Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
249
keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot 
uyg‘otadi, asosiy chiroqlari
(faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki 
chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. 
Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda muvaffaqiyatli moslashtirilgan: 
«Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», go‘zal, SHarqda ishlangan, sharqona 
mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib, 
o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir 
qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi 
bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy 
san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular 
maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan 
hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi 
shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin 
qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis 
laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab 
yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy 
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir 
xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana 
shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat 
qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida 
olib qaraydi va ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir 
qo‘lning» mehnati. Dizaynda esa, ashyolar 
«turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini 
butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli, hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi 
nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er 
yuzida tobora ko‘payib borayotgan inson zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik 
ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi 
esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq 
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin 
qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana 
boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi 
atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga 
olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda 
san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni 
estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin. 
Chunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan 
voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri 
emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning 
«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.
Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab 
turadi
56
. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda 
tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi 
– san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik 
56
Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421. 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish