESda har ish joyi qo‘yimcha qurulish, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi personal, olimlar va mutaxassislar kabi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Albatta bu sohada faolit yuritadiganlar zamonaviy tabiiy fundamentlar fanlar fizika, matematika, ximiya, axborot texnologiyalari sohasidagi bilimga, tajribaga ega bo‘lishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda zamonaviy texnik va texnologik tafakkurga ega yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar shakllanadi. Bu borada ishlab boshlab yuborilgan. 2019 yilda Toshkentda birinchi marta dunyoda va Rossiyada katta mavqeaga ega bo‘lgan yuqorit texnologiyalar bilan ishlovchi mutaxassislar tayyorlovchi Moskva Fizika milliy yadro tadqiqotlari Universitetining filiali ochildi. Shu holatning o‘zi iqtisodiyotga butunlay yangi yo‘nalish boshlanganlini tasdiqlaydi. Eng asosiy ushbu loyiha bugungi kunda energetika sohasida jahonda shakllanayotgan umumiy tendensiyani ifodalaydi, iqtisodiyotning yuqori texnologiyaga asoslanishi jahon standartlari asosida rivojlanishiga yangi impuls beradi. Ushbu tendensiyalar mamlakatimizning keyingi rivojlanishiga muhim tizim tashkil etuvchi sifatida iqtisodiyotning yangi bosqichga chiqishiga muhim strategik axamiyatga ega bo‘ladi va pirovardida aholining turmush darajasining oshishiga katta yordam beradi.
To‘rtinchidan, Ushbu yangi tendensiyaning ortgaqaytmasligini muhimligini va axamiyatini va muntazam rivojlanib borayotganlini shu yilning 5-7 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasi tasdiqladi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistondan mingdan ortiq Rossiyadan 300 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi. Shuningdek tadbirda Armaniston, Belorussiya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Fransiya, Chexiya, Yaponiyadan vakillar ishtirok etishdi.
Asosiy e’tibor, Rossiya va O‘zbekistonning xududlar va sohalararo hamkorligiga va yuqori texnologiyalar asosida O‘zbekistonning gaztransport tizimini, raqamli ishlab chiqarish, mashinasozlik, neftgaz sohasini va sanoatni moliyalashtirish, energetika va boshqa muhim sohalarni modernizasiyalashga qaratildi. Rossiya tomoni yangi qo‘shma korxonalar orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalar olib kirishni (bugungi kunda 10milliard AQSh dollaridan oshgan) kuchaytirishni nazarda tutmoqda. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federasiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida sanoat kooperasiyasini yanada chuqurlashtirish va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan «Loyiha ofisi» faoliyatini muhokama qildi. Jumladan, ayni paytda 5,8 milliard dollarlik 104 loyiha amalga oshirish bosqichida ekanligi ta’kidlandi. Tadbir yakunlari bo‘yicha ishtirokchi-mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ko‘proq bo‘lgan investisiya va savdo shartnomalari tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |