uning ilgak qismi platina asos qismidan o ‘tishi bilan harakatdan
to'xtaydi. Natijada 4.23v.3, 4-rasmlarda tasvirlangandek,
eski halqani
nuqsonsiz to'laqonli ravishda oldingi ignadon ignasiga ko'chirib
o‘tkazishga sharoit yaratiladi.
4.23v.5-rasmda halqa platina
1
yordamida ignaning ilgak va platina
uch qismlari oralig‘iga joylashgach, platina igna o'zagi oralig'i bo'ylab
pastga tomon harakatlanadi.
Natijada platina bo'yin qismidagi
3
eski halqa oldingi ignadon
ignasi ilgak qismi ostiga joylashadi. Halqani bir ignadon ignasidan
ikkinchi ignadon ignasiga ko'chirib o'tkazish amali qo'shimcha ishchi
(dekkerlarsiz) a ’zolarsiz platina yordamida bajariladi.
Orqa ignadon ignasidagi halqa oldingi ignadon ignasiga ko'chirib
o ‘tkazilgach, orqa ignadon ignasi ignadonda keyingi halqa hosil
qilish
jarayoni bajarilgunga qadar harakatsiz holatda bo'ladi. K o'chirib
o ‘tkazilgan halqaga ega bo'lgan oldingi ignadon ignasi ilgagi ostida
ikkita halqa joylashib (eski halqa va ko'chirib o'tkazilgan halqa)
shakllanadi.
Tarnovsimon o'yiqli ignada halqani bir ignadon ignasidan ikkinchi
ignadon ignasiga ko'chirib o'tkazish usuli takomillashgan jarayon
bo'lib, u tiichali ignali fang avtomatlaridagi halqani ko'chirish usuliga
nisbatan samarali natija beradi.
Bunday rusum avtomatlarida halqani ko'chirish hisobiga mahsulot
enini
qisqartirish talab etilsa, u holda halqa ko'chirib o'tkaziladigan
igna 0,5 igna qadamiga surilib, ko'chiriladigan igna ro'parasiga
joylashadi. Halqani ko'chirish jarayoni yakunlangach, halqasi ko'chi-
rilgan igna 0,5 igna qadamiga siljib, o'zining awalgi o'rniga joylashadi.
Halqa ko'chirib o'tkazilayotgan ikkala ignadondagi ignalarni (ilgarilama
va qaytma) siljib halqalarni qabul qilishi ishlayotgan ignalar sonini
qisqartirib, mahsulot enining o'zgarishini yuzaga keltiradi.
Halqalarni
ko'chirish jarayoni ignalarning harakatini ta ’minlovchi aravachaning
ignadon sirti bo'ylab har bir harakati davomida bajariladi.
Halqalarni ko'chirish hisobiga mahsulot enini kengaytirish talab
etilsa, u holda halqa ko'chirib o'tkaziladigan igna ignadoni harakat-
lanmagan holda (ignadon chapga yoki o ‘ng tomonga siljimaydi)
bajariladi. Bu usulda ignadondagi yangi ignani ishga qo'shish
hisobiga
amalga oshiriladi.
133
Bunday rusumli to ‘quv mashinada suprem ribana o ‘rilishlarda
mahsulot qismlari andoza gardishi bo'ylab (ajur) ko'zchali etib ishlab
chiqariladi.
Halqalami ko'chirish jarayonlari takomillashganligi sababli ularda
halqalami bir ignadon ignasidan ikkinchi ignadon ignasiga ko'chirib
o'tkazib, ters trikotaj to'qimasi ishlab chiqariladi. Halqalami ko'chirish
jarayonidagi halqa ipining uzunligining ortishi (halqani kengaytimvchi
qurilma bo'lmaganiigi uchun) katta o'lchamni tashkil etmaydi. N ati
jada guruhli ko'chirilayotgan halqa iplaridagi zo'riqish jarayoni nuq-
sonsiz bajariladi.
Yassi ignadonli mashinada ters trikotaj to'qimasini ishlab chiqarish
imkoniyati mavjudligi uning texnologik imkoniniyatining yuqoriligini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: