loqayd umrguzaronligini tasvirlaydi, bu hayot bir maromda, karaxt
bir tarzda kechaveradi.
Tatyana Larina romandagi yagona nurli obrazdir. Ko'ngli musaffo,
ma’suma, tashqi tomondan ko'rimsiz va zaifgina bo'lgan bu qizda
juda kuchli hissiyotga qodir ulkan qalb yashiringan. U Onegin timsolida
hassos qalb, dardli insonni ko'ra biladi, shu sababli uni sevib qoladi.
Tatyana ning Oneginga she’riy maktubi asarning eng kuchli o'rinlari-
dandir. Biroq Onegin Tatyananing muhabbatini rad etadi, zero
muhitning yengil-yelpi sarguzashtlariga o'rgangan, hatto sevgi ham
ko'ngil ermagiga aylangan qalb kuchli ehtiros bilan yo'g'rilgan bunday
muhabbatga tayyor emas edi. Onegin muhabbatdan ham zerikib
ulgurgan, uning o'tkinchiligiga imon keltirgan edi. Shu qarash yetovida
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |