i
5.4-rasm.
Ishlayotgan kichik tovonchali ignalaming
igna zulflarida chapdan
o'ngga harakatlanish sxemasi.
laridan chiqishi zarur. Bu holatda uzun tovonchali
2
ignalar esa zulf
ustida joylashib, halqa hosil qilish jarayonida ishtirok etmaydi.
5.4-rasmda ishlayotgan igna tovonchalarining ignadon zulfi yo'lak-
lari bo'yicha chapdan o'ngga harakatlanishi keltirilgan.
Bunda kalta tovonchali ignalar oldingi halqa qatorida bajargan
vazifalarini davom ettiradi. Igna zulflarining 0-0 o‘qi bo'yicha sim-
metrik joylashishi halqa hosil qilish jarayonini
buzmasdan harakat
yo'lining o ‘zgarishini ta’minlaydi. Platina zulfi ham simmetrik qilib
moslangan, biroq uning ishlashi igna bilan bog'liq bo'lib, ishlashi
uchun igna ignadonining har bir harakat yo'nalishining o'zgarishida
platina zulfi siljishi zarur. Igna ignadonining soat strelkasi bo'yicha
aylanishida (rasmda chapdan o'ngga) kalta tovonchali igna harakat
yo'lida joylashgan qisqartirgich (sbavochnik)
V, 2
ignani
ishdan
o'chiradi. Shunday qilib ignadonning har bir aylanishida bittadan
igna ishdan o'chiriladi, demak paypoq tovon qismining birinchi
yarmida, har bir halqa qatorida halqalar soni bittaga kamayadi.
N atijada paypoq tovon qismining trapetsiyasim on (5.1-rasm)
birinchi qismi hosil qilinadi. Oxirgi ishlayotgan kalta tovonchali igna,
igna zulfidan chiqayotib o'zi bilan oxirgi chetki halqadan chiqayotgan
ipni ilib ketadi. Igna ignadonining harakat yo'nalishi o'zgarganda,
181
5.5-rasm.
Paypoq tovon qismining tuzilishi.
ushbu ipni ip beruvchidan tortib olishi lozim,
chunki ignadon dastlabki
qaytma harakati davomida salt (sekin) harakatlanadi. Bu faqatgina
tovon ip uzatgichiga ta ’sir etadigan iptortgich yordamida amalga
oshiriladi. Qisqartiruvchi qurilma bilan ishdan o'chiriigan ignalarda
ilgarigi halqa qatori
halqalari saqlanib turiladi, bundan tashqari
ignalarni o ‘chirishdan oldin qo‘yilgan ip ham saqlanib qolinadi.
Shunday qilib qisqartirgich bilan o ‘chirilgan ignada halqa va tugal-
lanmagan halqa saqlanib turiladi.
5.5-rasmda ushbu halqa va tugallanmagan yarim halqalar ko‘rsa-
tilgan. Tovon qismining birinchi
1
yarmida ishdan o‘chirilgan
ignalar
soni, binobarin, halqa qatorlari aylana ignadonli paypoq to ‘quv
avtomatining hisoblash qurilmasidagi tanlangan ko‘rsatkichga bog‘liqdir.
Odatda ishlayotgan ignalarni qisqartiruvchi bilan
tovon qismining
har ikkala tomondan 1/6 qismi atrofidagi ignadon ignalari o‘chiriladi.
Tovon qismining ikkinchi yarmini to‘qishda o'chirilgan ignalarni ishga
tushiruvchi qurilma kalta tovonchali ignalarni, ya’ni tovon qismining
birinchi yarmida o ‘chirilgan ignalarni ishga tushirish bilan amalga
oshiriladi.
Bunda ishdan o ‘chirilgan
2
ignalar o ‘zaklarida halqalarni tutib
turadi. Murakkab qo‘shish jarayonida har bir yangi halqa qatori shakl-
182
lanishida bittadan halqa ortib boradi. Qisqartirgich qismining birinchi
yarmidagiga o'xshab har bir qatorda bittadan ignalarni o'chirishda
davom etadi. Ignalarni qo‘shuvchi qurilma
A
(5.3-rasm)
ishga tushi-
rilganda ishdan o ‘chirilgan ignalar tovonchalari yoMiga joylashib ular
bilan uchrashadi. Igna tovonchalari ta ’sirida ignalarni qo‘shuvchi
qurilma o ‘z o ‘qi atrofida aylanadi, chegaralovchi ramka pastga yo'nal-
tirilib o ‘zi bilan ikki ignani pastga olib tushadi. Shunday qilib, igna
donning har bir aylanishida ishga ikkitadan igna tushiriladi,
bittasi
esa ishdan o ‘chiriladi. Bu shuni anglatadiki, tovon qismining ikkinchi
yarmida bittadan igna qo‘shib boriladi. Shunday qilib tovon qismining
ikkinchi yarmi
Do'stlaringiz bilan baham: