yotgan asl insoniy hissiyotlar uyg'onadi, muhabbat ham alamli, ham
shirin tuyg'ularini qo‘zg‘aydi. Tatyana tabiatiga sodiq qoladi, Oneginni
hali ham sevadi, biroq u birovlarning iztirobi evaziga muhabbatga
erishish adolatdan emas deb biladi, eriga sodiq qolishga qaror qiladi.
Yozuvchi Oneginni sevgi, hijron iztiroblari bilan to'lgan holda
qoldirib, romanini yakunlaydi.
«Yevgeniy Onegin» she’riy romani Pushkin ijodidagi realizm tomon
tashlangan yangi qadam bo‘ldi, unda voqelik, xarakterlaming realistik
tasviri, ayni paytda zamonasining muhim ijtimoiy-axloqiy muammolari
aks ettirilganligini kuzatish mumkin. Shu tariqa Pushkin keyinchalik
rus adabiyotida Gogol, Tolstoy, Dostoyevskiy, Chexov kabi yozuvchilar
tomonidan yuksak ch o‘qqiga ko'tarilgan realistik yo'nalishlarga asos
Do'stlaringiz bilan baham: |