1831- yili Pushkin xorijiy ishlar kollegiyasiga xizmatga kiradi. Bu
yerda u davlat arxiviga murojaat etish huquqiga egaligidan foydalanib
Buyuk Pyotr tarixini yozishga ahd qiladi.
1833- yili «Mis chavandoz» dostonini tamomlaydi. Dostonda shoir
Pyotrning Rossiya tarixida boshlagan yaratuvchilik faoliyatini
ma’qullagan holda, ushbu harakat zulmga, zo ‘ravonlikka, kuchga
asoslanganligini ham ko'rsatadi. Pyotr «taqdiming buyuk hukmdori»,
uning zimmasiga katta tarixiy vazifa yuklatilgan va u shu vazifani ado
etgan. Biroq nima evaziga? Dostonda darveshsifat Yevgeniy obrazida
shoir shu fikmi ilgari suradi. Yevgeniy shohga «Rossiyani temir uzangi»
v bilan jilovlagani uchun ta’na qilishga jur’at etadi.
1833- yili yozilgan «Pikovaya dama» qissasida Rossiyada
Do'stlaringiz bilan baham: |