bemaqsad, shunchaki dibmshlik uchun Tatyananing singlisi Olgaga
xushomad qiladi, o ‘zi qadrlamagan narsani o ‘zgalar qadrlashi
mumkinligini o'ylamaydi. Pirovardida Olgani chin dildan sevuvchi
do‘sti Lenskiy bilan qattiq nizolashishgacha borib yetadi, oqibatda
esa duelda uning umri bevaqt xazon bo'lishiga sabab bo'ladi.
Oneginning loqaydligi aslida aldovga, riyoga asoslangan muhitga
isyon bo‘lib, bu yo‘l bilan bemaqsadlik, bemaslaklikdan xalos bo‘la
olmaslikni u tushunib yetmadi. Oneginning fojiasi ham shunda.
Roman so'nggida qahramonning mudroq hayotida o ‘zgarish ro‘y
beradi, o ‘zi bir vaqtlar rad etgan Tatyanani kiborlar muhiti davrasida,
badavlat qari generalning xotini, aslzoda xonim qiyofasida ko‘radi va
birdaniga uni sevishini anglab yetadi. Oneginning qalbi tubida cho‘kib
Do'stlaringiz bilan baham: |