qiyofasida troyekurovlar xonadonida yashashi ham avantyuristik asarlar
sujetini yodga soladi. Ayni paytda o'z xo'jasi uchun qo'zg'olon
ko'targan dehqonlarning hayotiy obrazi, qo'zg'olonning dahshatli
manzarasi haqqoniyligi, jonliligi bilan maftun qiladi.
Romantik elementlarga boy, bir qarashda ikki yoshning ishqiy
sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi «Kapitan qizi» qissasida Pugachev
qo'zg'olonining bevosita, realistik tasvirmi ko'ramiz. Shoir qo'zg'o
lonning shafqatsiz, xunrezlik mohiyatini rad etadi, Pugachev harakatini
oqlamaydi. Biroq hayot haqiqatiga sodiq shoir qo'zg'olon sardorining
qiyofasini muhabbat bilan bo'lmasa ham, uni tushunib, tabiatidagi
mardlik, tantilik, shoirona romantiklik xislatlarini tan olgan holda
Do'stlaringiz bilan baham: |