4.3. Mahsulot enini halqalar sonini qisqartirish hisobiga
o‘zgartirish usuli
Yassi ignadonli mashina va avtomatlarda mahsulot qismlarini qis-
qartirib to ‘qishning to ‘rtta usuli mavjud: mahsulot to'qishdagi chetda
joylashgan ignalardagi halqalami tashlab, ularni ishdan o'chirish usuh;
halqalami qo'shni ignalarga ko‘chirib halqalardan bo‘shagan ignalarni
ishdan o‘chirish usuh; chetdagi ignalarni a ‘chi rib bir guruh halqalami
mahsulot o‘rtasiga ko'chirish usuli; ignalarda halqalami saqlab qolib
ularni ishdan o‘chirish usuli.
Halqalami chetki ignalardan tashlash (guruhli).
Bu usulga misol
bo‘lib yassi fang mashinasida (4.4-rasm) yeng o'mizi
a\
yelka qiyaligi
b
va yengni hoshiyalashni keltirish mumkin. Halqa tashlashni bajarish
uchun oldi va orqa ignadoning chetki ignalari (4.4
a,
Z»-rasm oldi va
yengning
a, b, v
qismlarida) halqa hosil qilishdagidek harakatlanadi,
lekin ularga ip berilmaydi. Natijada ignalardan halqalar tashlanib,
ignalar halqalardan ozod boladilar.
So'ng bu guruh ignalar ishdan o ‘chiriladi, ya’ni ushbu ignalaming
tovonchalari igna zulflarining ishchi yo‘laklaridan chiqariladi. Shundan
so ‘ng trikotajni tortish kuchi kamayadi va to'qish jarayoni o ‘rta
103
4.4-rasm. Asos va yeng qismining hoshiyasini hosil qilish.
qismdagi ignalarda davom etadi. К о'rib chiqilgan usuldagi (yengning
b
qismida) halqalarni ignalardan tashlash, yarim avtomat va avto-
matlashtirilgan yassi ignadonli fang mashinalarida qo‘llaniladi. Ushbu
usulda halqalarni ignalardan tashlash natijasida ulaming mustahkamligi
ta ’minlanmaganligi sababli, halqalaming so‘tilib ketish xavfi yuzaga
keladi. Ignalardan tashlangan halqalar nazoratsiz qolib, so'tilish
ehtimolining (3-5%) yuzaga kelishi ta’kidlangan usulning kamchiligi
hisoblarfadi.
Usuldagi ta’kidlangan kamchilikni bartaraf etish uchun qisqaitirilishi
(o‘chirilishi) zarur bo‘lgan halqalarni qo‘shni ignaga ko‘chirib o ‘tkazib,
mahsulot gardishini so‘tilmaydigan qilib yassi fang avtomatlarida hosil
qilish usullari mavjud.
Halqalarni bitta yoki ikkita chetki ignalardan, qo‘shni ignalarga
ko‘chirib ignalami o ‘chirish (4.5a,
b,
v-rasm) bitta yoki ikkita hoshiya
halqalarni o ‘ngga va chapga ko‘chirishning tuzilishi keltirilgan. Halqa-
lami bunday ko‘chirish usuli mahsulotning enini qisqartirishda bir
ignadonli koton va yassi ignadonli fang mashinalarda qo‘llaniladi.
Rasmdagi (strelkalar) ko‘rsatkichlar bilan halqa qatorlarini m a’lum
ketma-ketlikda hosil qilishning yo‘nalishi keltirilgan. Halqa ko‘chirish
jarayoni halqa qatorini hosil qilib bo‘lgandan so‘ng amalga oshiriladi.
104
а
4.5-rasm. Gardish halqalami ko‘chirishdagi qirraning tuzilishi.
Yangi halqa qatorini to'qiy boshlash halqalar ko‘chirilgan qo'shaloq
halqali ignalarda bajariladi. Halqalami qo‘shni ignalarga ko'chirish
hisobiga mahsulot eni qisqarib o'zgaradi. Halqa ko'chirish jarayoni
yakka tartibda yoki guruhli tartibda bajariladi. Bunday usulda chetdagi
halqa ustunchalari halqalari so'tilishdan istisnodir. Bu usulning kam-
chiligi halqalar ko'chirilgan gardishlarda qo'shaloq halqalar hisobiga
qalinlik va bo'rtma yuza vujudga kelishidir. Ushbu qalinlik hoshiya
bilan chokka tushib, mahsulot chokini dag'al qilishi mumkin.
Ikki ignadonli mashinalarda chetki halqalami ko'chirish bir igna
donli mashinalardagidek bajariladi. Yassi ignadonli fang yarim avto
matlarda halqalami ko'chirish uchun maxsus ilgakli dekkerlar qo'lla-
niladi. Bitta halqa qator hajmida halqalar chetki ignalardan qo'shni
old va orqa ignadon ignalariga ko'chiriladi (4.5v-rasm).
Halqa ko'chirish jarayonida ko'chirilayotgan halqalarda ortiqcha
taranglikni hosil qilmaslik uchun ko'chirish oxirgi igna joylashgan
tom ondan boshlanadi. Mahsulot boiaklarini butlab birlashtirishda
chetki halqa ustunchalarining ikki qavatli shakllangan halqalarini tikish
chokiga tushib qolib, uning qalinligini va notekisligini yuzaga kelti-
radi. Bundan xalos bo'lish uchun bir yo'la ikki halqani ikkitalik to'liq
halqa ko'chirgich qurilmalardan foydalanib ko'chiriladi. Bunda chetki
halqa ustunchasining qalinligi bartaraf etilib, mahsulotdagi chok bir
tekis bo'lib shakllanadi. 4.5v-rasmda halqani to'qim aning teskari
tomonlaridan ko'chirishdagi mahsulot qirrasining tuzilishi ko'rsatilgan.
Halqa ko'chirish moslamasi ko'zda tutilgan avtomatik yassi ignadonli
fang mashinalarida halqa ko'chirish amali trikotajning ikkala tomonda
(ikkala ignadonlarda) bir yo'la bajariladi.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |